1-mavzu: Mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati. O‘zbekistonning o‘ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo‘li Reja


O’zbekiston mustaqilligi huquqiy asoslarining yaratilishi



Yüklə 88,01 Kb.
səhifə17/21
tarix09.10.2023
ölçüsü88,01 Kb.
#126444
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
1-mavzu (2)

O’zbekiston mustaqilligi huquqiy asoslarining yaratilishi.
Davlat qurilishi va fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonla­rini erkinlashtirish bilan bog'liq ko'zda tutilgan vazifalar pirovardi­ni davlat hokimiyatining barcha tarmoqlari va tuzilmalarini (qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud hokimiyati), qolaversa, munitsipal ho­kimiyat tuzilmalarini demokratlashtirish, ularning bir-biridan mus­taqil holda ish tutishi tamoyillarini yanada takomillashtirish, davlat hokimiyati vakolatlarini bosqichma-bosqich munitsipal organlarga va nodavlat hamda fuqarolarning o'z-o'zini boshqarish tuzilmalariga o'tkazib borish kabilar tashkil qiladi. Shu o'rinda fuqarolik ja­miyatini barpo qilish g'oyasi Birinchi Prezident tomonidan O'zbekistonning davlat mustaqilligi e'lon qilingan dastlabki yillardanoq rivojlantiri-lib kelinganligini aytish joiz. Xususan, Birinchi Prezident o'zining birin­chi chaqiriq Oliy Majlisning 1-sessiyasidagi «Demokratiya - bosh yo'limiz» nomli ma'ruzalarida bu masalaga keng urg'u berib, «Bugun biz qanday davlat qurayapmiz? Uning siyosiy va ijtimoiy negizi, uning qiyofasi qanday bo'lishi kerak? Yangi demokratik jamiyat shakllanishida uning ta'siri qanday bo'ladi?» - degan savollarga javob topish, bu xususda atroflicha fikr yuritish fur-sati yetdi» - deya alohida ta'kidlagan edilar. Va ayni chog'da bu savollarni mushohada qilishni davom ettirib, jamiyatimiz kelajagini quyidagicha bayon qildilar: «Biz fuqarolik jamiyati qurishga intilmoqdamiz. Buning ma'nosi shuki, davlatchiligimiz rivojlana borgan sari boshqaruvning turli xil vazifalarini bevosita xalqqa topshirish, ya'ni o'zini o'zi boshqarish organlarini yanada rivoj­lantirish demakdir».
Shu o'rinda jamiyat siyosiy hayotini erkinlashtirish, fuqaro­lik jamiyati asoslarini barpo qilish vazifasining Birinchi Prezident tomoni­dan keyingi 3-4 yil davomida ilgari surilgan ustuvor vazifalardan keng o'rin egallashi kishini chuqurroq mulohaza yuritishga unday-di. Darhaqiqat, ushbu ustuvor yo'nalish Birinchi Prezidentning 1999-yildagi o'n to'rtinchi sessiyadagi ma'ruzalarida ham, 2000-yil yan-var oyidagi ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning birinchi sessiyasida ham, qolaversa, 2002-yildagi 9-sessiyadagi ma'ruzalarida ham eng asosiy vazifa sifatida e'tirof etildi. Bu o'rinda Birinchi Prezident quyidagilarga asoslandi:

Yüklə 88,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə