1-mavzu. Pedagogika fanining predmeti, tadqiqot metodlari Reja



Yüklə 144,4 Kb.
səhifə11/13
tarix29.11.2023
ölçüsü144,4 Kb.
#142801
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
1-Мавзу

12. Ma’naviyat asoslari – jamiyat, inson va ma’naviyat o‘rtasidagi munosabatlarni, ma’naviyatning jamiyat taraqqiyoti, inson ongini rivojlanishidagi roli, fuqarolarni ma’naviy tarbiyalash omillarini o‘rganadi.5
4.Pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari.
Pedagogika fani o‘z mazmunini boyitishda yangilashda mavjud bo‘lgan pedagogik hodisa va jarayonlarni uning maqsadi va vazifalariga muvofiq keladigan usullari bilan o‘rganadi. Pedagogika fanining ilmiy tadqiqot usullari qanchalik to‘g‘ri qo‘llansa, ta’lim-tarbiya mazmunini yangilash va takomillashtirish shu darajada yuksaladi. Lekin ilmiy tadqiqot metodlarining aniq chegaralangan tizimi hozirgacha fanda yaratilgan emas. Pedagog pedagogik jarayonda o‘z auditoriyasi tarbiyalanuvchilari xarakter-xususiyatlaridan kelib chikqan, ularni psixologiyasini chuqur o‘rganib bir qator metodlarni qo‘llash mumkin.CHunki pedagogning asosiy maqsadi dars jarayonini tarbiyaviy ta’sirini oshirish hisoblanadi. Buning uchun quyidagi pedagogik ilmiy tekshirish metodlarni keltirib o‘tish lozim bo‘ladi.
1. Pedagogik kuzatish metodi.
2. Suhbat usuli (yakka tartibda, guruh bilan )
3. Talabalar ijodini o‘rganish usuli.
4. Test usuli
5. Ma’lumotlarni tahlil qilish usuli.
6.Eksperement-tajriba-sinov usuli.
7. Statistika ma’lumotlarini taxlil qilish usuli.
8. Matematika va kibernetika usuli.
Ta’lim usullarini tanlash bilan bir qatorda o‘qituvchi darsdagi talabalarni yosh va individual xarakter xususiyatlarini o‘rganishi hamda tahlil qilishi shart.
Pedagogik kuzatish- odatda tabiiy kuzatish orqali o‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtirishlari, ularning xulq-atvori va muomalalardagi o‘zgarishlarni hisobga olish va tegishli ta’limiy-tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish yo‘llarini belgilash uchun qo‘llaniladi. Bu metod tadqiqotchining pedagogik tajribaning muayyan bir tomoni va hodisalarini biror maqsadni ko‘zda tutib idrok etish tashkil etadi. Bunda kuzatishlar tezligi va soni, kuzatish ob’ekti, vaqti, pedagogik vaziyatlarni kuzatish uchun ajratiladigan xarakteristika va hokazolar hisobga olinadi.
Suhbat metodi- so‘rashning bir turi bo‘lgani holda tadqiqotchining jiddiy tayyorgarlik ko‘rishini talab etadi, chunki u tekshirayotgan shaxs bilan bevosita aloqada bo‘li shvaqtida og‘zaki suhbat tarzida, suhbatdoshining javoblarini yozmasdan erkin muomala formasida qo‘llaniladi.
Suhbat metodida- maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilar jamoasi bilan ota-onalar va keng jamoatchilik bilan,yakka va guruhli tartibda ish olib borilganda qo‘llaniladi. Suhbat metodidan farq qilib intervyu olish metodi savollarni oldindan belgilangan izchillikda intervyu yo‘li bilan bayon qilishni nazarda tutadi. Bunda javoblar magnit tasmasiga yoki kassetalarga yozib olinadi. Hozirgi kunda ommaviy so‘rash nazariyasi va praktikasi intervyu tashkil etishning ko‘p usullari mavjud:
- guruhlar bilan;
- intensiv;
- sinash va h.k.

Yüklə 144,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə