1. Mavzu: Kirish. O’zbekiston tarixi fani predmeti, vazifalari va uning o’rganish manbalari Mavzu rejasi


Mavzu: O‘zbekiston xududida urug‘chilik jamoasining shakllanishi va rivojlanishi



Yüklə 153,04 Kb.
səhifə8/16
tarix16.02.2023
ölçüsü153,04 Kb.
#100875
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
1-mavzu. O\'zbekiston tarixi fanidan

4.Mavzu: O‘zbekiston xududida urug‘chilik jamoasining shakllanishi va rivojlanishi
Mavzu rejasi:

  1. O‘zbekiston xududida urug‘chilik jamoasining shakllanishi.

  2. Matriarxat va patriarxat jamoalarining o‘ziga xos jihatlari

Adabiyotlar:

  1. Жўрақулов М. Ибтидойи давр археологияси. –Т.: 1981. 35-43-стр.

  2. Мавлонов Ў. Марказий Осиёнинг қадимги йўллари –T., 2008 12-18-betlar

  3. Природа и древний человек. – М., Мысль, 1981. 38-48-стр.

  4. Fransic Henry Skrine and Edward Denison Ross A history of Russian Turkestan and the Central Asian Khanates from the earliest times Roudledge Curzon, USA, 2005 28-40-pages

Adabiyotlar:

  1. Kabirov J. Sagdullaev A. O’rta Osiyo arxeologiyasi. –T., 1990.

  2. Asqarov A. O’zbekiston tarixi T., 1994.

  3. Egamberdieva N. Arxeologiya –T., 2011


1 reja
Ilk va o‘rta paleolit davri insoniyatning ibtidoyi to‘da davri bo‘lib, so‘nggi paleolit davridan (40-12 ming yillik) urug‘chilik jamoasi davri boshlangan. Urug‘chilik jamoasida ayollar yetakchilikni egallaganliklari sababli, bu davrdan matriarxat (ona urug‘i) hukmronligi davri boshlanadi. So‘nggi paleolit davrida hozirgi zamon turidagi odam shakllangan. Bu davrda ilk diniy tasavvurlar- animizm,fetishizm, totemizm vujudga kelgan. Bu esa san’atning paydo bo‘lishiga asos bo‘lgan. So‘nggi paleolit davrida yevropoid, negroid, mongoloid – irqlari shakllangan. Pichoqlar paydo bo‘lgan. Suyakdan garpun, igna, bigiz ishlaganlar. Ibtidoiy odamlar o‘zlari uchun chayla, yarim yerto‘la va yerto‘lalarni qurib yashay boshlaganlar.
So‘nggi paleolit davriga oid yodgorliklar kam topilganiga qaramasdan, ulardagi madaniy qatlamlarning yaxshi saqlanishi so‘nggi paleolit davri taraqqiyotining o‘ziga xos tomonlarini ochishga imkon berdi. Hozirgi kunda Markaziy Osiyoda 30 ortiq yodgorlik topib o‘rganilgan bo‘lsa, shulardan 10 tasi O‘zbekistondan topilgan. Ulardan Zarafshon vohasida topilgan Samarqand, Siyobcha, Xo‘jamazgil makonlari yaxshi o‘rganilgan.
Markaziy Osiyo xududidan topilgan tosh qurollari G‘arbiy Osiyo xududlaridagilarga o‘xshash bo‘lganligi, ular o‘rtasida madaniy aloqalar borligini ko‘rsatadi. Janubiy O‘zbekistondagi Teshik tosh makonidan topilgan odamning ko‘mish marosimi buning yorqin misolidir.
Toshkent viloyatida ulkan mamont qoldiqlari topildi Mahalliy Paleontologlar O‘zbekiston hududida ilk bora janubiy mamont qoldiqlarini topishga muvaffaq bo‘ldi. Topilma Toshkent viloyati Ohangaron vohasidagi Ovjazsoy hududida kashf qilingan. 2013 bahor oyida sodir bo‘lgan kuchli sel oqimi natijasida janubiy mamont tishlari yer yuzasida ko‘rinib qolgan. Tanasining qolgan qismi soy o‘zani yaqinidagi jarlik tagida joylashgan. Hozircha jonivorning faqat tishlari kovlab olingan bo‘lib, tanasini chiqarib olish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilishi ko‘zda tutilgan. Qoldiqlardan paleontologlar ushbu jonivorning 1 million 200 — 1 million 800 yoshdagi ancha yirik turdagi mamontligini aniqlashdi. Uning dandon tishlari 100 kilogramm og‘irlikda bo‘lib, uzunligi 4 metrni tashkil etadi. Mutaxassislar fikricha, janubiy mamont tabiatda ro‘y bergan iqlim o‘zgarishlari natijasida bundan o‘n ikki ming yillar avval qirilib ketgan. Uning qoldiqlarini topish va ilmiy jihatdan o‘rganish sayyoramizdagi jo‘g‘rofiy, geologik, ekologik holatlarni tadqiq qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ovjazsoydan topilgan fil suyagi ham ana shunday noyob va muhim ashyo hisoblanadi.
O‘zbekistonda Urug‘chilik jamoasi bundan 40 ming yil avval to milodiy 4 asrlargacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu davr arxeologik jihatdan so‘nggi paleolit, mezolit (o‘rta tosh davri), neolit (yangi tosh davri), eneolit (mis-tosh davri), bronza va ilk temir davrlari deb ataladi, tarixiy nuqtai nazardan esa, matriarxat, patriarxat va harbiy demokratiya bosqichlariga bo‘lib o‘rganiladi.
Mil. avv. 40-12 ming yilliklar davomida, ya’ni so‘nggi paleolit davri, matriarxat tuzumining ilk bosqichida, kishilik tarixida qator ixtirolar yuz berdi. Bu kromon’on odamlarning jamiyat hayotiga kirib kelishi bilan bog‘liq. Sun’iy olov ixtiro qilinadi, onalar jamoani sardoriga, urug‘ni davom ettiruvchi iloh sifatida qarash paydo bo‘ladi. Bu davrda birinchi bor onalarning siymolarini chizish, haykallarini yasay boshlash, ya’ni ibtidoiy san’at kashf etildi; birinchi bor o‘ziga kulba qurishni o‘rganadilar, insoniyatning uch irqi shakllanadi. Demak, «ibtidoiy urug‘chilik jamoasi» deb atalgan kishilik jamiyati tarixi boshlanadi.
Matriarxatda mulk ijtimoiy xarakterda, urug‘ jamoasiniki edi. Chunki, jamoaning iqtisodiy asosini o‘zlashtiruvchi xo‘jalik tashkil etgan Qachonkim, ibtidoiy ajdodlarimiz dehqonchilik va chorvachilik hamda hunarmandchilikni kashf etishgach, jamoani iqtisodiy asosini ishlab chiqaruvchi xo‘jalik tashkil etadigan bo‘ldi, xususiy mulkchilikning kelib chiqishiga keng imkoniyatlar yaratildi. Endi onalarning jamoada tutgan mavqei sekin-asta pasayib, jamoaga barqaror, mo‘may daromat keltiruvchi otalar bosh bo‘lib qoldi. «Ibtidoiy urug‘chilik jamoasi» zaminida yuz bergan birinchi ijtimoiy mehnat taqsimoti (dehqonchilik va chorvachilik xo‘jaliklarining ixtisoslashuvi) va undan keyin yuz bergan ikkinchi ijtimoiy mehnat taqsimoti (hunarmandchilikning dehqonchilikdan ajrab chiqishi), ota urug‘ining (patriarxatning) uzil-kesil qaror topishiga olib keldi. Patriarxatda mulk matriarxatning qator ijtimoiy huquqiy normalarini saqlagan holda, xususiylasha boshladi.
Xususiy mulkning kurtaklari dehqonchilik va chorvachilik xo‘jaliklarining kashf etilishi, jamiyatning iqtisodiy asosi o‘zlashtiruvchi xo‘jalikdan ishlab chiqaruvchi xo‘jalikka o‘tishi bilan bog‘liq edi. O‘rta Osiyoning janubi-g‘arbiy mintaqalarida ibtidoiy dehqonchilik va chorvachilik neolit davridan (Joytun madaniyati) boshlandi. Mintaqaning markaziy va shimoli-g‘arbiy hududlarida neolit davrida hali o‘zlashtiruvchi xo‘jalik hamon davom etar edi (Kaltaminor madaniyati).
Eneolit davrida ibtidoiy jamoalar ijtimoiy va iqtisodiy hayotida yuz bergan tub o‘zgarishlar tufayli mulkchilikning avvalgi ijtimoiy xarakteri o‘zgarib, birinchi navbatda, yerga va chorvaga bo‘lgan xususiy mulkchilik kelib chiqadi. Yerga xususiy egalik qilishning kelib chiqishi dastlab, bronza davrida, qadimgi dehqonchilik mintaqalarida, chorvaga xususiy mulk egaligining kelib chiqishi esa, dastlab dasht mintaqalarida yuz berdi.

Neolit yunoncha so’z bo’lib "neo" - yangi va "lit" - tosh, ya’ni yangi tosh degan ma’noni anglatadi. Bu so’z ibtidoiy jamoa tarixiga oid manbalarda birinchi bor Ovrupa arxeologlari tomonidan ishlatildi. Kishilik tarixining neolit davri qurollarni ishlash texnikasida silliqlash, pardozlash, zarralash va parmalash usullarining ixtiro etilishi tufayli kelib chiqdi. Toshni ishlash texnikasida bunday yangi usullarning kashf etilishi ibtidoiy ishlab chiqruvchi kuchlarning oldingi davrlarga nisbatan tezroq rivojlanishiga olib keldi.


Pardozlash texnikasining dastlabki elementlari mezolitda, hatto uning ilk izlari yuqori paleolitning so’nggi bosqichida ham ba’zan uchrab turadi. Ammo ular faqat nisbatan yumshoq toshlardan qurol ishlashda qo’llanilgan. Neolit davrining muhim xususiyatlaridan biri hisoblangan toshni pardozlash usuli tosh qurollarning barcha turlarini ishlab chiqishda qo’llanilavermas edi.
Hali ko’pgina qurollarni yasashda paleolit davrining kertma texnikasi keng qo’llanilar edi. Neolit davrida toshni ishlashda uchirma va yorma texnika usullaridan ham foydalanildi. CHunki bu texnika yordamida o’tkir tig’ beruvchi tosh pichoqlar, tosh teshgichlar, sanchqilar, qirg’ichlar yasash qulay edi. SHuning uchun ham ezib o’chirish texnikasi faqat neolit davridagina o’z taraqqiyotining eng yuqori cho’qqsiga ko’tarildi.
Tosh xom ashyosining xususiyatini yaxshi bilgan sinchkov ustalar shakl va vazifa doirasi har xil bo’lgan yangidan-yangi mehnat qurollari ishlashga jiddiy e’tibor berdilar. qurollarning turi kengaydi. Tosh qurollar orasida tosh boltalar, ponalar, tosh teshalar, iskanalar paydo bo’ldi. hatto bir vaqtlar Ovrupa olimlari neolit davrini "boltalar asri" deb atashni taklif etganlar.
Pardozlangan tosh boltalar o’rmon kesishda, uy qurilishi ishlarida, ovchilikda o’zining tengi yo’q jangovar qurol ekanligini ko’rsatdi. Neolit davrida barcha og’ir yumushlar ana shu tosh boltalar orqali bajarilar edi. Masalan; Daniyada chaqmoqtoshdan yasalgan oybolta yordamida o’n soat ichida 26 ta diametri 20-25 sm li archa kesilib, ularning shoxlari butalgan, qobig’i archilgan va to’rt tomonlama yo’nilgan. SHu vaqt ichida bolta biron marta ham o’tkirlanmagan.
Mehnat qurollari takomillashgan neolit davri jamoalari uchun endi yuqori paleolit, ayniqsa mezolit davridagidek daydi hayot kechirishga zaruriyat qolmaydi. Endi ular o’troq hayot kechirishga o’tadilar. Avvalgidek daydib yurish, yangi-yangi ov makonlari qidirib ko’chib yurishga barham beriladi. Endi doimiy yerto’lalar, kulbalar yasash, loydan, guvaladan uy qurish, qishloqlarda yashash neolit davri jamoasining asosiy odatiga, turmush tarziga aylanib bordi. SHunday qilib, doimiy utroqlik xo’jaligi paydo bo’ldi.
O’troq turmush tarzi, o’troq xo’jalik janubiy subtropik rayonlarda dehqonchilikning kelib chiqishiga, cho’lli mintaqalarda, azim daryo va ko’l buylarida o’troq ovchilik xo’jaligining qaror topishiga olib keldi. O’troq xo’jalik yuritishning qaror topishi o’z navbatida chorvachilikning ham paydo bo’lishiga olib keldi.
Neolit davri jamoalari hayotida o’troq xo’jalikning yorqin belgisi sifatida yana bir xo’jalik yangiligi ixtiro qilindi. Bu-bulajak xunarmandchilik xo’jaligining muhim tarmog’i hisoblangan sopol buyumlar (keramika) ishlab chiqarishning paydo bo’lishi edi. Keramikaning paydo bo’lishi neolit davrining ulkan kashfiyoti bo’lib, ayrim arxeologlar hatto neolit davrini "keramika asri" deb atashni taklif qilganlar.
To’qimachilik xunarmandchilikning vujudga kelishi ham neolit davrining buyuk kashfiyoti hisoblanadi. Endi ibtidoiy jamoa a’zolari faqat hayvon terilaridan yasalgan kiyim-kechak emas, balki uning yungidan hamda o’simliklar tolasidan to’qo’gan matolardan ham kiyim-kechak tuqib kiyadigan bo’ldilar.
To’qimachilik xunarmandchiligi maxsulotlari matriarxat jamoa a’zolarini faqat kiyim-bosh bilan ta’minlab qolmay, balki baliq ovi xo’jaligida ham keskin o’zgarishlarga olib keldi. Yig’ilgan ipdan to’r tuqish, u yordamida baliq ovlash ovchilik xo’jaligining keskin darajada rivojlanishiga olib keldi.


2 reja
Neolitdan keyingi davr fanda eneolit (mis tosh) nomini oldi. Bu davrning eng qadimgi yodgorligi O’rta Osiyo sharoitida dastlab asrimizning boshlarida amerikalik olim Pompelli (Pompelly) va ingliz arxeologi G.SHmidt tomonidan Anov tepada o’rganildi. Pompelli-SHmidt tadqiqotlari asosida Anov tepa 4 ta xronologik bosqichga bo’linib, u to 1950 yillarga qadar O’rta Osiyo arxeologiyasi tarixida buyuk kashfiyot sifatida eneolit va bronza davri yodgorliklari uchun xronologik shkala bo’lib xizmat qildi.
1950 yillarning boshlariga kelib B.A.Kuftin Nomozgohtepa materiallari asosida Pompelli-SHmidt arxeologik davriy sistemasiga aniqliklar kiritib, O’rta Osiyo eneolit va bronza davri yodgorliklari uchun 6 ta xronologik bosqichni (Nomozgoh I, II, III, IV, V, VI) taklif qildi. Keyinroq B.A.Kuftin ishining davomchisi sifatida V.M.Masson uning 60 bosqichga bo’lingan arxeologik davriy sistemasining har birini ikkitadan fazaga bo’lib o’rganish mumkinligini asoslab berdi. hozirgacha Kuftin-Masson davriy sitemasi O’rta Osiyo eneolit va bronza davri yodgorliklarining yil sanasini belgilashda asosiy tayanch ob’ekti sifatida xizmat qiladi.
1950 yillarning boshlarida Ya.G’.G’ulomov O’zbekistonning quyi Zarafshon havzasida eneolit davriga oid Zamonbobo qabristonini ochdi. 1960 yillar boshlarida A.Asqarov Ya.G’.G’ulomov ishini davom ettirib, Zarafshonning quyi oqimida Kaptarni qumi va Katta Tuzkon 35 makonlarini ochib o’rgandi. O’sha yillarda Zamonbobo qabristoni yaqinidan Zamonbobo makoni topildi. 1970 yillarning O’rtalarida Zarafshon vohasining yuqori qismida Sarazm qishlog’ida bu davrga oid klassik yodgorlik topildi.
Zarafshon vohasining ana shu yodgorliklarida o’tkazplgan izlanish natijalariga qaraganda Sug’diyona hududi nafaqat O’rta Osiyo balki jahon mintaqalarida eneolit davrida yuz bergan tarixiy voqealardan chetda qolmagan.
Bu ona zaminning tarkib topishi, rivojlanishi va gullashida qadimdan Zarafshonning o’rni beqiyos va benazir. Ana shu Zarafshon daryosi tufayli juda qadim-qadimlarda So’g’d bobo-dehqonlarining qishloqlari bu o’lkada qad ko’tardi. Ana shunday qishloqlarning qoldiqlari endilika Zamonbobo va Sarazm madaniyatlari nomi bilan fanga kiritildi.
Yaqin kunlargacha So’g’dning bosh shaharlari bo’lgan Samarqand va Buxoroning 25 asrlik shahar madaniyati tarixining ildizlari qaysi davrga borib taqalishini bilmas edik. SHuning oqibatida ayrim tarixchilar orasida Samarqand va Buxoroga shahar madaniyati Eron ahamoniylari yoki yunonistonlik ellinlar tomonidan keltirilgan, degan tasavvur paydo bo’ldi. Zamonbobo va Sarazm yodgorliklarining topilishi ana shu g’ayriilmiy fikrlarga nuqta qo’ydi va So’g’dning shahar madaniyati aynan shu o’lkaning eneolit va bronza davri yodgorliklari-Sarazm va Zamonbobo madaniyatlari asosida kelib chiqanligi isbotlandi.
Zamonbobo aslida qadimda Zarafshonning quyi oqimi havzasida, uning qurib borayotgan o’zanlaridan birining yoqasida hosil bo’lgan ko’lning nomi. 1950 yilda akademik Ya.G’.G’ulomov ana shu ko’lning shimoliy sohilidagi qadimgi qabristonga duch keldi. SHuningdek u ko’l yoqasida cho’l shamoli uchirib ketgan taqirlikda usti ochilib qolgan bir necha qabrlarni uchratadi. Keyinrok ma’lum bo’lishicha, bu mozor eneolit davrining so’nggi bosqichi va ilk bronza davriga oid bebaho yodgorlik bo’lib chiqdi. Zamonboboda o’tkazilgan qazishmalar davrida 45 ta qadimgi mozor qoldiqlari topib o’rganildi. O’rganilgan qabrlar hozirgidek lahat shaklida bo’lib, ulardagi skeletlar o’ng va chap yoni bilan huddi ona qornida yotgan chaqoloq singari g’ujanak bo’lib yotar edi.


3 reja
O’rta Osiyoda bronza miloddan avvalgi III ming yillikning oxiri va II ming yillikning boshlaridan ma’lum. Bronza davri "metallurglari" dastlab metallni yer yuziga chiqib yotgan rudadan olganlar, keyinroq yer osti ruda konlaridan ham foydalanganlar. qazib olingan mis ruda avval ochiq gulxanlarda, so’ngra alohida pechlarda (sopol tigelь) da eritilib, undan sof mis-metall ajratib olingan va uni qalayiga qorishtirib bronza olganlar. Bronza tosh va terrakota qoliplariga quyilib, undan turli shakllarda qurollar va bezaklar yasalgan.
Bronzaning kashf etilishi ibtidoiy jamoa xo’jaligida ro’y bergan buyuk madaniy-xo’jalik ixtiro edi. SHu munosabat bilan mehnat qurollarining turi ko’paydi, harbiy qurollarning xili va jangovarligi ortdi. Bronzadan yasalgan uy-ro’zg’or buyumlari ham paydo bo’ldi. Ammo bronza mehnat qurollari ishlab chiqarish uchun nodir va kamchil metall bo’lib qolaverdi. U mehnat qurollari yasashda tosh xomashyosini uzil -kesil siqib chiqara olmadi.
Bronzadan asosan turli bezaklar, uy-ro’zg’or va xo’jalik buyumlari, harbiy qurol-aslaxalar va mehnat qurollari yasaydigan maxsus temirchilik chilangarlik va zargarlik ustaxonalari vujudga keldi. hunarmandchilikning ixtisoslashuvi bilan mintaqalararo ayriboshlash kuchaydi. Viloyatlarni iqtisodiy jihatdan bog’lab turuvchi tabiiy aloqa yo’llari paydo bo’ldi. Masalan, O’rta Osiyo rayonlarini Xitoy bilan bog’lab turgan "ipak yuli" yoki Badaxshon la’lisining Yaqin SHarqda yoyilishini ta’minlagan lazurit yulini eslash mumkin. Aloqa bobida quruklikda transport sifatida hayvonlar (ot, ho’kiz, eshak tuya) kuchidan foydalanish boshlandi. hayvonlar qo’shilgan g’ildirakli aravalar vujudga keldi. Masalan, ularning loydan ishlangan namunalari bronza davri yodgorliklaridan ko’plab topilgan.
Arxeolog olimlarning O’rta Osiyo hududida olib borgan ilmiy izlanishlarining natijalariga ko’ra bronza davrida aholining asosiy xo’jaligi chorvachilik va dehqonchilik bo’lib qoldi.
CHorvachilikni birinchi bor ayollar kashf etgan. Matriarxal urug’i jamoalari hukmronlik qilgan davrda hali ibtidoiy ajdodlarimiz to’la-to’kis tabiat kuchlari oldida ojiz edilar, ularning kundalik hayoti ovchilik va termachilikdan keladigan daromadga bog’liq edi. Ana shunday sharoitda ayollar oldida erkaklar ovdan olib kelgan ov o’ljasini tejab-tergab sarflash vazifasi doimo ko’ndalang bo’lib turardi. Erlar ham ma vaqt ham ovdan o’lja bilan qaytavermas edilar. hayvon ovi yilning har faslida bo’lgani sababli ovchilar ovdan hayvon bolalarini o’ldirmay tutib kelgan hollar ko’p bo’lgan. SHu bois matriarxal urug’ jamoalari ixtiyorida o’zining yovvoyi tabiati bilan odamlardan cho’chimaydigan, ayollar va bolalarga ergashadigan hayvon bolalari paydo bo’ldi. Bunday hayvonlar O’rta Osiyo sharoitida avval echki, qo’y va qoramol bo’lib chiqdi. Ov paytida tiriklayin qo’lga kiritilgan ana shu hayvonning bolalarini ayollar parvarish qila boshladilar. SHunday qilib, jamoada uy hayvoni paydo bo’ldi, chorvachilik xo’jaligida dastlabki qadam qo’yildi. Ovdan o’lja bilan qaytmagan erkaklar uy hayvonlarini parvarish qilishda endi ayollarga yordam bera boshladilar. Asta-sekin uy hayvonlari ovga nisbatan xo’jalikka nafi ko’proq tegadigan ishonchli daromad manbaiga aylanib bordi. Uy hayvonlari jamoani birgina go’sht mahsulotlari bilan emas, balki sut mahsulotlari bilan ham ta’minlaydigan bo’ldi. Uy hayvonidan keladigan foydani ko’rgan ibtidoiy ajdodlarimiz hayvon parvarishlashdan, chorvachilik kabi yangi xo’jalik tarmog’ini rivojlantirishdan manfaatdor bo’lib qoldilar. SHunday qilib materiarxal urug’ jamoasi davrida chorvachilik kelib chiqdi. Uning ixtirochilari onalar bo’ldilar.
Dehqonchilikning paydo bo’lishida ham ayollar asosiy rolni o’ynaganlar. Erlar ovga ketganda ular keltirgan ov o’ljasi-tirik hayvon bolalarini boqish va ularga em-xashak topish, dastlab ayollar zimmasida edi. Butun tosh davri davomida hukmronlik qilgan tabiiy mehnat taqsimoti ayollar zimmasiga termachilikni, ya’ni yovvoyi boshoqli o’simliklarni yig’ish, yovvoyi daraxt mevalarini terish vazifasini yukladi. Ayollar yovvoyi boshoqli o’simliklarni yig’ib urug’ jamoasi makoniga keltirar ekanlar, ularni yanchish, tozalash jarayonida jamoa kulbalar atrofida beixtiyor to’qilgan donlardan unib chiqqan nishonalarni kuzatmaslik mumkin emas edi. Tabiat mo’’jizalarini kuzatish bobida tengi yo’q iqtidorga ega bo’lgan ajdodlarimiz asta-sekin urug’ jamoalari kulbalari atrofida hamda o’zlariga yaqin-uzoqda bo’lgan joylarda unib chiqayotgan maysazorlarni sezmasligi mumkin emas edi. SHu bois dehqonchilikka qo’yilgan birinchi qadam dastlab jamoa kulbalari atrofida unib chiqqan don ekinlarini avaylab parvarish qilishdan boshlandi. Bu ishni ham ayollar boshlab berdilar. Dehqonchilikdan keladigan daromad termachilikka nisbatan yuz bor, ming bor unumli edi. Buni ibtidoiy bobokalonlarimiz juda tez payqaganlar. SHunday qilib dehqonchilik xo’jaligi paydo bo’ldi.

Urug’chilik jamoasi o’z taraqqiyotida asosan ikki bosqichni bosib o’tdi. Birinchi bosqichda urug’ ijtimoiy ishlab chiqarishga asoslangan. Bu davrda mulk tub ma’noda jamoaniki edi. Jamoa mulkini esa onalar boshqarar edi, ya’ni jamoa matriarxal urug’chilik asosida qurilgan. Bir urug’ jamoa a’zolari o’rtasida oila qurish man etilgan, chunki ona urug’i jamoasi a’zolari ona tarafidan bo’lgan qon-qarindoshlardan tashkil topgan. O’sha zamon urug’ jamoalarining urf-odatlariga ko’ra bir urug’ jamoasining erkaklari boshqa urug’ jamoasining ayollari bilan o’zaro kelishuv asosida "oila" quradilar. Tug’ilgan bola ona urug’iga tegishli tog’a va xolalarni taniydi. Tog’aning mavqei bola oldida yuqori bo’lib, u urug’da bola uchun juda e’tiborli shaxs bo’lgan. CHunki, tog’a ona urug’i jamoasi uchun moddiy boylik yaratadi. Ota esa o’z ona urug’i manfaati uchun xizmat qiladi. Biroq ona urug’i jamoasi tizimidagi bunday tartiblar abadiy emas edi. Dehqonchilik va chorvachilik kashf etilgach, bir vaqtning o’zida xo’jalikka boshqarish onalar uchun qiyin bo’lib qoldi. Otalar esa ona jamoasiga mehmonday kelib, ish bitgach, o’z urug’iga qaytib ketgan. Bunga onalar ortiq chidab tura olmaganlar. Farzandlarni boqish, xo’jalik bilan shug’ullanishda uchraydigan turmush qiyinchiliklari ayollarni o’z yerlari oldiga talab qo’yishlariga majbur etgan. SHunday qilib, ona urug’i jamoasida asta-sekin iste’molchi guruh paydo bo’ladi. Bu guruh asosini ona-ayol va uning farzandlari tashkil etardi. Ayollar endi boshqa urug’dan qatnovchi eridan yordam talab qila boshlaydi. SHunday qilib, ikki urug’ a’zolaridan er-xotin-juft oila paydo bo’ladi. Bu hodisa jamiyat tarixida sodir bo’lgan muhim voqea edi. Dastlab, bu oila urug’ jamoasidan tashqarida tashkil topdi. Juft oilaning tashkil topishi bilan ibtidoiy urug’chilik jamoasi zaminiga zid ketdi. Endi urug’dan tashqrida tashkil topgan oilaning manfaati, uning iqtisodiy munosabatlari urug’ jamoasi manfaatiga mos kelmay qoldi. SHu tariqa urug’dan tashqarida mustaqil oila jamoalari paydo bo’ldi. Ularni birlashtirgan asosiy omil - ishlab chiqarish edi. Olimlar ularga "oilalar jamoasi yoki ishlab chiqarish jamoalari" deb nom berganlar. Ular aslida tub ma’nodagi urug’ jamoalaridan farq qiluvchi, turli urug’ a’zolaridan tashkil topgan juft oilalarning ishlab chiqarish jamoalari edi. SHunday qilib, urug’ jamoasi o’zining dastlabki mazmunini, tub ma’nodagi ijtimoiy ishlab chiqarish va jamoa mulkchiligiga asoslangan qiyofasini yo’qotdi.


Miloddan avvalgi III ming yillikning oxirlari va II ming yillikning boshlariga kelganda, qadimgi dehqonchilik madaniyati metropoliyalarida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishlar tufayli demografik portlash yuz beradi, ya’ni suv resurslari va ekinbop yer maydonlarining tanqislanib borishi tufayli metropoliya aholisining bir qismi unumdor, ekinbop yerlar qidirib, yirikroq daryolar quyi havzalariga borib o‘rnashadilar. Ana shunday yangi dehqonchilik markazlari Murg‘ob vodiysida va Qadimgi Baqtriyada bronza davrida shakllanadi. Chunki, O‘rta Osiyoning janubiy o‘lkalari (Marg‘iyona, Baqtriya) birinchidan, O‘rta Sharq mintaqalariga yaqin va chegaradosh edi; ikkinchidan, ulardagi tabiiy – geografik iqlim sharoiti bu o‘lkalarda qadimgi sug‘orma dehqonchilik madaniyatining ertaroq rivojlanishiga olib keldi.
Metropoliyalarda sug‘orma dehqonchilik tajribasiga ega dehqon jamoalari yangi yerlarni o‘zlashtirishda urug‘chilik jamoasi an’analarini ma’lum ko‘rinishda saqlagan holda, juft oila bo‘lib, oilaviy o‘zlashtirgan yerga jamoaviy egalik qilishdan farqli o‘laroq, patriarxal juft oila mulki sifatida o‘zlashtirgan yerlarga xususiy egalik qila boshlaydilar. Yirik daryolarning quyi havzalarida, shunday tartibda tarkib topgan patriarxal juft oilalar sekin-asta katta patriarxal oilalar darajasiga, ya’ni Avesto tili bilan aytganda, nmanalarga o‘sib chiqadi. Katta patriarxal oila jamoasi esa patriarxlar, ya’ni katta ota tomonidan (patriarx, nmanapat) boshqarilgan. Katta patriarxal oila - nmana jamoa xo‘jaliklari Avesto jamiyatining “vis” ko‘rinishidagi qishloq jamoalari bo‘lib, ularni kadxudotlar, ya’ni vispatilar boshqargan. Vispatilar katta patriarxal jamoa boshliqlari orasidan vis anchumanasida (jamoa yig‘inida) saylangan. Davlatchiligimizning eng dastlabki bo‘g‘ini, boshlang‘ich kurtagini ana shu vislar, ya’ni qishloq jamoalari tashkil etgan.
“Vis” jamoalarining tarkib topishi esa taxminan quyidagicha kechgan: ya’ni har bir jamoaning o‘z urug‘idan ajrab chiqqan juft oila a’zosi o‘z kuchi va imkoniyatidan kelib chiqib, tegishli miqdorda yer o‘zlashtirib, xususiy yer-mulk egasiga aylanadi. Bu xususiy mulk egalari hayotda ozod, erkin dehqon jamoalarini (kashovarzlarni) tashkil etgan. Har bir daryo quyi havzasini o‘zlashtirishda bir necha erkin va ozod kashovarzlar urug‘-aymoqchilik an’analarini saqlagan holda, erkin dehqonlar (kashovarzlar) qishloq jamoasini tashkil etadilar. Shunday tartibda tashkil topgan qishloq jamoasi, uning mulki ona urug‘i davridagidek, endi ijtimoiy xarakterga ega emas, balki xususiy xarakterga ega bo‘ladi, ya’ni “vis” jamoasida ilk bor xususiy mulk, o‘zlashtirgan yerga xususiy egalik qilish paydo bo‘ladi. Jamoada xususiy mulkni paydo bo‘lishida erkaklarning xizmati katta bo‘lgan. Endi, bolalar ham o‘z otasini yaqindan tanib, bola tarbiyasi juft oila qo‘liga o‘tganligi bois, bolalar o‘rtasidagi oila mulki taqsimotida otalarning roli ortib boradi.
Shunday qilib, oilada, jamoada erkaklar nufuzi ortib, sekin – asta ota urug‘i (patriarxat) qaror topadi. “Vis”larning iqtisodiy xo‘jalik asosini tashkil etishda tashabbuskor kashovarlar orasidan jamoa a’zolari o‘z oqsoqollarini saylab oladilar. Odatda, oqsoqol, jamoa sardori – kadxudot yuksak ijtimoiy-siyosiy mavqega ega usta mirishkor va omilkor dehqon yoki mohir hunarmand, shaxsiy axloq va odobi, ma’naviy-axloqiy yuksakligi bilan o‘z jamoasi og‘ziga tushgan piru-ustoz bo‘lib, bu sifatlarga o‘z vaqtida halol mehnati, turmush tajribasi tufayli erishgan jamoa a’zolaridan bo‘lgan. O‘sha davr urug‘ jamoalari kundalik hayot qonuniga aylangan sardorlikka talab aynan kadxudotdan, Avesto tili bilan aytganda, vispatidan, zantupatidan, dax’yupatidan shunday shaxsiy sifatlarga ega bo‘lishlikni talab qilgan. Bu o‘zbek xalqi davlatchilik tarixining ilk bosqichlariga xos boshqaruv tizimining demokratik prinsiplari edi.
Arxeologik materiallar tahliliga ko‘ra, chorvadorlar jamoasida mulk egaligining paydo bo‘lishi bronza davridayoq yuz bergan. Chunki, bronza davri chorvadorlari keng tarqalgan hududlardan biri janubi-sharqiy O‘rol tog‘ yonbag‘irlari va shimoliy Qozog‘iston cho‘llari bo‘lib, bu hududlarda o‘rganilgan Andronovo madaniyatining Sintashta mozor qo‘rg‘onlaridan topilgan ashyoviy dalillar jamoa a’zolarini badavlat chorvador aslzoda harbiylarga, kambag‘al avom cho‘pon va xizmatkorlarga bo‘linishini taqozo etadi14. Keng ko‘lamda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar va ularning antropologik va lingivistik tahliliga ko‘ra, aynan bronza davridan (m.a.XVIII-XI asrlar) boshlab O‘rta Osiyo hududlariga Yevroosiyo dashtlarining turkiy tilli chorvador etnik guruhlarning kirib kelishi bilan bog‘liq o‘zbek xalqining ilk etnogenetik jarayonlari boshlanadi.
Keyingi yillarda Rossiya olimlari bunga juda katta e’tibor bermoqdalar. Chunki, bu topilmalar tufayli oriy qabilalarining dastlab tarkib topgan hududlari masalasiga aniqliklar kiritildi. Sintashta mozor– qo‘rg‘onlaridan topilgan harbiy aslzodalar mozorlari, unga birnecha ot va yengil harbiy aravalarni qo‘shib ko‘milishi chorvadorlar orasida mulkiy tabaqalanishni jadal kechayotganidan hamda otdan transport vositasi sifatida foydalanishga o‘tilganidan dalolat beradi. Arxeologlar Sintashta kompleksining yil sanasini miloddan avvalgi XVIII-XVI asrlar bilan belgilamoqdalar. Miloddan avvalgi II ming yillikning ikkinchi yarmi davomida, arxeologik topilmalar tahliliga ko‘ra, chorvadorlar jamoasida mulkiy tabaqalanish yanada chuqur ildiz oladi. Yilqichilik chorvachilik xo‘jaligining muhim tarmog‘iga aylanadi.Natijada, ko‘chmanchi chorvachilik xo‘jaligi tarkib topadi. Ko‘chmanchi chorvachilikning tashkil topishi chorvadorlar jamoalarida mulkiy tabaqalanishning jadal kechayotganligidan guvohlik beradi. Bu jarayonlar O‘rta Osiyo chorvador dasht qabilalari madaniyatida ham yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Yerga, chorvaga va hunarmandchilik ishlab chiqarish vositalariga xususiy egalik qilishlikning kelib chiqishi o‘zbek davlatchiligi boshqaruv tizimi yo‘lida qo‘yilgan dastlabki qadamlar edi. Uning jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga kirib kelishi esa mulkiy tabaqalanishni yuz berishiga olib keldi. Bronza davridan boshlangan bu jarayon, ya’ni erkin dehqon jamoalarining tarkib topishi (kashovarz mulk egaligining tarkib topishi) va sak-massaget qabilalari orasida yuz bergan mulkiy tabaqalanish jarayonlari urug‘chilik jamoasining harbiy demokratiya bosqichida, ya’ni ilk temir davrida (mil. avv,VII-IV asrlar), ayniqsa, antik davr (m. a.IVasrning oxiri-milodiy IV asr) ning oxiriga qadar jadal kechadi. Kashovarzlar xo‘jaligi asosida ilk temir davriga kelib, O‘rta Osiyo hududlarining qadimgi dehqonchilik mintaqalarida Avestoning dax’yu darajasidagi Marg‘iyona, Baqtriya, Parfiyona, Sug‘diyona, Qadimgi Xorazm kabi sivilizatsiya markazlari shakllanadi. Ularning siyosiy va harbiy jihatdan uyushishi asosida kaviylar boshliq “Qadimgi Baqtriya podsholigi” va “Katta Xorazm” davlat uyushmalari tashkil topadi.
Bu jarayon antik davrga kelib Choch, Parg‘ana, Ustrushona hududlariga ham yoyilib, Sirdaryoning o‘rta havzalari hududlarida yarim o‘troq, yarim ko‘chmanchi Qang‘ davlatini tarkib topishiga olib keldi. Qadimgi Farg‘onada esa, ozod va erkin dehqon jamoalarining, qadimgi Xitoy manbalarida tilga olinganidek, Davan (Dayyuan) podsholigi vujudga keldi. M.a. II asr oxirlaridan Qadimgi Baqtriya hududlarida tashkil topgan Da-yuechjilar (milodiy era boshlaridan Kushonlar imperiyasiga aylangan) davlati ham shular jumlasiga kiradi.
Ammo, jamiyat hali uzil-kesil sinflarga ajralmagan, jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy asosini erkin jamoalar, mayda mulk egalari tashkil etardi. Antik davrining oxirlariga kelganda mulk egalarining orasida mulkiy tabaqalanish faollashadi. Bu tarixiy jarayon ayniqsa, so‘nggi antik davrda, ya’ni milodiy III-IV asrlar davomida juda jadal kechadi. Milodiy eraning V-VI asrlarda dehqonchilik vohalarining kashovarzlari orasidan omilkor, mirishkor, o‘z ishining ustalari ajralib chiqib, katta mulk egalariga – dehqonzodalarga aylanadilar. Kashovarzlarning yer-mulkidan ajralgan, dehqonzodalarga qaram bo‘lib qolgan qismi esa ijarachilar – kadivarlarga aylanadi. Bu jarayon ilk o‘rta (V-VIII) asrlarda o‘z yakunini topib, jamiyat katta mulk egalari va ularga qaram – ijarachi mulksizlarga ajraladi. Bunday mulkiy tabaqalanish hunarmandlar orasida juda sekinlik bilan ketsada, ammo chorvador va savdo ahli orasida jadal kechadi.
Sovet davri tarixshunosligida bu tub ijtimoiy-iqtisodiy va etnomadaniy o‘zgarishlar quldorlik davri ishlab chiqarish munosabatlari bilan bog‘lanib, O‘rta Osiyo, jumladan, O‘zbekiston tarixining mil. avv. III milodiy IV asr oxiriga qadar davom etgan davri quldorlik formatsiyasi sifatida xarakterlanib kelindi. O‘rta Osiyo xalqlarining davlatchiligi Gresiya va Rim davlatchiligidan andoza olinib, sun’iy ravishda quldorlik jamiyati bilan bog‘lanib o‘rganildi. Qadimgi Xorazm davlati, Yunon-Baqtriya, Qang‘ davlati, Davan davlati va nihoyat, Kushon davlatlari quldorlik davrining davlatlari sifatida ta’riflandi. Ularning ijtimoiy, iqtisodiy asoslari va xarakteri, boshqaruv tarkibining tub mohiyati ochilmadi. Sharq davlatchiligining, jumladan, O‘rta Osiyo hududlariga xos davlatchilikning tarixiy ildizlari “Osiyocha ishlab chiqarish usuli” bilan bog‘liq patriarxal xarakterga ega ekanligi ahyon-ahyonda eslab o‘tilsada, ammo amalda fundamental asarlarda, darsliklarda O‘rta Osiyoda quldorlik tuzumi bo‘lganligi qayd etildi. Aslida, amalda O‘rta Osiyo, jumladan, O‘zbekiston hududlarida ijtimoiy – iqtisodiy hayotning rivojlanishi boshqacha kechgan edi.
O‘rta Osiyo ilk o‘rta asrlar (V-VIII) davrining dehqonzodalar toifasini, ya’ni katta mulk egalarini Ovro‘pa feodallari bilan qiyoslash mumkin. Feod-feodal katta mulk egasidir. Demak, O‘rta Osiyo qadimgi dunyosining so‘nggida kashovarzlar orasidan o‘sib chiqqan dehqonzodalar yangi jamiyatning mulkdorlar sinfi bo‘lgan. Ular yangi jamiyatning kashovarzlar, kadivarlar, ozodkor va guvakorlari bilan birgalikda yangi davrni boshlab berdi. Bu davr o‘z ichki mazmun va mohiyatiga ko‘ra, bizning davriy tizimda “Ilk o‘rta asrlar davri” sifatida feodalizm jamiyatining ilk bosqichini xarakterlaydi.
Shunday qilib, “Ibtidoiy urug‘chilik jamoasi va mulk egaligining shakllanish davri” uch bosqichdan iborat. Birinchi bosqich – matriarxat urug‘ jamoasi bosqichi. Bu bosqichda mulkka egalik qilish ijtimoiy xarakterda; ikkinchi bosqich - patriarxal urug‘ jamoasi bosqichi. Bu bosqichda jamiyatning erkin dehqon jamoalariga (kashovarzlar, ozodkor va guvakorlarga) tegishli xususiy mulk shakllana boshlaydi. Uchinchi bosqich urug‘ jamoalarining harbiy demokratiya bosqichi. Bu bosqichda qabila va jamoa sardorlarining jamiyatda ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy mavqei, nufuzi ko‘tarilib, mulkka egalik qilishning xususiy shakli, mulkiy tabaqalanish jadallashadi. Jamiyat mafkuraviy asosini dastlab tabiat hodisalariga sig‘inish: totemistik, animistik, sehrgarlik (matriarxatda), otashparastlik diniy qarashlar (patriarxatda), so‘ng (harbiy demokratiya bosqichida) esa zardushtiylik va buddaviylik, moniylik, nasroniylik va shamanizm tashkil etadi.
Urug’chilik jamoasi o’z taraqqiyotida asosan ikki bosqichni bosib o’tdi. Birinchi bosqichda urug’ ijtimoiy ishlab chiqarishga asoslangan. Bu davrda mulk tub ma’noda jamoaniki edi. Jamoa mulkini esa onalar boshqarar edi, ya’ni jamoa matriarxal urug’chilik asosida qurilgan. Bir urug’ jamoa a’zolari o’rtasida oila qurish man etilgan, chunki ona urug’i jamoasi a’zolari ona tarafidan bo’lgan qon-qarindoshlardan tashkil topgan. O’sha zamon urug’ jamoalarining urf-odatlariga ko’ra bir urug’ jamoasining erkaklari boshqa urug’ jamoasining ayollari bilan o’zaro kelishuv asosida "oila" quradilar. Tug’ilgan bola ona urug’iga tegishli tog’a va xolalarni taniydi. Tog’aning mavqei bola oldida yuqori bo’lib, u urug’da bola uchun juda e’tiborli shaxs bo’lgan. CHunki, tog’a ona urug’i jamoasi uchun moddiy boylik yaratadi. Ota esa o’z ona urug’i manfaati uchun xizmat qiladi. Biroq ona urug’i jamoasi tizimidagi bunday tartiblar abadiy emas edi. Dehqonchilik va chorvachilik kashf etilgach, bir vaqtning o’zida xo’jalikka boshqarish onalar uchun qiyin bo’lib qoldi. Otalar esa ona jamoasiga mehmonday kelib, ish bitgach, o’z urug’iga qaytib ketgan. Bunga onalar ortiq chidab tura olmaganlar. Farzandlarni boqish, xo’jalik bilan shug’ullanishda uchraydigan turmush qiyinchiliklari ayollarni o’z yerlari oldiga talab qo’yishlariga majbur etgan. SHunday qilib, ona urug’i jamoasida asta-sekin iste’molchi guruh paydo bo’ladi. Bu guruh asosini ona-ayol va uning farzandlari tashkil etardi. Ayollar endi boshqa urug’dan qatnovchi eridan yordam talab qila boshlaydi. SHunday qilib, ikki urug’ a’zolaridan er-xotin-juft oila paydo bo’ladi. Bu hodisa jamiyat tarixida sodir bo’lgan muhim voqea edi. Dastlab, bu oila urug’ jamoasidan tashqarida tashkil topdi. Juft oilaning tashkil topishi bilan ibtidoiy urug’chilik jamoasi zaminiga zid ketdi. Endi urug’dan tashqrida tashkil topgan oilaning manfaati, uning iqtisodiy munosabatlari urug’ jamoasi manfaatiga mos kelmay qoldi. SHu tariqa urug’dan tashqarida mustaqil oila jamoalari paydo bo’ldi. Ularni birlashtirgan asosiy omil - ishlab chiqarish edi. Olimlar ularga "oilalar jamoasi yoki ishlab chiqarish jamoalari" deb nom berganlar. Ular aslida tub ma’nodagi urug’ jamoalaridan farq qiluvchi, turli urug’ a’zolaridan tashkil topgan juft oilalarning ishlab chiqarish jamoalari edi. SHunday qilib, urug’ jamoasi o’zining dastlabki mazmunini, tub ma’nodagi ijtimoiy ishlab chiqarish va jamoa mulkchiligiga asoslangan qiyofasini yo’qotdi.
Ishlab chiqarish jamoalarining paydo bo’lishi birinchi navbatda jamoada ortiqcha mahsulotning hosil bo’lishi va ayirboshlashning kelib chiqishi bilan bog’liq edi. Dehqonchilik va chorvachilikdan keladigan daromad jamoaning kundalik oziq-ovqatga bo’lgan ehtiyojigina qondirib qolmay, balki uning ixtiyorida ortiqcha boylikning paydo bo’lishiga ham olib keldi. Ortiqcha boylik esa o’z navbatida ayirboshlashni keltirib chiqardi.
Ayirboshlash dastlab ikki urug’ jamoalari o’rtasida olib borildi. Urug’ jamoalari o’rtasidagi ayirboshlash maxsus shaxslar qo’liga o’tib ketdi. Natijada jamoa boyligini uning a’zolari o’rtasida taqsimlashda jamoa manfaatiga zid alomatlar namoyon bo’la boshladi, oqibatda jamoa mulki xususiy mulk qiyofasiga kirib, jamoaning ijtimoiy tarkibida ma’lum o’zgarishlar yuz beradi. Ana shunday o’zgarishlarning natijasi sifatida jamoada erkaklar iqtisodiy va ijtimoiy mavqeining oshib borishi patriarxal urug’ jamoasining tashkil topishi bilan bog’liq edi.
Jamoadagi ortiqcha daromad va uni ayirboshlash birinchi ijtimoiy mehnat taqsimotini keltirib chiqardi, ya’ni ibtidoiy urug’chilik jamoalarining ikkinchi bosqichida chorvachilik dehqonchilikdan ajralib chiqdi. Xo’jalik yuritishdagi bunday ixtisoslashuv jamiyat iqtisodiy va ijtimoiy asosining tezkorlik bilan rivojlanishiga olib keldi. Demak, Sopollitepada 8 ta katta oila jamoalari oqsoqollari bo’lib, ularni birlashtiruvchi oliy organ oqsoqollari Kengashi bo’lgan. Oqsoqollar Kengashining a’zolari, O’rta Osiyo va Eron xalqlarining eng qadimgi diniy kitobi "Avesto" da aytilganidek nmanapati deb atalgan. Nmana - katta oila jamoasi, nmanapati - katta oila boshlig’i. Agar shu tizimdan kelib chiqadigan bo’lsak Sopollitepa 8 ta nmannadan tashkil topgan visdir. Vis - qabila jamoasi, katta qishloq Vis-pati esa ana shu nmanalarni birlashtirgan oliy Kengash boshlig’i, qabila oqsoqoli, katta qishloqning boshlig’i. Demak, ishlab chiqarish jamoalarini boshqarish mo’’tabar zotlar-oqsoqollar (nmanapatilar) qo’lida bo’lib, ular jamoa hayoti bilan bog’lik bo’lgan barcha ishlarni oqsoqollar Kengashi (anjumani) orqali hal qilganlar.
Oqsoqollar Kengashi qo‘lida diniy va dunyoviy hokimiyat birlashgan. Katta oila jamoasining oqsoqoli bir vaqtning o‘zida o‘sha oila jamoasi uchun diniy va dunyoviy boshliq piru ustod va murabbiy bo‘lgan. qabila - qishloq oqsoqoli esa oliy Kengashning boshlig‘i sifatida butun qishlog‘i ana shunday boshlig‘i hisoblangan. Mo‘tabar shaxslarning topshiriq va buyruqlari jamoa a’zolari uchun qonun edi.
Ishlab chiqarish jamoalari tarkibini tashkil etgan oilalar jamoasi esa o‘z xususiy mulkiga ega bo‘lgan. Xususiy mulkning kelib chiqishi, jamoalarning ishlab chiqarish qonun-qoidalari asosida tashkil topishi o‘z navbatida iqtisodiy tabaqalanishni keltirib chiqardi. Boylik avvalo jamoa oqsoqollari, harbiy boshliqlar, mo‘tabar shaxslar qo‘lida to‘plana bordi. Dastlab urug‘lararo urushlarda asir olingan kishilar xun olish odatiga ko‘ra o‘ldirilgan bo‘lsa, endi ular yo katta boylik evaziga almashtirilgan yoki qul sifatida ulardan jamoa ishlarida foydalanilgan. Iqtisodiy jihatdan mustahkam va harbiy jihatdan jamoalar kuchsiz jamoalar yer-mulkini, chorva boyliklarini tortib olar, urushda tushgan o‘lja esa har bir shaxsning ko‘rsatgan xizmatiga ko‘ra taqsimlangan. Shu tariqa ishlab chiqarish jamoalari tarkibida sinfiy tabaqalanish jarayoni kechadi. Bu jarayon ba’zilarning tezda boyib ketishiga yoki qashshoq oilalar tabaqasining paydo bo‘lishiga olib keladi. Bunday jarayonda albatta boylik birinchi navbatda jamoa boshliqlari - oqsoqollar qo‘lida to‘plangan. Avvallari ular jamoa mulkini oson boshqarar edilar. Boshqaruv tizimini halollik, fidoiylik, demokratik prinsiplar hukmronlik qilardi. Ammo sinfiy tabaqalanish jarayoni kuchaygani sari jamiyatni boshqarish qiyinlashadi. Chunki jamoa boyligini taqsimlashda, jamoani boshqarishda demokratik prinsiplar buzila bordi, adolatsizliklar kelib chiqdi. Shunday qilib, kechagi o‘z-o‘zini boshqarish tizimi byurokratik davlat mashinasiga aylanib bordi. To‘g‘ri, boshqarish tizimidagi, dastlabki davlat mashinasi hali tub ma’nodagi byurokratik davlat apparatiga ega bo‘lmay shu yo‘lda qo‘yilgan ilk qadamlar edi. Bu jarayon bronza davrining oxiri va ilk temir davriga o‘tishda sodir bo‘ldi. Ilk temir davriga xos xususiyatlar esa, bu jarayonni tezlashtirdi. O‘rta Osiyo sharoitida ilk temir davri miloddan avvalgi I ming yillikning birinchi yarmiga to‘g‘ri keladi. Bu davrda ibtidoiy jamoa tuzumi o‘zining oxirgi bosqichini o‘tamoqda edi. Ishlab chiqarishda birinchi bor temirdan mehnat qurollari ishlab chiqarishda qo‘llanilishi ibtidoiy jamoa tarixida buyuk texnik inqilob bo‘ldi. Ayniqsa temirning roli dehqonchilik va hunarmandchilik xo‘jaliklarining rivojlanishida katta edi. Temir ibtidoiy jamoa tuzumini buzib yubordi va xo‘jalikda tabaqalanishni tezlashtirdi.
Temir chorvachilikka dehqonchilikdan uzil-kesil ajratdi, ko‘plab hayvonlarning egasi bo‘lgan aslzodalarni paydo qildi, xususiy mulkni mustahkamladi, sinfiy jamiyatni keltirib chiqardi. Temirning ishlab chiqarishda kengroq qo‘llanilishi tufayli xo‘jalikda ikkinchi mehnat taqsimoti vujudga keldi, ya’ni hunarmandchilik dehqonchilikdan ajralib chiqdi. hunarmandchilikning qator sohalarida ixtisoslashuvning sodir bo‘lishi natijasida ilk shaharlarning belgilaridan biri sifatida bozor paydo bo‘ldi. Jamiyat ijtimoiy-Iqtisodiy hayotida keng ko‘lamdagi tovar ayirboshlash yuz berdi. Uning oqibati sifatida ayrim shaxslar qo‘lida tezkorlik bilan boyliklar to‘plana bordi. Temirning ishlab chiqarishda keng ko‘lamda kirib borishi tufayli yerga xususiy egalik qilish kelib chiqdi. Yerga egalik avvallari shartli edi, uning egasi yerni sotib yubora olmas edi. Yerni sotish va sotib olish avvallari urug‘ va jamoa a’zolari o‘rtasidagina bo‘lardi. Endi esa yer egasining huquqi chegarasiz bo‘lib qoldi, yer o‘z egasining abadiy mulkiga aylandi.
Bronza davrining oxirlari va ilk temir davrida sodir bo‘lgan bu ijtimoiy-Iqtisodiy o‘zgarishlar "Avesto" da o‘z aksini topgan. Undagi ma’lumotlar arxeologik tadqiqotlar bilan to‘ldirilgan holda bu davr hayoti va uning ijtimoiy tarkibi haqida bizga to‘liq tasavvur beradi.

Ilk temir davri qabilalarining moddiy va ma’naviy madaniyati.


Miloddan avvalgi I ming yillikning o‘rtalarida O‘rta Osiyo aholisining hayotida tub ijtimoiy, tqtisodiy va ma’naviy o‘zgarishlar yuz berdi. Iqtisodiy hayotda hunarmandchilik yuksak rivoj topdi va dehqonchilik xo‘jaligidan ajralib chiqdi. hunarmandchilik savdo bilan birgalikda shahar hayotining iqtisodiy asosini tashkil etdi. hunarmandchilikning barcha jabhalarida keskin o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Kulolchilik mahsuloti o‘z mohiyati bilan tovar xarakterini oldi.


Hunarmandchilikning boshqa sohalari-zargarlik, to‘qimachilik, metall bilan ishlash, uy-joy va ijtimoiy-diniy xarakterdagi me’morchilik yuksak rivojlandi. Ayniqsa mudofaa inshoatlari qurilishiga e’tibor kuchaydi.
O‘rta Osiyoda dehqonchilik madaniyatini sun’iy sug‘orishsiz tasavvur etish mumkin emas. Shu boisdan sug‘orish inshoatlari qurilishiga, birinchi navbatda, katta miqyosdagi magistral kanallar qurish ishga katta e’tibor berildi.
Bu davr ijtimoiy hayotida erkin jamoa-xo‘jaligi jamiyat taraqqiyotida asosiy bug‘inga aylandi. Ibtidoiy jamoa mulkiy tengsizlik jamoa a’zolari orasida sinfiy tabaqalanish jarayoni tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda edi.
Aholi orasida jamoaning e’tiborli, nufuzli a’zolari vujudga keldi. Ularning asosini urug‘ jamoa oqsoqollari, diniy vakillar-kohinlar, harbiy boshliqlar tashkil etdi. Ular visni, daxyuni boshqardi. Mulkiy tengsizlik va hukmron tabaqalarning shakllanish jarayoni birinchi navbatda chorvador aholi orasida kuchaydi. Ularning qo‘lida chorva mollarining ko‘payishi yangidan-yangi yaylovlar va o‘troqlar axtarishni taqozo etardi. Bu holat ko‘chmanchi aholi orasida jangovar harbiylik ruhiyatini kuchayishiga olib keldi. har bir chorvador urug‘ jamoasi esa harbiylarga xos jangovarlik ruhida tarbiyalandi.
Endi ular o‘z chorvalariga o‘tloq yaylovlar qidirib, dehqonchilik zonalariga kirib bordilar. Dehqonchilik jamoalari hayotida notinchlik tug‘ildi, hayotiy zaruriyat xavf-xatarning oldini olish choralari qidirishga majbur etardi. Ana shunday zaruriy choralardan biri sifatida aholi istiqomat qiladigan joylar atrofida mustahkam mudofaa inshoatlari, qalin devorlar paydo bo‘ldi. Bu holat ayniqsa miloddan avvalgi VII-IV asrlarda kuchaydi. Bu davrni L.G.Morgan harbiy demokratiya davri deb atagan.
O‘rta Osiyoda, xususan O‘zbekistonda harbiy demokratiya davriga xos yodgorliklar Samarqandda Afrosiyob misolida, qashqadaryoda Yerqo‘rg‘on misolida, Surxondaryoda Tallashgantepa misolida, qadimgi Xorazmda Ko‘zali qir va Kalliklar edgorliklari misolida o‘rganilgan. Nomlari zikr etilgan bu yodgorliklirshshg eng qadimgi, dastlabki qatlamlari harbiy demokratiya davri manzarasini beradi. Masalan, Afrosiyobni olib ko‘raylik. U - qadimgn Samarqand. Uning tub aholisi so‘g‘diylar o‘z ona shaharlarini Smaraqansa (Smarakansa) deb ataganlar. So‘g‘d tili o‘rnini fors tili egallagan (taxminan, IX asr o‘rtalarida), Smarqansa Samarqand deb yuritiladigan bo‘ldi. Samarqand turkiyda Semizkent, Xitoy manbalarida Kesh deb ataldi. Ana shu qadimgi Samarqand XIII asrdan, ya’ni mug‘ul bosqinchilari uni vayron etib, u harobaga aylanganidan rosa 5 asr o‘tgach, u shahar xarobasi aholi orasida Afrosiyobning atrofini o‘rab olgan uning dastlabki mudofaa devori va shimoli-g‘arbidagi har xil nuqtalardai topilgan-arxeologik ashyoviy dalillar qadimgi Samarqandning yoshini 2500 yildan kam emas deb belgilashga imkon berdi va bu joyda shahar hayoti rosa 17 asr, ya’ni miloddan avvalgi VI asrdan to milodiy XIII asr boshlarigacha, mug‘ullar istilosiga qadar davom etdi. So‘ngra shahar qaytadan Samarqandning hozirgi eski shahar qismida qad ko‘targan.
So‘g‘diy bobo kalonlarimizning Afrosiyobga birinchi bor kelib yashay boshlaganiga rosa 25 asr bo‘ldi. Arxeolog olimlar ana shu davrni Samarqand shahar tarixini tiklashga Afrosiyob - I deb ataganlar. Shuning uchun ham tarixda Afrosiyob - I davri xaqida gap ketganda Samarqandning miloddan avvalgi VI-IV asrlardagi tarixi va madaniyati ko‘z o‘ngimizga keladi. Bu sana O‘rta Osiyo qadimgi shaharlarining yoshini belgilashdi. Chunki huddi shu asrlarda Eron Ahmoniylari O‘rta Osiyoni o‘zlariga tobe etgan. Arxeologik adabiyotlarda "axmoniylar davri sopoli" deb atalgan kulolchilik mahsulot aynan shu davrda Eron va Turon viloyatlarida paydo bo‘ldi - degan fikr o‘rnashib keldi.
Olimlar bu g‘oyasi O‘rta Osiyoning ahamoniy podsholar tomonidan bosib olinishi bilan bog‘lab keldilar.
Haqiqatda ahvol boshqacha bo‘lib chiqdi. Keyingi 25-30 yil davomida O‘rta Osiyoning turli viloyatlarida olib borilgan arxeologik izlanishlar natijasida miloddan avvalgi VI-IV asrlarga doir ahamoniylar sopoli deb atalib kelingan keramika mahsulotlari aynan O‘rta Osiyoda o‘zining qadimiy ildizlariga ega ekanligi isbotlandi. Masalan, "ahamoniylar sopoli" qarshi vohasida, Yerqo‘rg‘onda miloddan avvalgi VII asrdan, Buxoroda miloddan avvalgi V asrdan, Surxondaryoda esa hatto miloddan avvalgi IX-VIII asrlardan mavjud. Ana shu sanalardan kelib chiqqan holda arxeologlar Yerqo‘rg‘onning qadimgi shahar tarixini miloddan avvalgi VII asrda Buxoro va XIVada miloddan avvalgi V asrga, Samarqandda miloddan avvalgi VI asrga oid ekanligini isbotladilar. Surxandaryoda esa shahar madaniyati bilan bog‘liq jarayon ancha oldin kechdi. Bu joyda qadimgi shahar madaniyati bronza davridayoq, ya’ni miloddan avvalgi II ming yillikning o‘rtalarida shakllandi. Ammo Baqtriyada "axmoniylar sopoli" deb atalgan kulolchilik mahsuloti miloddan avvalgi IX asrning oxiri va VIII asr davomida keng ishlab chiqarila boshlagan.
Qadimgi shahar madaniyati maskanlarni hisoblagan yodgorliklarning atrofi mudofaa devorlari bilan o‘rab olingan. Ular tarkibida shahar hukmdorining qarorgohi - arki a’lo joylashgan. U yerdagi aholining asosiy mahsuloti o‘troq dehqonchilik va keng tarmoqli hunarmandchilik bo‘lgan. Siyosiy harbiy demokratik prinsiplar asosida oqsoqollar Kengashi tomonidan boshqarilgan. Kengash tepasida xalq saylangan hukmdor turgan. U diniy, dunyoviy va harbiy hokimiyatni qo‘lida mujassamlashtirgan holda Oliy Kengash a’zolari bilan bemaslahat ish tutgan. Oliy Kengash vakillari va jamoaning nufuzli o‘sha davr hukmron sinfining asosini tashkil etgan.
Miloddan avvalgi VIII-IV asrlar davri jamoasi dunyoqarashining shakllanishida otashparastlik diniy tasavvuri va uning an’analari asosida tarkib topgan zardushtiylik ibratli ahloq noramsi sifatida muhim rol o‘ynaydi. Zartushtra diniy islohati asosida yakka xudolikni targ‘ib etgan zardushtiylik dini o‘sha davr Eron va Turon zamin aholisining mafkurasini tashkil etardi. Zardushliylikni Turon zamin xalqlarini halol mehnatga undardi. Dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanish, hayvon bolasini o‘z farzandidek tarbiyalash va u yo‘ldagi fidoiylik odamlarga xos ulug‘ insoniy fazilat ekanligini uqtirardi. Zardushtiylik diniy bashoratlarida isrofgarchilik qoralanadi, har bir inson o‘z mehnati bilan yaratgan noz-ne’matlar hisobiga yashashga odatlanmog‘i darkor, deb uqtiriladi.
Zardushtiylik dini odamlarning odob-ahloq normalarini tizimga soldi. U jamoaning har bir a’zosi taqdiri bilan bog‘liq bo‘lgan jumboqlarni echishda yordam qildi, kishilarni yomon niyatlardan qaytardi. Ibodat doimo mehnat bilan uyg‘unlashgandagina inson farovon yashashi mumkinligi g‘oyasi olg‘a surildi. Yaxshi niyat, yaxshi fikr, yaxshi amal inson hayotining mazmunini tashkil etmog‘i zarurligi uqtirildi. Ana shu umuminsoniy qadriyatlar majmuasi darajasidagi g‘oyalar o‘sha zamon bobokalonlarimiz mafkurasining asosini tashkil etardi.
Zardushtiylar tasavvuriga ko‘ra, odam o‘lsa uni yerga ko‘mish, suvga va olovga tashlash gunoh hisoblangan. Shuning uchun o‘likni avval maxsus dahmalarga olib borib, qarqa, quzg‘un va o‘rgatilgan itlarga edirishgan. Suyaklarini esa teri va etdai tozalab maxsus yashik-tobutlarga solib, so‘ngra ko‘mishgan. Xuddi shu manzara miloddan avvalgi V-IV asrlarga oid Kalali qirdan topib o‘rganildi. Ana shu maxsus tobutlar loydan yasalib, xumdonlarda pishirilgan, so‘ngra ularga odam suyaklari solib ko‘milgan. Odatda o‘tgan kishining surati, marhumning tiriklik vaqtidagi kasb-koriga tegishli belgilarni ana shu tobut devorlariga chizish odat bo‘lgan. Bu tobutlar arxeologik adabiyotlarda Ossuriya yoki odatdan deb yuritiladi.



Yüklə 153,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə