1 mavzu: Psixologiyaning predmeti


Kuzatish va kuzatuvchanlik



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/99
tarix05.04.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#104394
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   99
Namangan davlat universiteti maktabgacha ta’lim kafedrasi

3. Kuzatish va kuzatuvchanlik 
Kuzatish idrokning mustaqil faoliyati sifatida namoyon bo`ladi. Kuzatishning muvaffaqiyati oldindan 
qo`yiladigan maqsadga, ko`riladigan tayyorgarlikka, kishining bilim va tajribalariga, diqqatning kuchiga 
va fikrlash faolligiga bog`liq. Kishining rejali, tizimli va davomli ixtiyoriy idrok qilish qobiliyatini 
kuzatuvchanlik deyiladi. Kuzatuvchanlik shaxsning shunday xislatlaridanki, bunda u narsa - 
hodisalarning unga bilinmaydigan, lekin muhim xarakterli xususiyatlarini payqay oladi. Kuzatuvchan 


kishi ko`proq narsani ko`radi, chuqurroq tushunadi, narsa - hodisalar o`rtasidagi o`xshashlik va farqni 
topadi, muhim bo`lmagan belgilarni ajratadi. 
Akademik I.P. Pavlov kuzatuvchanlikning ilmiy bilimdagi ahamiyatiga yuksak baho bergan. U Sankt - 
Peterburg yaqinidagi Pavlovo shahridagi Fiziologiya institutining old tomoniga “Kuzatuvchanlik, 
kuzatuvchanlik va yana kuzatuvchanlik” deb yozdirib qo`ygan. 
4. Idrokning fiziologik asoslari
Idrokning nerv - fiziologik mexanizmlari sezgilar kabi reflektor jarayondir. Lekin u sezgilargi 
qaraganda bir muncha murakkabroq. I. P. Pavlov ta`limotiga ko`ra, tevarak - atrofdagi narsa-
hodisalarning retseptorlarga ta`sir etishi tufayli hosil bo`ladigan muvaqqat nerv bog`lanishlari idrokning 
fiziologik asosini tashqil etadi. Bu muvaqqat bog`lanishlar narsa - hodisaning birgina xossasi bilan emas, 
balki barcha xossalari kompleks qo`zg`ovchilar ta`siri bilan vujudga keladi. Masalan, talaba butun bir 
dars jarayonida idrok qilayotganda o`qituvchini ko`radi, uning nutqini tinglaydi, yozadi. Bu kompleks 
qo`zg`ovchilar ko`rish, eshitish, muskul - harakat retseptorlarini qo`zg`aydi. Kompleks qo`zg`ovchilarni 
analizatorlarning miya po`sti bo`limidagi yadrolarida murakkab tahlil va sintez qilish amalga oshadi. 
Idrok jarayonida tahlil bilan bir vaqtda sintez ham ro`y beradi. SHuning uchun biz ayrim tovushlarni 
emas, butun so`z va iboralarni idrok qilamiz. Demak, idrokning nerv - fiziologik asosida ikkinchi signal 
tizimining muvaqqat nerv bog`lanishlari yotadi. Muvaqqat nerv bog`lanishlarining hosil bo`lish jarayoni 
sintez asosini tashqil etadi. Idrok asosida ikki xil nerv bog`lanishlari yotadi: 
a) bir analizator doirasida hosil bo`ladigan bog`lanishlar. Bu bir narsadagi kompleks qo`zg`ovchilarining 
organizmga ta`sir etishidan vujudga keladi. Masalan, eshitish analizatoriga ta`sir qiladigan ayrim 
tovushlarning o`ziga xos birikishi shunday qo`zg`ovchi bo`la oladi. Musiqa tinglash, rasm ko`rish. 
b) analizatorlararo bog`lanishlar. Bunda bir narsa yoki hodisadagi qo`zg`ovchilar bir necha 
analizatorlarga ta`sir etadi. Masalan, ko`rish, eshitish, muskul analizatorlari, ma`ruza, monolog. 

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə