1-mavzu. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro moliya munosabatlarining roli Reja



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə8/106
tarix25.09.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#123652
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   106
маъруза матни ХММ

3-mavzu. Valyuta operasiyalari


Reja
3.1. Valyuta kursi va uning turlari
3.2. Valyuta operatsiyalarining mohiyati
3.3. Valyuta siyosati


Tayanch so’z va iboralar
Valyuta kursi, to’g’ri va teskari kotirovka, kross-kurs, valyutalarning xarid qobiliyati pariteti, valyuta kursiga ta’sir etuvchi omillar, valyuta konvertatsiyasi, valyuta kurslarini prognozlash (bashoratlash), premiya (mukofot), diskont, Fisher samarasi, valyuta bozori, market-meyker, spot operatsiyasi, valyuta pozitsiyalari, arbitraj, muddatli bitimlar, valyuta siyosati, diskont (foiz stavkasi) va deviz siyosati, valyutaviy cheklashlar, valyuta kursi rejimi, Marshall - Lerner sharti, J– egri chizig’i, imkonsiz uchlik yoki trilemma, Mandell - Fleming modeli, Triffin paradoksi, joriy xalqaro operatsiyalar, savdo bilan bog’liq bo’lmagan pul jo’natmalari, kapital harakati bilan bog’liq valyuta operatsiyalari,chet el valyutasidagihisob-kitoblar va to’lovlar, valyutani nazorat qiluvchi organlar, valyuta birjasi.


3.1. Valyuta kursi va uning turlari


Valyuta kursi (exchange rate) bir mamlakat pul birligining ikkinchi bir mamlakat valyutasiga nisbatan bahosi hisoblanadi.
Valyuta yoki ayriboshlash kursi ma’lum bir mamlakatni tashqi dunyo bilan bog’lab turadi, shuningdek milliy iqtisodiyot holatini tashqi dunyo bilan taqqoslash, xalqro iqtisodiy operatsiyalar samaradorligini baholash imkonini beradi. Valyuta kursi mamlakatning joriy iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy holati va istiqboldagi rejalari to’g’risidagi barcha ma’lumotlarni o’zida mujassam etadi. Iqtisodiyoti nisbatan ochiq mamlakatlar uchun valyuta kursi muhim ko’rsatkichlardan hisoblanadi. Chunki uning iqtisodiyotga bevosita yoki bilvosita ta’sir etishi, valyuta kursidagi keskin o’zgarishlar esa, milliy iqtisodiyotda inqirozli holatlarni yuzaga keltirishi mumkin. Xususan, valyuta kursining o’zgarishi mamlakatdagi umumiy talab hajmiga, narxlar darajasiga, foiz stavkalar o’zarishiga, mamlakat ichidagi daromadlar taqsimotiga, va iqtisodiyotning boshqa sohalariga ham o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Valyuta kurslari o’zgarishining erkinlik darajasiga ko’ra valyuta kurslari qatiy belgilangan, chegaralangan egiluvchan, suzuvchi valyuta kurslariga bo’linadi.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə