1-mavzu: kompyuter texnik vositalari


Elektrografik nusxa ko’chirish (kserografiya)



Yüklə 6,55 Mb.
səhifə66/83
tarix11.12.2023
ölçüsü6,55 Mb.
#146449
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   83
Kasb-hunar maktabi

Elektrografik nusxa ko’chirish (kserografiya)

Elektrografik nusxa ko’chirish ( elektrofotografik, kserografik) xozirgi vaqtda keng tarkalgandir. Jahon nusxa ko’chirish mashinalarining 70 % dan ortig’ini elektrografik nusxa ko’chirish apparatlari (EGNKA) tashkil etadi, ular bilan jahonda ko’chirilayotgan nusxalarning


50% dan ko’prog’i tayyorlanmokda, EGNKA ni ko’pincha kserokslar deb atashadi, bu nom ushbu turdagi nusxa ko’chirishning asoschisi Angliyaning Rank Xerox firmasiga xurmat tarikasida berilgan.


Elektrografik nusxa ko’chirishning asosiy afzalliklari:



  • yukori tezkorlik, samaradorlik va nusxa ko’chirishning yuqori sifati;

  • nusxa ko’chirishda xujjat xajmini o’zgartirish va taxrirlash imkoniyati borligi;

  • varaqli va risolali xujjatlardan nusxa olish imkoniyati borligi;

  • turli xil ingichka chizikli, yarim rangli, bir va ko’p rangli xujjatlardan nusxalar olish imkoni borligi;

  • nusxalarni oddiy qog’oz, kalka, plastik plyonka, alyuminiy folgaga va boshkalarga olish;

  • apparatlar va ish materiallarining nisbatan arzonligi va xizmat ko’rsatishning engilligi.

Elektrografik nusxa ko’chirish kuyidagi jarayonlarni o’z ichiga oladi:

  • svetoekspoziсiya: xujjat oldindan fotoyarimo’tkazgichli qoplama bilan zaryadlangan baraban yoki plastina sirtiga proekсiyalanadi, bu jarayonda yarim o’tkazgichli qoplama xujjatning yoritilgan uchastkalaridan zaryadlarning oqib
    tushishidan uning ko’rinmas elsktrostatik tasviri shakllanti
    riladi;

  • tasvirning tushishi: bo’yaydigan kukun (toner) zaryadlangan uchastkalarga yopishib qolishi oqibatila ko’rinmas elektrostatik tasvir ko’rinadigan tasvirga aylanadi;

  • bosish: bo’yaydigan kukunni barabandan yoki plastinadan qog’ozga yoki boshka asosga ko’chirish bilan amalga oshadi;

  • qotirish: bo’yaydigan kukun aсeton bug’larida nusxaga qotiriladi.

Rossiyada ishlab chikarilgan EGNKA namunalari ERA, REM, EFKA, ER. CHet elning eng yaxshi namunalari: Xergox 5380, Xerox 5520, Ricon FT-4220, Mita DC 1755, konica-112, Sharp SF-7800, Sanon NP-6020 va boshkalar.
Rossiyada ishlab chikzrilgan EGNKA nusxa ko’chirish sifati bo’yicha chet elnikidan pastdir. Ular uchun asosan nusxadagi matnni tushunish muhim bo’lsa, chet elniki uchun: nusxalar asl nusxadan yaxshi, rasmlar chiroyli, yaxshi qog’oz ishlatganda ranglar yorqin chikadi.
EGNKA ni tanlash asosan nusxa ko’chirilishi rejalashtirilayotgan hujjatlarning turiga va shakliga hamda nusxalar soniga bog’liqdir:

  • a g a r nusxalar soni N oyiga 1000 donadan kam bo’lsa , eng oddiy kichik apparatlarni harid kilish mumkin (Xerox 5220, Sanon FC-2, Ricon LR-1, Sharp Z-30 va boshqalar); bu turdagi EGNKA larda yorug’lik sezuvchi baraban va toner kartridj tipidagi bitta blokda joylashadi, ularga toner 3—9 marta qo’yiladi va baraban resursi 8—10 ming nusxaga etadi;

  • a g a r Nq1000—5000 bo’lsa, o’rtacha samaradorli EGNKAni tanlagan ma’quldir (Ricon M-50, Xerox 5316, Mita CE-50, Ronica 1112, Sharp Z-52 va boshqalar); bu guruhdagi EGNKA da, xajm o’zgartirgichlar bor, bir-biridan ajratilgan toner va baraban esa alohida almashtiriladi;

  • a g a r N>5000 bo’lsa, yuqori kuvvatli EGNKA tanlanadi, (Xerox 5331, Konica 7728, Mita DC -1555, Toshiba 1210 va boshqalar). Ularda hajm o’zgartirgichlar, nusxa saralovchilar, hujjatlarni avtomatik almashtirish va boshka servis imkoniyatlari mavjud. ko’pchilik EGNKA servis imkoniyatlari:

  • ko’p rangli nusxa ko’chirish ham ko’p rangli (3-5 ta rang)b ham bir rangli nusxalarni olish imkonini beradi (Rank Xerox firmasining o’tkazgan tadqiqotlari shuni ko’rsatadiki, rangli hujjatlar ma’lumotni 80% ga, qabul qilish hissiyotini 78% ga oshiradi va uni tushunishni 40% ga yaxshilaydi); 

  • ko’p rangli nusxa ko’chirish ham ko’p rangli (3—5ta rang), Ham bir rangli nusxaparni olish imkonini beradi (Kap1s Xegox firmasining o’tkazgan tadqiqotlari shuni ko’rsatadiki, rangli Hujjatlar sh’pumotni 80% ga, qabul qilish Hissiyotini 78% ga oshiradi va uni tushunishini 40% ga yaxshilaydi)* ;

  • tahrirlash nusxa ko’chirish jarayonida nusxa mazmunini asl nusxaga nisbatan o’zgartirish imkonini beradi;

  • ikki tomonlama nusxa ko’chirish hujjatning birdaniga ikkala tomonidan nusxa olish imkonini beradi;

  • asl nusxa sifatsiz bo’lganda ham nusxa sifatini ta’minlovchi ekspoziсiyani avtomatik boshkarish;

  • nusxalar sonini 1 dan 999 gacha dasturlash imkoniyati.

Toshiba 1210 EGNKA sxemasi rasmda ko’rsatilgan. Ko’pchilik zamonaviy EGNKAlar yana quyidagilarga ega:

  • nusxa ko’chirish jarayonini taxrirlash va boshkarishni sezilarli engillashtiradigan displeylar;

  • hujjatni avtomatik uzatish;

  • komplekt bo’yicha nusxalarni saralovchi qurilma.


Yüklə 6,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə