1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va


Informatsion texnologiyalarga asoslangan boshqaruv tizimida iqtisodiy tahlilni rivojlantirish istiqbollari



Yüklə 484,9 Kb.
səhifə82/82
tarix23.12.2023
ölçüsü484,9 Kb.
#155808
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82
1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va

Informatsion texnologiyalarga asoslangan boshqaruv tizimida iqtisodiy tahlilni rivojlantirish istiqbollari

Hozirgi davrda «Kompleks iqtisodiy tahlil» kichik tizimi informatsion texnologiyalarga asoslangan boshqaruv tizimida to‘la ma’noda rivojlanayotgani yo‘q.



Yuqorida bayon etilgan informatsion texnologiyalarga asoslangan boshqaruv tizimida mazkur tizimning o‘rni, roli va mazmuni asosan nazariy bilimlar hamda shu bilan birgalikda amaliy tajribalarga asoslanib yoziladi. Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida informatsion texnologiyalarga asoslangan boshqaruv tizimining iqtisodiy tahlil funksiyalari hamda uni keng yoyish – uning yaqin kelajakdagi rivojlanish yo‘nalishi hisoblanadi.
Informatsion texnologiyalarga asoslangan boshqaruv tizimida xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish tizimini sifat jihatdan tinimsiz takomillashtirib borish ham ustuvor ahamiyatga ega yo‘nalish bo‘lib, bu bilan uning tobora samarali ishlashi ta’minlanadi.
Agar informatsion texnologiyalarga asoslangan boshqaruv tizimining rivojlanishi ikkinchi yo‘nalishdan borsa, u holda boshqaruvchi tizim (KIT) o‘z mohiyatini saqlab qolgan holda o‘zgaradi.
Ayni davrda informatsion texnologiyalarga asoslangan boshqaruv tizimining tarkibida texnologik jarayonlarning informatsion texnologiyalarga asoslangan boshqaruv tizimi (TJITABT) shaklining qo‘llanilishi ko‘proq samara bermoqda. Biroq bu xo‘jalik faoliyatini boshqarishning informatsion texnologiyalarga asoslanishining bir tomoni bo‘lib, unda yangitdan yaratilayotgan iste’mol qiymatini tabiiy buyumlashgan jihati ifodalanadi. Lekin, mazkur jarayon aniq mahsulot qiymatini shakllanishi bilan chambarchas bog‘lanlangan va barcha sarflar xarajat ko‘rinishida hisobga olinadi. Shuning uchun informatsion texnologiyalarga
asoslangan boshqaruv tizimini takomillashtirishning navbatdagi bosqichi TJITABTni xo‘jalik jarayonining iqtisodiy tarkibiy qismi, deb qaralib, butun boshqaruv obyektining muhim elementi tarzida faoliyati ta’minlanadi.
Boshqaruvning samaradorligiga ko‘p jihatdan ijtimoiy masalalar ham jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli mazkur obyektni ham informatsion texnologiyalarga asoslangan boshqaruv tizimiga kiritish muhim ahamiyatga ega. Bu bilan korxonani ijtimoiy-iqtisodiy masalalari o‘rganib boriladi.
TJITABT bilan iqtisodiy, ijtimoiy va boshqarish kichik tizimlarining birlashtirilishi avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimida xo‘jalik faoliyatini rejalashtirish, hisob, tahlil, tartibga solish va ularning boshqaruv funksiyalari bilan birgalikda rivojlanishining istiqbolli yo‘nalishi hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida informatsion texnologiyalarga asoslangan boshqaruv tizimidagi «Kompleks iqtisodiy tahlil» tizimida «Moliyaviy tahlil» qismini ham alohida obyekt sifatida tashkil etish shart. Chunki moliyaviy tahlil ma’lumotlari istalgan paytda foydalanuvchiga yetkazilishi yoki o‘rganilishi zarur bo‘lib qoladi. Bu bir tomondan tezkorlikni ta’minlasa, ikkinchi tomondan tahlil ishlarini osonlashtiradi.
Informatsion texnologiyalarga asoslangan boshqaruv tizimini yanada rivojlantirish ishlarida mutaxassislar roli ham juda katta. Shuning uchun korxonalarda avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini tashkil qila oladigan, uni samarali ishlashini ta’minlaydigan, ilg‘or yangiliklarni joriy etadigan mutaxassislarni tayyorlash vazifalarini ham har doim bajarilishi lozim.
http://fayllar.org

Yüklə 484,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə