1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va


Iqtisodiy tahlilning mazmuni



Yüklə 484,9 Kb.
səhifə5/82
tarix23.12.2023
ölçüsü484,9 Kb.
#155808
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82
1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va

2. Iqtisodiy tahlilning mazmuni

Bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotda boshqaruv subyektlariga faqat axborotga ega bo‘lishning o‘zi yetarli emas. Chunki xo‘jalik subyektlarida rahbar hamda mutaxassislar mavjud axborotlar bilan ishlashi, ular asosida to‘g‘ri xulosalar chiqarishi va natijalardan ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida foydalanishi zarur. Boshqarishda eng muhim maslalardan biri axborotlarni egallash va undan foydalana bilishdir. Demak, iqtisodiy axborotlar bilan ishlashning eng muhim jihatlaridan biri uni tahlil qilish ekan.

Tarkib topgan iqtisodiy munosabatlarda iqtisodiy tahlilning ikki xil yo‘nalishi
mavjud:

  1. Korxonalar faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish. Mazkur yo‘nalishda korxonalar faoliyati iqtisodiy tahlil qilinadi. Shuning uchun u iqtisodiy fanlar qatoridan o‘ziga xos mustaqil o‘rin olgan.


  2. Iqtisodiyotda tarmoqlar, sohalarni tahlil qilish. Ushbu yo‘nalishda iqtisodiyotda alohida olingan tarmoqlar, sohalar, iqtisodiy rayonlar, hududlar va milliy iqtisodiyotning o‘zini tahlil qilish tushuniladi. Shu o‘rinda aytish kerakki, iqtisodiyotda tarmoqlarni, sohalarni, hududlarni tahlil qilish iqtisodiy fanlar majmuasida mustaqil o‘rin olmagan bo‘lib, u makroiqtisodiyot, statistika, iqtisodiy nazariya va tarmoqlar iqtisodiyoti kurslarida o‘rganiladi.


Korxonalar faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish alohida olingan fan bo‘lib quyidagi maxsus bilimlar tizimini o‘rgatadi:


  • Obyektiv iqtisodiy qonunlar va subyektiv tartibdagi omillar ta’sirida yuzaga kelgan iqtisodiy jarayonlar hamda ularning o‘zaro bog‘liqligini tadqiq qilish.


  • Biznes-rejalarni ilmiy asoslash hamda uning bajarilishiga obyektiv baho berish.


  • Ijobiy va salbiy omillarni aniqlash va ularning ta’sirlarini miqdor jihatdan o‘lchash.


  • Korxona rivojlanishidagi yo‘nalish va mutanosibliklarni ochib, ulardagi foydalanilmagan tashqi va ichki imkoniyatlarni aniqlab berish.


  • Tajribalarni umumlashtirish asosida maqbul boshqaruv qarorlarini qabul qilish.


Ta’kidlab o‘tilgan elemetlar iqtisodiy tahlil fanining mazmunini tashkil etadi.




        1. Yüklə 484,9 Kb.

          Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə