1-mavzu. Kirish efir moylari haqida tushuncha. Efir moylarini aniqlash



Yüklə 152,73 Kb.
səhifə2/3
tarix11.12.2023
ölçüsü152,73 Kb.
#146026
1   2   3

Qadimgi Yunoniston


Qadimgi yunon ayollari o'zlarining sog'lig'ini yaxshilaydigan va go'zalligini saqlaydigan turli xil moddalardan foydalanish gan.
Asal - terini namlash uchun ishlatilgan.
Zaytun moyi -terini himoya qilish va unga yorqinlik berish uchun ishlatilgan.
SHuningdek zaytun moyini xushbo`ylantirib uni atir sifatida ishlatishgan.
Ko'mir- zaytun moyi bilan aralashtirib, ko'z bo`yogi sifatida qo`llangan.
Temir oksidi - asal mumi va zaytun moyi bilan aralashtirib, lab bo'yog'i sifatida ishlatilgan.

Qadimgi Rim


Ko'pgina badavlat xonimlar qullari erdamida har kuni tanasi va yuzini bezashgan. Ular bekalarining tishlariga maxsus tayyorlangan emallarni surtishgan. Surma, za'faron sharbati, oltin bo'yoq - o'sha davr ayollari tomonidan ishlatilgan barcha narsalardir. Ular, o'simlik va hayvon yog'larini malham sifatida ishlatishgan.
Rimliklar o`zini bezatishga katta ruju qo`yadi. Ular yuzdagi qarilik alomatlarini yo`qotish uchun qo`rgoshinni qo`llagan. Bu esа ularning sogligini yomonlashishiga olib kelgan. Yuzni oqartirish uchun аlbatta, boshqa kam xavfli oqlovchi moddalar ham bor edi. Masalan, arpa unidan tayyorlangan kukun, tuxum oqi.

O'rta asrlar: Evropa.


Qadimgi Italiya kosmetikaning butun Evropaga tarqalishi uchun ko'prik bo'lib xizmat qilgan. Kosmetika, parfyumeriya ishlab chiqarish va sotishni rivojlantirish
markazi Kapua shahri edi. Bu yerda essensiyalar, malhamlar, pardoz vositalari, lab bo'yog'i tayyorlangan.XVI asrda kosmetika bo'yicha bir qancha kitoblar nashr etilgan.
Gersoginya Ketrin Sforzaning kitobi ayniqsa mashhur bo'lib, unda u yuzga bo'yoq qo'llash jarayonini, bo'yanish vositalari, asboblari va texnikasi bilan tanishtiradi.

Gersoginya Ketrin Sforza


Uyg'onish davri 15-16 asrlar


14-asrdan boshlab Evropada parfyumeriya sohasidagi bilimlarning jadal rivojlanishi va distillash usulidandan faol foydalanish boshlanadi. Bunga kimyoning rivojlanishi yordam beradi. Venetsiya parfyumeriya poytaxtiga aylanadi, u erga Sharqdan ziravorlar ,tutatqilar keltiriladi. Evropa zodagonlari kosmetika san'atiga ko'proq e'tibor berishni boshlaydilar, chunki bu vaqtda kosmetika insonning yuqori qatlamga mansub ekanligini ko`rsatgan.
Kosmetika Frantsiya, Ispaniya, Angliya qirolliklarida modaga kiradi.
Xonimlar va janoblar sochlarini oq kukun bilan bo'yashdi ,rang-barang pariklar kiyisаhdi. Kosmetika yuzni bezatgan, tananing va yuzning kamchiliklarini yashirgan, ammo odamlar muntazam yuvinishga odatlanmagan va yoqimsiz hidlar juda ko'p miqdorda parfyumeriya yordamida yashirilgan.
Efir moylari, gullar tindirilgan suvlar keng tarqalgan maxsulotlar bo`ldi. 15 asrda spirtning ishlab chiqarilishi, Kosmetik kimyo rivojlanishida katta turtki bo`ldi.

Yüklə 152,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə