1 mavzu: Psixologiyaning predmeti


Sezgilarning fiziologik asoslari



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/99
tarix05.04.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#104394
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   99
Namangan davlat universiteti maktabgacha ta’lim kafedrasi

2. Sezgilarning fiziologik asoslari. 
Sezgilarning hosil bo`lishi uchun faqat tashqi qo`zg`atuvchining ta`siri emas, balki organizmning o`zi 
ham faoliyatda bo`lishi kerak. Sezgi retseptorga ta`sir qilib turgan qo`zg`atuvchining maxsus quvvatini 
nerv jarayonining quvvatiga aylanishidan hosil bo`ladi. Sezgi faqat hissiy organning komponentigina 
emas, balki faoliyat tarkibidir. Sezgi psixik hodisa bo`lib, agar javob reaktsiya bo`lmasa yoki javob 
reaktsiyasi “mos” bo`lmasa hosil bo`lmaydi. Sezgi a`zolari harakat a`zolari bilan bog`liq. Bu a`zolar 
bajaradigan vazifa qo`lda joylashgan. Sezgi psixik hodisalar kabi reflektor tabiatga egadir. Sezgilarning 
fiziologik asosini qo`zg`atuvchining o`ziga adekvat bo`lgan analizatorga ta`sir natijasida yuzaga kelgan 
nerv jarayoni tashqil etadi. Analizator deb, I.P.Pavlov tevarak - atrof vokeligini tahlil qilish uchun 
organizmning murakkab suratda moslanganiga aytadi. Analizator uch qismdan iborat: 
1) Periferik (retseptor) - u tashqi ta`sirini nerv jarayoniga aylantiradi. 
2) Analizatorning periferiya qismini markaziy qism bilan bog`lovchi afferent (markazga intiluvchi) va 
efferent (markazdan qochuvchi) nervlar, o`tkazuvchi nerv yo`llari. 
3) Nerv impul’slari qayta ishlanadigan analizatorning miya po`stidagi qismlar. 
Analizatorlar tevarak - atrofdagi olam ta`sirlarini tahlil qilib beradi. Ular insonni hayoti uchun zarur 
bo`lgan qo`zg`atuvchilardan ajratadi. 
3. Sezgilar tasnifi va turlari 
Tasniflash xilma xil bo`ladi. Turli - tuman sezgini qaysi sezgi a`zolari yordami bilan hosil qilsak, 
ularni o`sha a`zolarga qarab quyidagi turlarga, ya`ni ko`rish, eshitish, hid bilish, ta`m bilish, teri, muskul 
harakat, organik sezgilarga ajratiladi. Sezgi a`zolari qaerda joylashganligiga qarab uchga tasniflanadi: 
1. Ekstrotseptiv sezgilar. 
2. Interotseptiv sezgilar. 
3. Propriotseptiv sezgilar (oraliq) 
Ekstrotseptiv sezgilar organizmning sirtida bo`ladi. Ko`rish, eshitish, hid bilish, ta`m bilish, teri 
sezgilari shular jumlasidandir. Bu sezgilar odamga tashqi muhitdan keladigan axborotlarni etkazadi va 
sezgilar qo`zg`atuvchi bilan retseptorlar o`rtasidagi masofaga qarab ikkiga bo`linadi: 
1) kontakt retseptorlar 
2) distant retseptorlar. 
Kontakt sezgilarda qo`zg`atuvchi bevosita retseptorga tegish kerak. Masalan: teri va ta`m bilish sezgilari. 
Distant sezgilar ma`lum bir masofadan turib sezgi hosil bo`ladigan sezgilardir. Masalan: ko`rish, eshitish, 
hid bilish. Interotseptiv sezgilarga organik sezgilar kiradi va organizm ichki holatlari haqida signal berib, 
oshqozon, yurak, ichak, qon tomirlari devorlaridan keluvchi qo`zg`alishlarni miyaga etkazadi. Ularning 
retseptor apparatlari ichki a`zolar devorlarida joylashgan. Ovkat hazm qilish, nafas olish, qon aylanish 
a`zolari va umuman ichki a`zolarida jarayonlar vujudga keltiradigan sezgilar shu interoretseptorlar 
yordami bilan bilinadi Masalan: organik sezgilar, proprioretseptorlar muskul, pay va boylanmalarda 
bo`ladi. Bu guruhga statik, muskul - harakat, vibratsiya sezgilari kiradi. Ko`rish sezgilariga rang


yorug`likni sezish kiradi. Ranglar xromatik, axromatik turga bo`lindi. YOrug`lik nurlari shisha prizma 
orqali o`tib singanda hosil bo`ladigan ranglar xromatik ranglar deyiladi. Xromatik ranglarga kamalakdagi 
etti xil rang kiradi. Axromatik ranglarga oq va kulrang kiradi. Nimaning aksi sariq dog`ga tushsa o`sha 
narsani hamma narsadan ko`ra ravshanroq ko`ramiz. Ko`rish sezgisini hosil qiladigan fizik sabab 
yorug`likdir. Odam ko`zi sezadigan ranglar taxminan 380 millimikrondan, 780 mm gacha o`zunlikda 
to`lqinlarni ta`siri bilan hosil bo`ladi. eng o`zun to`lqinlar qizil rang sezgisi hosil qiladi. eng qisqa 
to`lqinlar binafsha rang hosil qiladi. “SHapko`rlik” da tayoqchalar sust ishlaydi, yoki butunlay 
ishlamaydi. “Rang ajrata olmaslik” xromatik ranglarni seza olmaslik va farq qila olmaslikdan iborat. 
Ba`zi kishilar faqat axromatik kul rangni ko`radi. Bunday hodisa erkaqlarda 4%, ayollarda 0,5% uchraydi. 
Bo`nga sabab, ko`zning to`r pardalaridagi qolbachalar ishlamaydi. Masalan: ilon, kaltakesak, kabutar, 
tovuqlarning to`r pardasida faqat qolbachalar bo`ladi. eshitish sezgilarining fizik sababi havo 
to`lqinlarining harakati bo`lib, bu havo to`lqinlari tovush chiqaruvchi to`lqinlar tebranganda hosil bo`ladi. 
To`lqinlarning tekis harakatlaridan musiqaviy, notekis harakatlaridan shovqinli tovushlar hosil bo`ladi. 
Odamning eshitish organi bir sekundda 16 martadan 20000 martagacha tebranishlagi tovushlarni qabul 
eta oladi. Hid bilish sezgilari. Burun kovagining yuqori qismida joylashgan hid bilish (sezgilar) 
retseptorlari hid bilish e`zosi hisoblanadi. Havo bilan birga burun kovagiga to`shadigan hidli moddalar 
zarrachalari hid bilish analizatorlarining asosiy qismlaridir. Ta`m bilish sezgilari. Ta`m bilish 
retseptorlariga so`lakda va suvda eruvchi moddalarning ximiyaviy xossasi kiradi. Ta`m bilish 
so`rg`ichlari til yuzasida, tanglaydi, milkda va xalqumning yuqori qismiga joylashgan. Ta`m bilish 
sezgilari ta`m bilish retseptorlari hisoblanadi. Ta`m bilish sezgilari 4 ta sifatga ega: shirin, nordon, sho`r 
va achchiq. 
Teri sezgilari: Burun va og`iz shilliq pardasi, terisiga mexanik va termik qo`zg`atuvchining ta`siridan 
sezgining quyidagi turlari kelib chiqadi: 
a) taktil sezgilar (biror narsaning tegishini sezish); b) sovuqni sezish; v) issiqni sezish; g) og`riqni sezish; 
Biror narsani tegishini til uchi va barmoqlar uchi bilan yaxshi sezamiz. Muskul - harakat sezgilari va 
statik sezgilar Bunga og`irlikni his qilish sezgilari, qarshilikni, ayrim a`zolarning harakatini bilish 
sezgilari kiradi. Bu sezgilarning fizik sababi gavdalarimizning harakatlaridir. Statik sezgilar 
gavdamizning fazodagi holatini bilish va muvozanat saqlash sezgilari deyiladi. Bu statik sezgilar uchun 
ichki quloq daxlizi va ichki quloqdagi endolimfa nomli suyuqlik bilan to`lgan yarim doira kanallari 
retseptor vazifasini bajaradi. endolimfada sezuvchi nerv tarmoqlari bor, u organizmning fazodagi 
harakatini va holatini idora etadi. Organizm harakatlanganda endolimfa tebranib, ana shu nervni 
qo`zg`aydi, muvozanat a`zosi zararlansa muvozanat saqlanmaydi. 

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə