1 Mavzu: Optik aktiv ( faol ) muhitlar va ularning xossalari



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix07.06.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#89020
1   2   3   4   5   6   7   8
Optik aktiv ( faol ) muhitlar va ularning xossalari

5.
 
Bir jinsli bo’lmagan muhitlar optikasi 

Bir jinsli boʻlmagan muhitlar optikasi — optikantt sindirish koʻrsatkichi p bir xil 


boʻlmay, koordinataga bogʻliq ravishda oʻzgaradigan, optik jihatdan bir jinsli 
boʻlmagan muhitlarda elektromagnit toʻlqinlarning tarqalish qonunlarini 
oʻrganadigan boʻlimi. Optik bir jinslilikmuhitning sirtida va hajmida buzilishi 
mumkin. Fizik tabiatidan qatʼi nazar, bir jinslilikning buzilishi nurning boshlangʻich 
tarqalish yoʻnalishidan ogʻishiga olib keladi. Turli sindirish koʻrsatkichlariga ega 
muhitlarni ajratuvchi sirtlarda nurning qaytish va sinish hodisalari yuz beradi. Muhit 
ichidagi sindirish koʻrsatkichi muhitnikidan farq qiladigan, mikrohajmli bir jinsli 
boʻlmagan joylarda nurning sochilishi kuzatiladi. Bir jinsli boʻlmagan muhitlarga 
xira muhitlar kiradi. Bunday muhitlarda bir jinslilik buzilgan joylarning oʻlchamlari, 
odatda, yorugʻlik toʻlqin uzunligi X dan katta boʻladi. 


19 
Bir jinsli boʻlmagan muhitlarga molekulalarning issiklik harakati natijasida kichik 
hajmlarda muhit zichligi fluktuatsiyalari (tebranishlari) hisobiga shu joydagi 
sindirish koʻrsatkichining oʻzgarishlari sodir boʻladigan muhitlar ham kiradi. 
Yorugʻlikni yutmaydigan dielektrik zarralarda boʻladigan nurning sochilish 
intensivligi (/) X,’ ga mutanosib boʻlib, rzarra oʻlchamining yorugʻlik toʻlqin 
uzunligiga nisbatiga bogʻliq parametr. OʻlchamlariAdan ancha kichik issiklik 
(zichlik) fluktuatsiyalari yuz beradigan muhitlarda sochilish intensivligi 1~X~* 
(Reley qonuni). Oʻlchamlari X dan ancha katta zarralardagi sochilish uchun r ning 
qiymati nolga yaqin va sochilish intensivligi toʻlqin uzunligiga bogʻliq boʻlmaydi. 
Bunday hol yorugʻlikning tuman va bulutlarda sochilishida kuzatiladi. 
Har qanday muhitda yorug’lik tarqalayotganda sochiladi. Bunga sabab 
elektronlarning majburiy tebranishlari tufayli paydo bo’ladigan ikkilamchi to’lqinlar 
yorug’lik to’lqini olib kelayotgan energiyaning bir qismini chetga sochib yuboradi. 
Demak yorug’likning sochilishi uchun yorug’lik to’lqinining o’zgaruvchi maydoni 
ta’siri ostida tebrana oladigan elektronlar bo’lishi yetarlidir, bunday elektronlar esa 
har qanday muhitda yetarli miqdorda. Biroq shuni yodda tutish kerakki, bu 
ikkilamchi to’lqinlar o’zaro kogerent bo’ladi va demak, chetga sochib yuborilgan 
yorug’likning intinsivligini hisob qilishda ularning o’zaro interferensiyasini 
e’tiborga olish kerak. Haqiqatdan ham agar muhit optik jihatdan bir jinsli bo’lsa, 
ya’ni uning sindirish ko’rsatkichi nuqtadan nuqtaga o’tilganda o’zgarmasa, u holda 
bir xil hajmda yorug’lik to’lqini bir xil elektr momentlari induksiyalaydi, bu 
momentlarning vaqt o’tishi bilan o’zgarishi oqibatida bir xil amplitudali ikkilamchi 


20 
kogerent to’lqinlar chiqadi. Yassi monoxromatik to’lqinning bir jinsli muhitda 
tarqalish holi 1-rasmda ko’rsatilgan. AA' to’lqin frontida chiziqli o’lchamlari 
tushayotgan yorug’likning λ to’lqin uzunligiga nisbatan juda kichik bo’lgan V1 
hajm ajratamiz, biroq bu hajm ichida molekulalar juda ko’p bo’lib muhitni yaxlit 
muhit deb hisoblash mumkin. θ burchak bilan xarakterlanadigan yo’nalishda V1 
hajm ma’lum amplitudali va fazali ikkilamchi to’lqin chiqaradi. AA' to’lqin frontida 
hamisha boshqa bir V2 hajm ajratish mumkinki, u ham o’sha yo’nalishda shunday 
amplitudali ikkilamchi to’lqin chiqaradi, biroq u to’lqin yo’l farqi tufayli kuzatish 
nuqtasiga V1 dan chiqgan to’lqin fazasiga qarama-qarshi fazali bo’lib keladi. 
Shunday qilib muhitning bir jinsli va ikkilamchi to’lqinlarining kogerent bo’lishi 
yorug’lik sochilmasligining zaruriy va yetarli shartidir. Haqiqatda esa ideal bir jinsli 
muhitlar bo’lmaydi. Real muhitda turli sabab paydo bo’lgan optic bir jinslimasliklar 
hamisha bo’ladi. Bu esa yorug’likning ba’zi hollarda juda zaif sochilishini bildiradi 
Xulosa 
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, optik aylanish ko'plab muhim sohalar uchun 
ajralmas sifat va o'ziga xoslik tahlilidir. Tadqiqot organik kimyogarlari katalizatorlar 
va 
assimetrik 
sintetik 
jarayonlarning 
samaradorligini 
tekshirish 
uchun 
polarimetriyadan foydalanadilar. Oziq-ovqat, dori-darmon, shuningdek, lazzatlar 
sanoati xom ashyo va tayyor mahsulotlar uchun sifat atributi sifatida 
polarimetriyadan foydalanadi. Xuddi shunday, aralash komponentli ingredient, 
oraliq yoki tayyor mahsulotning optik aylanishi bir nechta chiral birikmalar 
mavjudligidan kelib chiqadigan xarakterli optik aylanishga ega bo'ladi. Kompozit 


21 
kuzatilgan aylanish uchun standart aniqlangandan so'ng, optik aylanishga 
asoslangan sifat mezonlarini belgilash mumkin. Bunday hollarda polarimetr o'lchovi 
keyingi sinov uchun ekran turiga aylanadi. Bu qaysi ingredient spetsifikatsiyadan 
tashqarida ekanligini aniqlaydi. 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə