1-Мавзу: Мактабгача таълим фанларини ўқитиш жараѐни яхлит тизим сифатида


Reja 1. O`quv-metodik komplekslarning tuzilishi



Yüklə 332,47 Kb.
səhifə23/37
tarix24.12.2023
ölçüsü332,47 Kb.
#157898
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   37
Методика Лекция узб латын

Reja
1. O`quv-metodik komplekslarning tuzilishi
2. O`quv-metodik komplekslarni ishlab chiqish vazifalari
3. Fan bo`yicha glossariy
4. O`quv fani bo`yicha talabaga mo`ljallangan o`quv-metodik kompleksni (O`UM) ishlab chiqishning yo`l va vositalari
Maktabgacha pedagogika turkum fanlari o`qituvchisi o`quv-me`yoriy xujjatlar asosida o`zi o`qitadigan fani bo`yicha o`quv-metodik kompleks yaratadi.O`quv-metodik kompleks tushunchasi turli tadqiqotchilar tomonidan turlicha talqin etilgan bo`lib, bu tushunchalarning mohiyatini to`laroq anglash uchun ular tomonidan o`quv-metodik kompleksga berilgan ba`zi ta`riflarni keltirib o`tamiz.
e.Pichugina o`zining tadqiqot ishlarida quyidagicha ta`rif beradi: “O`quv-metodik kompleks – bu fanning o`quv maqsad va vazifalarini to`liq va samarali joriy etish uchun mo`ljallangan o`quv dasturlari, darslik va o`quv qo`llanmalar, didaktik materiallar va o`qituvchi uchun metodik ko`rsatmalar majmuidir”.
Yu.K.Babanskiy o`quv-metodik kompleksni zamonaviy ta`limda o`quv-tarbiya masalalarini echishga qaratilgan o`zaro organik bog`langan o`quv-metodik qo`llanmalar to`plami deb ta`riflaydi.
Bugungi kunda o`quv-metodik komplekslarida qo`yidagilar bo`lishi shart qilib qo`yilgan:
- o`quv va ishchi dasturlar,
- taqvim-mavzuiy reja,
- ma`ruza, seminar va amaliy mashg`ulotlar hamda mustaqil ta`limning texnologik modeli va texnologik xaritasi,
- ma`ruza matnlari,
- seminar, amaliy va laboratoriya mashg`ulotlari ishlanmalari,
- mustaqil ta`lim topshiriqlari,
- asosiy va qo`shimcha adabiyotlar ro`yxati,
- prezentatsiyalar,
- nazorat va baholash uchun topshiriqlar,
- sillabus,
- fanni o`qitishga doir tashkiliy ko`rsatmalar

O`quv-metodik komplekslarni ishlab chiqish vzifalari:


1. O`quv-metodik ta`minotni tayyorlash.
2. Ishlab chiqarish , fan, texnika va ish beruvchilarning talablarini inobatga olgan xolda fan mazmunini tizimlashtirish.
3. Sifatli mutaxassislarni tayyorlashni ta`minlovchi o`quv-metodik va boshqa materiallar bilan o`quv jarayonini ta`minlash.
4. Ta`lim jarayoniga faol usul va innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etish.
5. Talabalarning mustaqil ishlarini va ularning bilimlarini nazorat qilishni to`g`ri tashkillashtirish va rejalashtirish.
6. Elektron darslik, o`quv metodik qo`llanmalarni ishlab chiqish uchun o`quv metodik materiallar ishlab chiqish.
7. O`quv jarayonini sifatini tizimli nazorat qilish imkoniyatini yaratish.
O`quv-metodik komplekslar:
- talabalar tomonidan o`quv materialini mustaqil o`zlashtirishni;
- talabalar bilimini nazrorat qilishni;
- barcha turdagi mashg`ulotlarni tashkillashtirish bo`yicha metodik ta`minotni;
- qo`shimcha axborot ta`minotni ta`minlashi kerak.

O`quv jarayonida o`quv-metodik komplekslar:


- o`quv materialini o`zlashtirishda talabalarga amaliy va metodik yordam berish;
- fan bo`yicha o`quv jarayonini tashkillashtirishda va o`tkazishda o`qituvchilarga metodik yordam ko`rsatish;
- o`quv jarayonini metodik ta`minotini takomillashtirishda, uni baholash va rejalashtirishga asos uchun zarur



Yüklə 332,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə