1. Mavzu: Kirish. O’zbekiston tarixi fani predmeti, vazifalari va uning o’rganish manbalari Mavzu rejasi



Yüklə 153,04 Kb.
səhifə16/16
tarix16.02.2023
ölçüsü153,04 Kb.
#100875
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
1-mavzu. O\'zbekiston tarixi fanidan

ikkinchi bosqichida xotima bo‘ldi. Spitamen kurashining ikkinchi bosqichida yerli o‘troq aholi garchi Iskandarning satrapliklariga bo‘ysunishdan bosh tortsa-da, bosqichilarga qarshi janglarda faol qatnashmadi. Ozodlik urushining ikkinchi bosqichi davomida Spitamen ko‘chmanchi daxlar, massagetlar va boshqa sak qabilalaridan tashkil topgan ko‘ngillilarga suyandi. Bu davrda Iskandar So‘g‘d va Baqtriyadagi barcha qal’alarni vayron qilib, ularga yunon lashkarlarini joylashtirdi. Ular Iskandarning joylardagi "ko‘z-qulog‘i" va tayanchi edi. Shunday qilib, Iskandar So‘g‘diyonani ikkinchi marta o‘ziga bo‘ysundirdi.
Mil.avv. 328-327 yilning qishini u Nautakada o‘tkazdi. Mil.avv. 327 yilning boshidan Aleksandr tomonidan O‘rta Osiyoni bosib olishning uchinchi yakunlovchi bosqichi boshlanadi.
So‘g‘d vatanparvarlarining yunon mustamlakachilariga qarshi kurashining uchinchi bosqichi boshqacha xarakter kasb etdi. Endi So‘g‘dning dehqonlari dushmanga qarshi faol harakat qilmadi. Ularning ikki yillik urush davomida ekinzorlari izdan chiqqan edi. Tinchligi buzilgan dehqonlar ekin-tekinlarini eka olmay qoldilar. Ko‘chmanchilarning esa Spitamen o‘limidan keyin qanday qarorga kelganligi xaqida manbalarda hech qanday ma’lumot saqlanmagan. Shunisi ma’lumki, hali xalqing qarshiligi batamom so‘nmagan edi. Kutilmagan joyda qarshilik alangasi paydo bo‘lishi mumkin edi. Bu Iskandarni tashvishga solardi. Shuning uchun miloddan avvalgi 328 yil So‘g‘d xalqining Iskandarga qarshi faol kurashi tarixida Iskandar uchun keskin burilish yili bo‘ldi. Endi Iskandar avvalgidek mahalliy aholiga qarshi qahr-g‘azabini o‘ylanibroq sochadigan bo‘ldi. U endi mahalliy aholiga yaqinlashish, ular bilan til topish yo‘lini qidirdi. Shu maqsadda mahalliy aslzodalarni shoh saroyiga yaqinlashtirdi, o‘zi boshqalarga o‘rnak sifatida tub aholi urf-odatlari, xulq-atvorini o‘zlashtirishga kirishdi. Biroq uning bu harakati yunonlar orasida noroziliklarga olib keldi. Ammo Iskandar o‘z yo‘lidan qaytmadi. Kim unga ochiq norozilik qarshiligini ko‘rsatsa, boshini tanasidan judo etdi. Shu yo‘lda uning eng yaqin do‘sti, mohir lashkarboshi Klit va saroy tarixchilaridan Kallisfonlar qurbon bo‘ldilar. Iskandarning bu siyosati unga qarshi saroy fitnasini keltirib chiqardi. Jahongir buni ham o‘z vaqtida sezib, tashkilotchilarni qatl qildirdi. Iskandarning bu siyosatini ko‘rgan mahalliy aristokratiyaning bir qismi unga yaqinlashdi, do‘stlik qon-qarindoshlik iplarini tiklash yo‘lini axtardilar. Lekin Iskandar siyosatining o‘zgarishiga ishonchsizlik bilan qaragan tub aholi, aslzodalarning boshqa bir qismi mustahkam tog‘ qal’alariga chekinib, o‘zlari uchun yorug‘ kunlar kelishini kutardi. Iskandar o‘zining qonxo‘r otryadlarini tog‘larda joylashgan ana shu qal’alarni egallash uchun yubordi. Makedoniyalik Iskandarning ana shu yurishi So‘g‘d xalq milliy ozodlik kurashining uchinchi bosqchini tashkil etdi.
Miloddan avvalgi 327 yilning qishini Iskandar Nautakda o‘tkazdi. Bahorda Nautaka atrofidagi qal’alarni, Gabaza, Pareytakena, (Surxondaryo xududi) Bubukena(Tojikiston janubi) kabi shaxarlarni egalladi.
Xisor va Qo‘hitong tog‘larida ham mustaxkam qal’alar bor edi. Bular Arimas, Sisimetr va Xorien qal’alari bo‘lib, bu qal’alari ularning egalari nomlari bilan atalgan. Sisimetr Darband qishlog‘i yaqinida (Qashqadaryo va Surxondaryo chegarasi xudularida). Sug‘d qal’asida baqtriyalik Oksiartning oilasi - xotini, bolalari va go‘zal qizi Roksana yashar edi. Yunon tarixchilarishshg yozishicha, Baqtriya va So‘g‘diyonadagi tog‘lar orasida 4 ta juda mustahkam qal’alar joylashgan. Ular So‘g‘d, Sisimmitra, Arimaza va Xorien deb atalgan. Ammo bu ma’lumotlar mavjud qadimgi qal’alar bilan solishtirilganda ularning faqat ikkitasini aniqlash mumkin bo‘lgan. Ular So‘g‘d va Xorien qal’alaridir. So‘g‘d qal’asi Nautak rayonida, Urgut tog‘larida, Xorien qal’asi esa hisor tog‘ining Boysun tizmalarida joylashgan.
Iskandarning 300 ta navkari bir kechada So‘g‘d qal’asini egallashdi. Dastlab uni olish qiyin bo‘ldi. U baland qoya tepasida, joylashgan bo‘lib, unga faqat bir tomondan yaqinlashish mumkin edi. Iskandar kimki birinchi bo‘lib qal’aga kirsa, 12 talant oladi, ikkinchi va uchinchi bo‘lib kirganlar ozroq, ohirgi kishi bir talant oladi, deb mukofot e’lon qilgandan so‘ng navkarlar faol harakat qila boshlaydilar. So‘g‘d qoya qal’asini egallashda ko‘pgina kishilar qoyadan yiqilib haloq bo‘lishdi. Iskandarning askarlari qal’ada Oksiartning oilasi va uning qizi Roksanani ko‘rib lol qolganlar. Roksana go‘zallikda tengi yo‘q farishta bo‘lgan. U Doro III ning beva xotinidan keyingi Osiyo go‘zali edi. Arrianning yozishicha, Iskandar uni bir ko‘rishda sevib qolgan va unga uylangan. Iskandar Roksana tufayli uning otasi Oksiartning gunohlaridan o‘tib, unga yaxshi munosabatda bo‘ldi va uni Baqtriya satrapi etib tayinladi. Shundan so‘ng Iskandar Oksariat yordamida Xorien qoya qal’asini egallash rejasini tuzdi. Bu qal’ada Iskandarga muxolifiyatda bo‘lgan ko‘pgina mahalliy hokimlar, ularning oilalari joylashgan edi. Ular orasida Eparx(shahar hokimi) Xorien ham bo‘lib, qal’ani yunonlar uning nomi bilan atashgan. Xorien Iskandar elchisi Oksiartdan barcha gapni eshitgach, darhol qarshiliksiz taslim bo‘ldi va o‘z qal’asining xo‘jayini bo‘lib qoldi. Shunday qilib, miloddan avvalgi 327 yilning yozida Iskandar O‘rta Osiyoni o‘ziga to‘liq bo‘ysundirib oldi. U mahalliy aslzodalardan Oropiya ismli kishini So‘g‘d podshosi qilib tayinlab, tez kunda hindiqush orqali hindistonga yurish boshlab yubordi.
Shunday qilib, O‘rta Osiyo xalqlarining Spitamen boshliq milliy ozodlik kurashining uchinchi bosqichi Iskandarning hisor tog‘laridagi baland qoyalar ustida qurilgan qal’alarga yashiringan mahalliy aslzodalarga qarshi kurashi bilan yakunlandi.
Erksevar So‘g‘d xalqi va ularning jangovor ittifoqchilari bo‘lgan massaget va dax qabilalari ustidan g‘alabani ta’minlashda Iskandarning O‘rta Osiyo xalqlariga nisbatan ustamonlik bilan qo‘llagan siyosati katta ish berdi. U o‘z maqsadiga erishish yo‘lida rejalashtirgan avvalgi siyosatini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi. qator chekinishlarga majbur bo‘ldi va nihoyat mahalliy aristokratiya qatlamini o‘z tomoniga bura oldi. Ammo u bunga qadar mamlakatni vayron qildi, minglab yosh yigitlarning yostig‘ini quritdi, arzimagan qarshilik uchun tinch aholini shafqatsizlik bilan jazoladi.
Yunon-makedonlarning O‘rta Osiyodagi istilolari, minglab yunonlarning So‘g‘diyona va Baqtriyaning unumdor yerlariga ko‘chirib keltirilishidan qat’iy nazar Iskandarning bu yerdagi siyosati mustahkam emas edi. Uning o‘limidan keyin O‘rta Osiyoda yunonlarga qarshi qo‘zg‘olonlar davom etaverdi. Miloddan avvalgi 325 yili Iskandar Hindiston yurishida bo‘lgan vaqtda uning o‘limi haqida mish-mish tarqadi va 3 ming yunon-makedonlar Yunonistonga qaytish kayfiyatida qo‘zg‘olon ko‘tardilar. Ammo qo‘zg‘olon bostirildi. Miloddan avvalgi 325 yilda So‘g‘d va Baqtriyaga ko‘chirib keltirilgan 20 ming piyoda va 3 ming suvoriylar o‘z vatanlariga jo‘nab ketdi. Ammo lashkarboshi Perdikka ularni qurolsizlantirishga ulgurdi va ularning mol-mulklari sodiq askarlarga bo‘lib berildi. Yunon bosqinchilari bu ishda mahalliy aristokratiyaning qo‘li borligini sezib qoldi va shu tufayli tezda barcha viloyat va tumanlardagi mahalliy hokimlarni makedoniyaliklar bilan almashtirdi. Faqatgina Iskandarning qaynotasi Oksiart va Perdikkaning qaynotasi Atrapatlar o‘z lavozimlarida qoldilar xolos.
Boshqaru tizimida Aleksandr Axamoniylar davridagi boshqaruv tizimini saqlab qoldi. 8-12 shaxar qurdirgan.
Aleksandriya Oksianskaya- Tarn fikricha, Termizga yaqin joylashgan. Rtveladze uni Kampirtepa yodgorligi deb hisoblaydi. Ay Xanum Shimoliy Afg‘onistonda, Aleksandriya Margianskaya – Bandixon xududlarida.
Bartriyada fors Artabaz satrap bo‘lgan. O‘rta Osiyoda Aleksanrga yaqin gorzon boshlig‘ig‘a hatto yirik saprak xokimlari ham bo‘ysungan.



1 Ўзбекистан миллий энциклопедияси. 8-жилд.-Т.: 2004, 274-бет.

2Fransic Henry Skrine and Edward Denison Ross A history of Russian Turkestan and the Central Asian Khanates from the earliest times Roudledge Curzon, USA, 2005, стр. 3

6 6 O’zbekistan tarixini o’qitish va organishining yagona kontseptsiyasi. Т., 1996 y., 6-bet..

3Абу Райхон Беруний. Қадимги халқлардан қолган ёдгорликлар. -Т.: 1968, 44 бет.

4Асқаров А. Ўзбек халқининг келиб чиқиш тарихи. –Т.: 2015, 71-73 бетлар.

5 Материалы объединённой сессии, посвященной истории Средней Азии и Казахстана в дооктябрьский период. Т.: 1955.

6Fransic Henry Skrine and Edward Denison Ross A history of Russian Turkestan and the Central Asian Khanates from the earliest times Roudledge Curzon, USA, 2005, стр. 5-9

7Асқаров А. Ўзбек халқининг келиб чиқиш тарихи. –Т.: 2015, 70-91 бетлар

8Асқаров А. Ўзбек халқининг келиб чиқиш тарихи. –Т.: 2015, 77- бет.

9 XX асрнинг иккинчи ярми давомида жаҳон фанида Шимолий-Шарқий Африканинг Олдувай водийсида олиб борилган археологик ва антропологик изланишларга кўра, одамзоднинг илк аждодлари бундан 2,5-3 миллион йил аввал Африка қитъасида яшай бошлаган. “Homo sapiens, sapiens” (ақлли одам) эса, ер куррасида мил. авв. I миллион йилдан бошлаб яшай бошлаган, деган тасаввур пайдо бўлди.

10 XX асрнинг иккинчи ярми давомида жаҳон фанида Шимолий-Шарқий Африканинг Олдувай водийсида олиб борилган археологик ва антропологик изланишларга кўра, одамзоднинг илк аждодлари бундан 2,5-3 миллион йил аввал Африка қитъасида яшай бошлаган. “Homo sapiens, sapiens” (ақлли одам) эса, ер куррасида мил. авв. I миллион йилдан бошлаб яшай бошлаган, деган тасаввур пайдо бўлди.

11 Перщиц А.И., Монгайт А.Л., Алексеев В.П. История первобытного общества. Москва, 1982, стр. 60-69-бетлар.

12 Борисовский П.И. Древнейшее прошлое человечества. Москва, 1980, стр. 19-173; Перщиц А.И., Монгайт А.Л., Алексеев В.П. История первобытного общества. Москва, 1982, стр. 60-60.

13History of civilizations ofCentral Asia. The dawn of civilization: earliesttimes to 700 B.C. Volume I. UNESCO 1992.р.85.

14 Гениинг В.Ф, Зданович Г.Б., Гениинг Б.В., Синташта. Археологические памятники арийских племен Урало-Казахстанских степей. Челябинск., 1992; Зданович Д.Г. Могильник большекараганский (Аркаим) и мир древних индоевропейцев Урало-Казахстанских степей, Челябинск, 1995; Зданович Г.Б. Батанина И.М. «Страна городов» - укрепленные поселения эпохи бронзы XVIII-XVI вв. до н.э. на Южном Урале. Челябинск, 1995; Зданович Г.Б. Бронзовый век Урало-Казахстанских степей. Свердловский, 1988.

15History of civilizations ofCentral Asia. The dawn of civilization: earliesttimes to 700 B.C. Volume I. UNESCO 1992, р. 348

16History of Civilizations of Central AsiaThe crossroads of civilizations:A.D. 250 to 750Multiple History Series UNESCO PublishingVolume III.1996, 25.

17Исамиддинов М.Х. Истоки городской культуры ... С.127.

18 Markwart J. Wehrot und Arang. - Leiden, 1938, - Р.10-12.

19 Толстов С.П. Древний Хорезм. - М.: 1948; Дьяконов И.М. Истории Мидии. - М.: Л., 1956; Дьяконов М.М. Очерк истории Древнего Ирана. - М.: 1961; МассонВ.М.Древнеземледельческая культура Маргианы. МИА, 1959 . - № 73; Хлопин И.Н. Историческая география южных областей Средней Азии. Ашхабад, 1983.

20 Дьяконов М.М. Очерк истории Древнего Ирана. - М.: 1961. - С. 64.

21Струве В.В. Древний Иран и Средная Азия// Всемирная история. Т. 1. - М.: 1955. - С. 590.

22 Массон В.М. Древнеземледельческая культура Маргианы ... - С. 127.

23 Gershevitch I. The Avestan Hymn to Mithra. – Cambridge, 1959. - Р.298-299.

24 Хлопин И.Н. Историческая география южных областей Средней Азии. - Ашхабад, 1983.

25 Пьянков И.В. Сведения Ктесия о владениях Бардии на востоке Ирана // ВДИ. - М.: 1961 №4. - С. 100.

26Хлопин И.Н. Историческая география ... – С. 32-44.

27 Лившиц В.А. Древнейшие государственные образования // ИТН. – Душанбе, 1963. - С. 152-153.

28«Авеста». Видевдат. V, 8.

29History of Civilizations of Central AsiaThe crossroads of civilizations:A.D. 250 to 750. Multiple History Series. UNESCO PublishingVolume III.1996, 28

30 Андрианов Б.В. Роль ирригации в становлении древних государств (На примере Средней Азии) // От доклассовых обществ к раннеклассовым. - М.: Наука, 1987.

31Андрианов Б.В. Роль ирригации в становлении древних государств ... – С. 75-78.

32 Итина М.А. Хорезмская экспедиция - основные итоги и перспективы исследований // Культура и искусство древнего Хорезма. - М.: 1981. - С. 9.

33 Яблонский Л.Т. Саки Южного Приаралья (археология и антропология могильников). - М.: 1996

34 Вайнберг Б.И. Памятники Куюсайской культуры // Кочевники на границах Хорезма. ТХАЭЭ. Т.IX. - М.: 1979; Воробьева М.Г. Проблема «Большого Хорезма» и археология //Этнография и археология Средней Азии. - М.: 1979. - С. 38-42.

35 Вайнберг Б.И. Скотоводческие племена в древнем Хорезме // Культура и искуство древнего Хорезма. - М.: 1981. - С. 128; Вайнберг Б.И. Памятники скотоводческих племен в левобережном Хорезме // Археология СССР. Степи Азиатской части СССР в скифо-сарматское время. - М.: 1992. - С. 117.

36 Итина М.А. Охранные археологические работы в Хорезме: итоги и перспективы // СЭ. - №1. - С. 53.

37 Асқаров А.А. Қадимги Хоразм тарихига доир ... – Б. 76-84.

38History of civilizations of Central Asia:The development of sedentary and nomadiccivilizations: 700 B.C. to A.D. 250 Volume II. UNESCO 1994.p.45.



39Fransic Henry Skrine and Edward Denison Ross A history of Russian Turkestan and the Central Asian Khanates from the earliest times Roudledge Curzon, USA, 2005, р.4.

Yüklə 153,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə