1 mavzu: psixodiagnostika eksperimental psixologiya va faniga kirish psixodiagnostika va eksperimental psixologiya tarixi. Reja



Yüklə 1,39 Mb.
səhifə1/88
tarix08.10.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#126314
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88
Sirtqi uchun PVEP majmua


1 MAVZU: PSIXODIAGNOSTIKA EKSPERIMENTAL PSIXOLOGIYA VA FANIGA KIRISH PSIXODIAGNOSTIKA VA EKSPERIMENTAL PSIXOLOGIYA TARIXI.
REJA:

  1. Eksperimental psixologiya va psixodiagnostika haqida tushuncha.

  2. Eksperimental psixologiya va psixodiagnostikaning fan sifatida rivojlanishi.

  3. Eksperimental psixologiya va psixodiagnostika va psixologiyaning boshqa sohalari.

  4. Eksperimental psixologiya fani haqida.

  5. Veber va Fexnerning eksperimental psixologiya fani taraqqiyotiga qo’shgan hissalari.

  6. V. Vundtning olib borgan ishlari.



Mavzu yuzasidan asosiy tushunchalar:

  • Eksperimental psixologiya va psixodiagnostika- umumiy psixologiyaning tarkibiy qismi bo`lib, ruhiy jarayonlarni tajriba yordamida o`rganadi.

  • Eksperiment (tajriba)-ruhiy jarayonlarni o`rganish uchun zarur sharoitlarni ataylab vujudga keltirib, o`rganishga yo`naltirilgan psixologik tadqiqot uslubi.

  • Psixologik laboratoriya-inson ruhiy jarayonlarini o`rganish maqsadida jihozlangan maxsus tadqiqotlar olib boriladigan ilmiy muassasa.

  • Vilgelm Vundt (1832-1920) nemis psixologi, fiziologi, faylasuf va tilshunosi; Eksperimental psixologiya va psixodiagnostikaning asoschisi



E
?

ksperimental psixologiya va psixodiagnostikaning o`rganilishi qanday amaliy ahamiyatga ega?


Psixologiyada eksperiment metodining qo`llanilishi psixologik bilimlarning qayta tuzilishida va psixologiyaning falsafa tarkibidan mustaqkil fan sifatida ajralib chiqishida muhim ahamiyatga ega bo`lgan. Eksperimental psixologiya va psixodiagnostika XIX asrning o`rtalarida keng rivojlangan fiziologik laboratoriyalar negizida vujudga kela boshlagan. O`sha davrlarda bu laboratoriyalarda-sezgi, idrok, reaktsiya vaqti kabi eng oddiy psixik funktsiyalar o`rganilar edi. Bunday tadqiqotlar falsafa va fiziologiyadan farq qiluvchi Eksperimental psixologiya va psixodiagnostikaning fan sifatida vujudga kelishi uchun imkoniyat yaratdi. Eksperimental psixologiya va psixodiagnostikaga Vil’gel’m Vundt asos soldi.


V.Vundt (1832 - 1920) nemis psixologi, fiziologi, faylasufi va tilshunosi bo`lgan. V.Vundt inson ongini turli qismlarga ajratib, bu qismlar o`rtasidagi aloqa va bog`lanishlarni laboratoriya eksperimenti orqali o`rganadigan fiziologik psixologiya fanini tashkil etish haqidagi g`oyalarni o`zining “Fiziologik psixologiya asoslari” (1880-1881) nomli kitobida ilgari suradi.
V.Vundt tomonidan 1879 yili Leyptsig shahrida tashkil etilgan psixologik laboratoriya butun dunyoda Eksperimental psixologiya va psixodiagnostikaning markaziga aylandi. Bu laboratoriyada sezgi, idrok, turli qo`zg`atuvchilarga javob berish vaqti assotsiatsiya (bog`lanish)lar, diqqat va oddiy his-tuyg`ular o`rganilgan.
E
?

ksperiment metodining qo`llanilishi psixologiya fani taraqqiyotiga qanday ta`sir etdi? Agar tajriba metodi bo`lmaganda, Sizningcha psixologiya fani qanday ko`rinishda bo`lardi?


V.Vundtning fikricha nutq, tafakkur, iroda kabi yuksak psixik jarayonlarni eksperiment orqali o`rganish mumkin emas. Bu jarayonlarni o`rganishda madaniy-tarixiy metodlardan foydalanish maqsadga muvofikdir.


Agar dastlabki davrlarda Eksperimental psixologiya va psixodiagnostikaning ob`ekti normal etuk insonlar bo`lgan bo`lsa, keyinchalik bolalar, ruhiy kasal kishilar va hayvonlar ustida tajribalar olib borildi (K.Lloyd-Morgan, e.Torndayk). eksperimental psixologik tadqiqotlar psixik jarayonlarning umumiy qonuniyatlarini o`rganish bilan cheklanib qolmay, balki sezgirlik, xotira, reaktsiya tezligi kabi individual xususiyatlarni ham qamrab ola boshladi. (F.Gal’ton, D.Kettel). Ayni paytda Eksperimental psixologiya va psixodiagnostika zamirida yangi yo`nalish differentsial psixologiya vujudga kela boshladi. Eksperimental psixologiya va psixodiagnostika tomonidan qo`lga kiritilgan yutuqlar nazariy ahamiyatga ega bo`libgina qolmay, balki maktabgacha tarbiya pedagogikasidan tortib kosmonavtikagacha bo`lgan inson faoliyatining barcha sohalarida qo`llanila boshlandi. Eksperimental psixologiya va psixodiagnostika texnikaviy, ijtimoiy va biologiya fanlar bilan o`zaro bog`liq holda rivojlanmoqda.
H
?
ayvonlar ustida psixologik tajribalar olib borish mumkinmi? Agar mumkin bo`lsa, qanday maqsadlarda tashkil qilinadi?

Psixologik tadqiqotlarni tashkil etishga qo`yiladigan talablar:


1. Tadqiqotni rejalashtirish metod va metodikalarni tanlash va ularni moslashtirishni o`z ichiga oladi. Psixologik tadqiqot uchun ajratib olingan jarayonga ta`sir etuvchi barcha ichki va tashqi omillar e`tiborga olinishi kerak. Rejalashtirish-bu tadqiqotning mantiqiy va xronologik loyihasini tuzish, tekshiriluvchilar soni va kontingentini aniqlash, tekshirishlar sonini belgilash, matematik statistik tahlil rejasini ishlab chiqishdan iboratdir.
2. Tadqiqot o`tkaziladigan joy tashqi ta`sirlardan holi bo`lishi (xech bo`lmaganda ular hisobga olinishi kerak). Sanitariya-gigiena va injener-texnik talablarga javob berishi zarur.
3. Tadqiqotning texnikaviy ta`minoti hal etilishi, lozim bo`lgan vazifalarning talablariga mos bo`lishi kerak.
4. Tekshiruvchilarni tanlashda ularning sifat jihatdan bir xil bo`lishiga e`tibor berish lozim.
5. Tadqiqotchi ishni rejalashtirishdan tortib xulosa va tavsiyalar ishlab chiqqunga kadar tadqiqotning borishiga, shubhasiz, ta`sir etib turadi.
6. Tekshiriluvchi uchun ko`rsatma rejalashtirish bosqichida tayyorlanib, u qiska, lo`nda va tushunarli bo`lishi kerak.
7. Tadqiqot bayonnomasi to`liq va maqsadga muvofiq holda to`ldirilib borilishi zarur.
8. Olingan ma`lumotlar miqdoriy va sifat jihatdan tahlil qilinishi lozim.
Psixologik tadqiqotlarni tashkil etishning asosiy tamoyillaridan biri natijalarni sifat jihatdan tahlil etilishidir. Bunda tekshiriluvchi tomonidan vazifani necha marta bajarganligi emas, qanday amalga oshirganligi e`tiborga olinadi.
P
?
sixologik tadqiqotlarni to`g`ri tashkil etish uchun psixolog qanday bilim, ko`nikma va malakalarga ega bo`lishi kerak? Amaliy psixolog qanday tadqiqotlarni tashkil etishi mumkin?

Har qanday metoddan foydalanish jarayonida quyidagi metodologik tamoyillarga rioya qilish zarur:

  • metod fanning predmetiga mos kelishi va uning o`ziga xos xususiyatlarini aks ettirishi kerak;

  • psixologiyaning umumiy metodi ob`ektiv bo`lishi shart.

  • genetik (evolyutsion) tamoyilni saqlash kerak.

  • individual farqlar e`tiborga olingan holda ilmiy umumlashtirishdan foydalanish zarur.




Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə