1-mavzu: Pedagogika tarixi fan sifatida. Mashgʻ ulot rejasi



Yüklə 53,61 Kb.
səhifə1/5
tarix19.12.2023
ölçüsü53,61 Kb.
#150986
  1   2   3   4   5
1-mavzu Pedagogika tarixi fan sifatida. Mashg ulot rejasi


1-mavzu: Pedagogika tarixi fan sifatida.
Mashgʻ ulot rejasi:
1.“Pedagogika tarixi” fanining maqsad va vazifalari.
2.“Pedagogika tarixi” fani gʻoyalarining kishilik jamiyati taraqqiyoti bilan oʻzaro aloqadorligi.
3.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev taʼlim-tarbiya jarayonida milliy meros, pedagogik qadriyatlardan samarali foydalanishning ijtimoiy ahamiyati haqida.
4. Taʼlim-tarbiya va pedagogika tarixini davrlashtirish muammolari.


Adabiyotlar:
1. Hошимов К., Нишонова С., Иномова М., Hасанов Р. Педагогика тарихи. – T.: Ўқитувчи, 1996.
2. Hashimov K., Nishonova S. Pedagogika tarixi. – T.: Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2005.
3.Xasanboyev J, Toʻrakulov X., Xaydarov M., Hasanboyeva O. Pedagogika fanidan izohli lugʻ at. – T.: Fan va texnologiya, 2008.
4. Йўлдашев Ж.Г., Хасанов С. Авестода аҳлоқий-таълимий қарашлар. Т.: Ўқитувчи, 1992
5.. Niyozov Gʻ ., Axmedova M. Pedagogika tarixidan seminar mashgʻ ulotlari. – T.: NOSHIR, 2011.
6. Нишонова С. Комил инсон тарбияси. – Т.: Истиqлол, 2003.
7. Xodjayev B.X. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti.- T.: «Sano- standart» nashriyoti, 2017.


Tarix_va_pedagogika_tarixining_umumiy_hamda_o’ziga_xosliklarini_ochishga_doir_Venn_diagrammasi_topshirig’i'>Tarix va pedagogika tarixining umumiy hamda o’ziga xosliklarini ochishga doir Venn diagrammasi topshirig’i

Quyida keltirilgan diagramma bilan tarnishing. Tarix va Pedagogika tarixining o’ziga xosliklarini diagrammaning kesishmaydigan joylariga yozing. Doiralarning kesishgan joyida ikkita fan uchun ham umumiy ma’lumotni yozing.



Tarix

Pedagogika tarixi” fanining maqsad va vazifalari


Pedagogika tarixi” fanining maqsadi – eng qadimgi zamonlardan to hozirgi kungacha turli tarixiy davrlarda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar taraqqiyotini tizimli yondashuv asosida o’rganishdan iborat.


Maktab va pedagogika ko’p asrlik tarixiy yo’lni bosib o’tgan. Mazkur davrda pedagogika fani ko’plab g’oyalar va kontseptsiyalar bilan boyib bordi. “Pedagogika tarixi” faning predmeti - eng qadimgi zamonlardan to hozirgi kungacha tarbiya, maktab va pedagogik fikrlarning rivojlanish jarayoni.
Pedagogika tarixi” fanining vazifalari:

  1. milliy o’z-o’zini anglash, kasbiy rivojlanish bilan bog’liqlikda umumiy va pedagogik madaniyatni shakllantirish;

  2. pedagogik fikrlar rivojini tahlil etish va tizimlashtirish;

  3. pedagogik g’oyalarni tahlil etish asosida ularni o’quv-tarbiya jarayoniga tatbiq etish.





Yüklə 53,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə