1-mavzu. Iqtisodiyotda innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish 1



Yüklə 182,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix20.02.2023
ölçüsü182,53 Kb.
#101137
1   2   3
1-mavzu. Iqtisodiyotda innovatsion texnologiyalardan samarali fo

etuvchi omillar
Innovatsion faollik tadbirkorlik faoliyatining joni, uning mohiyati hisoblanadi. 
Tadbirkor degan sharafli nomga bozor iqtisodiyotida yangilik izlashga moyil
raqobatli kurashda muvaffaqiyatga erishish uchun biron tadbirni amalga oshirishga 
tayyor bo‘lgan korxona yoki tashkilot rahbari sazovor bo‘la oladi. Bu tadbirkorga 
berilgan chiroyli nomgina emas, balki ma’naviy burch hamdir. Bu kuchli raqobat 
sharoitlarida yashovchanlik ehtiyojini ta’minlash uchun hayotiy zaruratdir. 
Innovatsionlik raqobat qonuni bo‘lib, bozor iqtisodiyotining ajralmas bir xususiyati 
hisoblanadi. Usiz har qanday bozor tizimi muvaffaqiyatsizlikka uchrashi muqarrar. 
Turli mulkchilik shaklidagi tadbirkorlarning innovatsion salohiyatini 
baholashda quyidagilarni aniq belgilash lozim: 

mamlakat iqtisodiyotida kichik va o‘rta innovatsion tadbirkorlik uchun 
infratuzilmani rivojlantirish (innovatsion-texnologik markazlar, inkubatorlar, 
texnoparklar, innovatsion-sanoat majmualari va h.k.); 

innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish bo‘yicha tadbirlarni kuchaytirish 
(IITKI joriy xarajatlarini soliqqa tortiluvchi bazadan chiqarib tashlash, bunday 
xarajatlar oshgan taqdirda soliq imtiyozlari belgilash, yangi ilmiy asbob-uskunalarga 
tezlashgan amortizatsiya qo‘llash va b.), byudjetdan tashqari moliyalashtirish 
manbalarini jalb etish uchun sharoit yaratish (sug‘urtalash, bank tuzilmalari bilan 
aloqa mexanizmlari); 

innovatsiyalarni boshqarish uchun menejer kadrlar tayyorlash, mahalliy 
yuqori texnologiyali ishlab chiqarish menejmenti me’yorlarini xalqaro me’yorlarga 
etkazish; 

tadbirkorlarni innovatsiyalarning riskli yo‘liga qadam qo‘yishga 
undovchi stimullar; 

tadbirkorlar uchun innovatsiyalarni amalga oshirish. 
1.3.Innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish modellari 


1. Texnologik parametrlarga bog‘liq ravishda innovatsiyalar mahsulotli va 
jarayonli 
innovatsiyalarga bo‘linadi. 
Mahsulotli innovatsiya deganda yangi xom - ashyo, materiallar va yarim 
fabrikatlarni 
qo‘llash va yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish tushuniladi. 
Jarayonli innovatsiya - ishlab chiqarishni tashkil qilishning yangi uslublari 
(texnologik jarayon o‘zgarishlari) hisoblanadi. 
2. Innovatsion bozor uchun yangiligi bo‘yicha innovatsiyalar quyidagilarga 
bo‘linadi: 
a) jahonda tarmoq uchun yangi; 
b) mamlakatda tarmoq uchun yangi; 
v) alohida korxona uchun yangi. 
3. Tizimdagi o‘rni bo‘yicha innovatsiyalar bo‘linadi: 
a) ishlab chiqarishga kirish tomonidagi innovatsiyalar; 
b) ishlab chiqarishdan chiqish tomonidagi innovatsiyalar; 
v) korxona strukturasi innovatsiyalari. 
4. Kiritiladigan o‘zgarishlarning chuqurligi jihatidan: 
a) radikal (tubdan o‘zgartiradigan); 
b) takomillashtiruvchi (yaxshilaydigan); 
v) Modifikatsion (zamonaviylashtiradigan). 
5. Faoliyat sohasi bo‘yicha innovatsiyalar bo‘linadi: 
a) texnologik; 
b) ishlab chiqarish; 
v) iqtisodiy; 
g) savdo - sotiq; 
d) ijtimoiy; 
e) boshqarish. 
Innovatsion o‘zgarishlarni o‘ziga xos kuzatilishi 1920 yilda rus olimi N.D. 
Kondratev tomonidan o‘tkazilgan. 
N.D. Kondratev xo‘jalik kon’yunkturalarning katta sikli nazariyasining 
muallifi. 
U sikllar ko‘pligi g‘oyasini asoslagan va davriy to‘lqinlar tebranishi modelini 
ishlab 
chiqqan: qisqa davrlar (3 - 3,5 yil), savdo - sanoat davri (o‘rta davr - 7 - 11 yil), 
katta 
davrlar (48 - 55 yil). 


N.D. Kondratevning baholashi bo‘yicha XVIII asr oxiridan boshlab katta 
sikllar 
davri quyidagicha bo‘lgan: 
1. Ko‘tarilish to‘lqini: oldingi asrning 80 yillari 
oxiri 90 yillarining boshidan to 1810-1817 yillargacha. 
2. Pasayish to‘lqini: 1810-1817 yillardan to 1844-1851 yillargacha. 
3. Ko‘tarilish to‘lqini: 1844-51 yillardan to 1870 - 75 yillargacha. 
4. Pasayish to‘lqini: 1870 - 75 yillardan to 1890 - 96 yillargacha. 
5. Ko‘tarilish to‘lqini: 1890-96 yillardan to 1914 - 20 yillargacha. 
6. Ehtimolli pasayish to‘lqini: 1920 yillardan. 
N.D. 
Kondratev 
aytishicha, 
innovatsiyalar 
xo‘jalik kon’yukturasini 
pasayishdan ko‘tarilish tendensiyasiga to‘lqinli o‘zgarish bilan o‘tkazadi. 
U yangiliklar vaqt bo‘yicha notekis taqsimlanishini va guruhlar, klasterlar bilan 
namoyon bo‘lishini ko‘rsatdi (klaster - bir-biriga bog‘liq bo‘lgan guruhlar). Bu 
klasterli yondashish deb ataladi. N.D. Kondratevning tavsiyalari innovatsion 
strategiyalarni ishlab chiqishda qo‘llanilishi mumkin. 

Yüklə 182,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə