1-mavzu: kompyuter texnik vositalari


PZK-lar asl nusxadan qanday farq qiladi?



Yüklə 6,55 Mb.
səhifə63/83
tarix11.12.2023
ölçüsü6,55 Mb.
#146449
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   83
Kasb-hunar maktabi

PZK-lar asl nusxadan qanday farq qiladi?


Tashqi to'ldiriladigan lentalari asl nusxaga mutlaqo‘o'xshashdir. Dizaynning asosiy farqi shprits bilan kartridjlardagi maxsus teshiklar orqali to'ldirish, hatto‘ularni printerdan olib tashlamaslikdir. Ehtiyotkorlik bilan foydalanilganda, kartrij 1000 tagacha to'ldirishga bardosh bera oladi. Tovar kartridjlardan farqli o'laroq, PZK-da maxsus o'z-o'zidan o'chirish chiplari o'rnatiladi, ular to'ldirish paytida hisoblagich ma'lumotlarini qayta tiklaydi va siyoh darajasi ko'rsatkichini 100% tiklaydi. Taniqli kompaniyalar printerlarining deyarli barcha modellari uchun markali to'ldiriladigan kartridjlar sotilmoqda.

22-MAVZU: KARTRIDJ QURILMASI. KARTRIDJ QISMLARI VAZIFASI.


Reja:
1.Kartridj qurilmasi.
2.Kartridj qismlari vazifasi.
3.Kartridjni tarqatish


Lazerli printer – kompyuter va fotonusxalovchi apparatning gibrid ko’rinishidir. Unda shaxsiy mikroprotsessor va xotira qurilmasi mavjud. Bosmaga chiqarish jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi: katrejdagi baraban aylanma harakatlanayotgan paytda qog’ozni ham o’z atrofidan aylantiradi va tonerni ham shu atrofda yuza sathida sepa boshlaydi. Shu payt mikroprotsessor qog’oz sathidagi yuza bo’ylab tasvirni belgilab beradi. Ushbu tasvirni u kompyuter protsessori buyrug’i orqali amalga oshiradi.
Ayrim printerlarda o’rnatilgan shriftlar mavjud bo’ladi. Ularni imkoniyatini kengaytirish uchun maxsus dastur, drayverlaridan foydalaniladi. Bunday jarayonni printerga shriftlarni yuklash jarayoni deb yuritiladi.
Printerga shriftlarni o’rnatish uchun “Pusk” - “Panel upravleniya” – “shrifti” ketma – ketlikda amal bajariladi.
Shriftlar ham, ayrim parametr to’plamidan iborat bo’ladi: simvollar tipi, shrift o’lchami, qalinligi va qiyaligi. Masalan. Times New Roman shrifti 12 o’lchamli bo’lsa, u Times New Roman Uz shrifti 14 o’lchamidan farq qiladi.
Siyohli va ingali printerlar lazerli printerlardan tubdan farq qiladilar. Ularda xotira hajmi kam bo’lib, kompyuterdan kelgan ma`lumotlarni o’zini buferida saqlaydi. Chunki ular ma`lumotlarni qatorma - qator ketma – ket bosmadan chiqaradi. Ma`lumotlarni bosmadan chiqarishda, ularning drayverlariga e`tibor berish kerak. Turli tipdagi printerlarning drayverlari turlicha bo’ladi.
Printerlar axborotlarni chiqarishda kompyuterdan ko’rsatma oladilar. Printerlarni boshqarishda maxsus dastur buyruqlardan foydalaniladi. Ularni drayver dasturlari deb ham yuritiladi. Ayrim firmalar printer ishlab chiqarishda, ularga mos drayver dasturlarini yozib qo’yyadilar va osongina WINDOWS operatsion tizimida o’rnatadilar.
Printerlar kompyuterlarga parallel portlar orqali ulanadilar. Ulardagi portlar ikki yo’nalishli bo’ladilar kompyuter tomonidan signallarni printerga jo’natish va aksincha, undan signallarni qabul qilii. Ushbu amal orqali printerni ishga tayyorligi yoki tayyormasligi haqida kompyuter ma`lumotga ega bo’ladi.
Parallel portlarga mos kabellar tanlab olinadi. Ularning uchlarda maxsus ignali simlar (ota) va maxsus teshikchalar (ona) mavjud bo’ladi.
Parallel portlarni LPT deb belgilanadilar. Birinchi portni LPT1 va ikkinchi portni LPT2 deb belgilaydilar.
Printer portlari va simlarini aniqlab olingandan so’ng, uni o’rnatish mumkin. Ushbu amalni bajarish uchun barcha kerakli jihozlar mavjudligiga ishonch hosil qilinadi: kartridj va toner.
Barcha tayyorgarliklar bajarilgandan so’ng, printer simlarini kompyuter portiga va elektr tok manbaiga ulanadi. So’ngra, printer dastur drayverlarini sozlash amallari bajariladi.
Printer dastur drayverlarini WINDOWS operatsion tizimida o’rnatish uchun “Pusk” – “Panel upravleniya” – Printeri – “Ustanovit printer” buyrug’idan foydalaniladi. OT ning o’zi kompyuterda ulangan printerning tipini aniqlab olinadi va OK tugmasi bosiladi.
Yangi printerni o’rnatish uchun quyidagi ishlar bajariladi:

  • simlarning tipi aniqlab olinadi;

  • dasturli drayverni to’g’ri tanlanganligiga ishonch hosil qiling;

  • kompyuter va printerlarni parallel simlar orqali to’g’ri o’rnatilganligiga ishonch hosil qiling;

  • kartridj va tonerlarni printerga instruktsiya bilan to’g’ri joylashtiring;

  • kompyuter va printerlarni elektr manbaaga ulang;

  • WINDOWS operatsion tizimida drayverlarni o’rnating;

  • Printerni testdan o’tkaztiring;

  • Printerni boshqa dasturiy ta`minotga moslashtiring.

Yuqoridagi amallarni bajargandan so’ng, printer ishlamasa, u holda quyidagicha ish yuritiladi:

  • printerni elektr manbaiga ulanganligini tekshirib ko’ring;

  • printerni “gotovnost” rejimida turganligini tekshirib ko’ring;

  • printerda qog’oz qo’yilganligini tekshiring;

  • kartridjni o’z o’rnida to’g’ri qo’yilganligini tekshiring;

  • printerda sozlash amallari to’g’i bajarilganligini tekshirib ko’ring.

  • Printer uchun qayta nazorat test operatsiyasini o’tkazing;

  • qog’oz formatini tekshirib ko’ring.

23-MAVZU: 3D PRINTER QURILMASI VA ISHLASH PRINSIPI


Reja:
1. 3D printerlar
2. Tibbiyotda 3D-printerlarni qo‘llash
3. 3D-printerlarga kichik biznes katta qiziqish


So‘nggi yillarda fan-texnika jadal rivojlanib, shunday ixtirolar, innovatsion ishlanmalar, zamonaviy texnologiyalar yaratildiki, ular hayotimizdan chuqur o‘rin olib, yashash sifatini butunlay yangi bosqichga olib chiqdi. Zamonaviy texnologiyalar kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylandi. Binobarin, avvallari xayolimizga ham kelmagan narsalar bugun haqiqatga aylanib, jamiyatimizning barcha jabhasida rivojlanishga yo‘l ochmoqda.
Uzoqqa borishning hojati yo‘q. 1961 yili 12 aprel kuni Yuriy Gagarin fazoga uchgan edi. Bu insoniyat tarixida misli ko‘rilmagan voqea bo‘lgandi o‘shanda. Bugun esa xalqaro‘kosmik kemada fazogirlar jamoasi navbatma-navbat koinotga safar uyushtirishi oddiy holga aylanib ulgurdi. To‘g‘ri, ularning ismini hamma ham yoddan aytib bera olmasligi mumkin, biroq, eng asosiysi, fazoni o‘zlashtirishda yangidan-yangi yutuqlar qo‘lga kiritilmoqda.
Sir emas, hozir hayotimizni muntazam ravishda takomillashtirib borilayotgan kompyuter va internetsiz tasavvur etish mushkul. Yaqin-yaqingacha odamlar ishxonada zamonaviy kompyuterlarda ishlashni orzu qilgan bo‘lsa, bugun nafaqat ofislarda, ayni paytda noutbuklar, netbuklar, planshetlar va “gadjyet”lar, deb ataladigan boshqa qurilmalar har bir xonadondan o‘rin oldi.
Hozirgi davr odamlari kompyuterlaru noutbuklarga, smartfonlarga bog‘lanib qolgan. Chunki ushbu qurilmalar shunchaki muloqot vositasi emas, balki ko‘p qirrali vazifalarni bajarmoqda. Ular orqali qo‘ng‘iroq qilish, xabar yoki rasm yuborish/qabul qilish, onlayn xaridni amalga oshirish, yangiliklar bilan tanishish, kerakli ma'lumotlarni olish, foto‘yoki Videoolish, tomosha qilish, musiqa eshitish, turli o‘yinlarni o‘ynash mumkin.
Bugungi kunda dunyoda shunday ixtirolar borki, ular hali ham hayotga keng tatbiq etilmagan bo‘lsa-da, bir kun kelib, smartfonlar hamda kompyuterlar singari odamlar turmushining ajralmas qismiga aylanib ketmasligiga hech kim kafolat berolmaydi. Ana shunday kashfiyotlardan biri shu kunlarda ommaviy axborot vositalarida bot-bot tilga olinayotgan 3D-printerlardir.

Gap shundaki, bizda “Printerlar faqatgina matn va suratni chop qiladi xolos”, degan fikr shakllanib qolgan. Ammo‘mutaxassislarning aytishicha, printerlarning imkoniyatlari juda keng bo‘lib, yaqin kelajakda mazkur texnologiya jamiyat hayotining barcha jabhasida qo‘llaniladi.
Uning afzalligi shundaki, zarur materiallar hamda dasturiy ta'minot yordamida uy qurish, protez va implantatlar tayyorlash, qimmatbaho‘esdalik buyumlar, taqinchoqlar ishlab chiqarish mumkin. Masalan, Xitoy, AQSh, Buyuk Britaniya, Niderlandiyada ushbu yo‘nalishda amaliy natijalarga erishilgan. Ya'ni 3D-printerlar turarjoylar hamda ularning qismlarini — konstruksiyalari, ichki devorlari, turli shakldagi himoya to‘siqlarini hech qanday qoliplarsiz “chop etmoqda”. Xususan, Xitoyda uzunligi 150 metr, kengligi 10 metr bo‘lgan 3D-printer yaratildi. Ushbu qurilma bir necha soat ichida balandligi olti metr bo‘lgan binoni “barpo‘qilishi mumkin”. Bunda u “siyoh” o‘rnida kuchaytirilgan shisha tolali sementdan foydalanadi. Shunday bo‘lsa-da, hozircha bu usulda yirik inshootlarni qurish sinov tariqasida olib borilmoqda. Landshaft dizayni va aholi punktlarini obodonlashtirish uchun kichik arxitektura shakllarini tayyorlashda 3D-printerlar imkoniyatidan tobora jadal foydalanilmoqda.
Tibbiyotda 3D-printerlarni qo‘llash istiqbollari ham juda katta. Misol uchun, bunday yo‘sinda tayyorlanadigan protezlar bemor tanasining ilg‘ash qiyin bo‘lgan individual jihatlarini ham hisobga olish imkonini beradi. Stomatologiyada vaqtinchalik tish qoplamasi yoki jag‘ implantatlarini yaratishda 3D-printerlardan keng foydalanilmoqda. Tibbiyotning boshqa sohalarida ham ushbu qurilmani qo‘llash bo‘yicha izlanishlar olib borilayotir. Mutaxassislarning bildirishicha, kelajakda inson organlarini “chop etish” imkoniyatlari ham yo‘q emas.
3D-printerlarga kichik biznes katta qiziqish bildirayotgani diqqatga sazovor. Deylik, mazkur qurilma yordamida har qanday uch hajmli suratlarni aynan o‘zidek ko‘paytirish mumkin. Mashhur futbolchilar, kino‘yulduzlari, multfilmlar qahramonlarining shaklini yasash orqali marketing loyihalarini ro‘yobga chiqarish imkoniyati bor. Qurilma yordamida esdalik uchun o‘zi, yaqinlarining qiyofalarini shakllantirsa bo‘ladi. Ushbu texnologiyaga, ayniqsa, original va noyob taqinchoqlar hamda aksessuar ishlab chiqaruvchilar katta qiziqish bilan qarayapti. Qayd etish kerakki, eng so‘nggi rusumdagi 3D-printerlar “siyoh” sifatida nafaqat plastik materialni, ayni paytda oltin, kumush va platinalarni ham ishlata oladi. Buyurtmachi esa taqinchoqning shakli va usulini tabiga qarab tanlashi mumkin.
Bugun 3D-printerlarni qo‘llash sohasi hamda ko‘lami tobora kengayib bormoqda. Bunda zamondan ortda qolib ketmaslik lozim.
Mamlakatimizda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining professor-o‘qituvchilari va iqtidorli talabalari tomonidan 3D-printerlar yordamida qator loyihalar amalga oshirilayotganini alohida ta'kidlash o‘rinli. Multimedia texnologiyalari kafedrasi assistenti Jonibek Tojiyev 3D-printer or-qali odamdek harakatlana oladigan maxsus robot yaratgan. “Aql gimnastikasi” bo‘lmish shaxmat o‘ynay oladigan robot, qo‘l protezi ham ana shunday izlanishlar samarasidir. Bularning barchasi ishlab chiqarish hamda tibbiyotning turli jabhalarida keng qo‘llanilishi mumkin.

Yoki odamdek yuradigan robotni olaylik. “Servo” motoridan foydalanilgani tufayli u bemalol harakatlanib, yo‘ldagi to‘siqlarni aniqlaydi va ularni hatlab o‘ta oladi. Qolaversa, bu robot hatto‘to‘p o‘ynashi ham mumkin. Qurilma dasturlashtirilgan topshiriq hamda harakatlarni bajaradi, odam kirishi qiyin bo‘lgan yoki aholi salomatligiga xavf solishi mumkin bo‘lgan vazifalarni bajarishda qatnashish xususiyatiga ega. Kimyo‘sanoati korxonalarida yoxud favqulodda holatlar oqibatlarini bartaraf etishda ham uning xizmatidan foydalanish mumkin.
— Talabalar, universitet xodimlari hozircha ikkita 3D-printerdan faol foydalanishmoqda, — deydi Jonibek. — Hamkasblarimiz ushbu sohaga shu darajada sho‘ng‘ib ketishganki, har kuni turli innovatsion ishlanmalar ustida bosh qotirishadi, mazkur qurilmaning imkoniyatlarini turli sharoitlarda sinab ko‘rishmoqda. Biz 3D-printerlardan modellashtirish uchun foydalanamiz. Bunday qurilmalar bir qator oliy ta'lim muassasalaridagina ishlatiladi, xolos. Vaholanki, dunyoning turli mamlakatlarida ulardan keng foydalanilayapti. Biz hozircha tibbiyot sohasida, aniqroq aytadigan bo‘lsak, zamonaviy protezlar tayyorlashda 3D-printerlardan foydalanishga ko‘proq urg‘u berayapmiz. Kelajakda istiqbolli yo‘nalishlarda ham ushbu qurilmani jadal qo‘llash choralarini ko‘ramiz.
Haqiqatan ham, respublikamizda 3D-printerlar ayrim oliy ta'lim muassasalaridagina mavjud bo‘lib, ular tor doirada ishlatilayapti. Ammo‘mutaxassislarning fikricha, 3D-modellashtirish bo‘yicha kadrlar tayyorlash haqida bugundan bosh qotirish lozim. Zero, ushbu sohada dunyo‘miqyosida talab tobora o‘sib borayapti. Tabiiyki, yaqin istiqbolda yurtimizda ham unga ehtiyoj yuksaladi. Binobarin, innovatsion ishlanmalar va ilg‘or texnologiyalarni yaratish hamda hayotimizning barcha jabhasiga joriy qilish davlatimiz siyosati darajasiga ko‘tarilganligi ham bejiz emas.

24-MAVZU: SKANERLARNI VAZIFASI, TIPLARI, ISHLASH PRINSIPI, TEXNIK XARAKTERISTIKALARI


Reja:
1.Skaner yoki tasvir skaneri 
2.Dastaki Skanerlar
3.Rolikli skanerlar
4.Proekciey skanerlar
5.Slayd-skanerlar



Yüklə 6,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə