1-mavzu. Kirish efir moylari haqida tushuncha. Efir moylarini aniqlash



Yüklə 152,73 Kb.
səhifə3/3
tarix11.12.2023
ölçüsü152,73 Kb.
#146026
1   2   3

Kosmetika va xozirgi kun.


Zamonaviy kosmetik maxsulotlaridan nafaqat tashqi ta'sir, balki teriga uzoq muddatli foydali ichki ta'sir ham talab qilinadi. Zamonaviy kosmetik maxsulotlar tarkibiga asal, gulchanglar, vitaminlar, gormonlar, tabiiy sabzavot va meva sharbatlari (pomidor, bodring, limon, qulupnay), tonik preparatlar, o'simlik ekstraktlari kabi biologik faol ta'sir ko'rsatadigan tabiiy mahsulotlar kiradi. Ushbu
moddalar teridagi regenerativ ta`sir etadi, ya'ni yangi teri hujayralarining o'sishiga yordam beradi.
Mutaxassis parfyumerlarimiz sochni parvarish qilish vositalarini ishlab chiqdilar: shampunlar, sochlarni mustahkamlash va kepаkka qarshi suyuqliklar, soch bo'yoqlari, upalar. yuz parvarishi uchun kremlar ,lab bo`yoqlari, , qosh va ko`z qalamlari. Zamonaviy kosmetologiya tibbiyotning bir qismi sifatida birinchi navbatda teri, soch, og'iz bo'shlig'ini parvarish qilish gigienik vositalarin tadbirlarni ishlab chiqish bilan shug'ullanadi, turli xil kosmetik kamchiliklarni bartaraf etish vositalari va usullarini o'rganadi.

Kosmetik kimyo mahsulotlarining tasnifi.


Moda sanoati, parfyumeriya va kosmetika sanoatining ulkan salohiyati va insondan yosh va sog'lom ko'rinishga ega bo'lishni talab qiladigan zamonaviy jamiyat mafkurasi odamlarni turli xil kosmetika mahsulotlaridan foydalanishga undaydi. Shuning uchun bugungi kunda kosmetika mahsulotlari turi juda keng.
Bugungi kunga kelib, kosmetik kimyoning asosiy mahsulotlari:

  • teri uchun kremlar, emulsiyalar, losyonlar, moylar

  • gigienik kukunlar

  • atir sovunlari

  • parfyumeriya maxsulotlari( atir, odekolonlar)

  • hammom va dush uchun mahsulotlar (tuzlar, ko'piklar, moylar, gellar).

  • Sochni parvarish qilish uchun mahsulotlar

  • makiyaj maxsulotlari, upa, lab bo`yoq, tenlar, qosh-ko`z bo`yoqlari

  • tish parvarishi maxsulotlari

  • tirnoqlarni parvarish qilish uchun mahsulotlar...



Mavzuni mustaxkamlash uchun savollar


1.Ko`z bo`yogi sifatida Yunonistonda qanaqa modda qo`llanilgan? 2.Kosmetika, parfyumeriya ishlab chiqarish va sotishni rivojlantirish

markazi qaer bo`lgan?


3.Inson terisiga regenerativ ta`sir etuvchi moddalarni izoxlang?
Yüklə 152,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə