1 mavzu: Psixologiyaning predmeti



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/99
tarix05.04.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#104394
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   99
Namangan davlat universiteti maktabgacha ta’lim kafedrasi

2. Vaqtni idrok qilish 
Biz idrok qilib turgan narsa - hodisalar muayyan vaqt davomida paydo bo`ladi, o`zgaradi va o`tib 
ketadi. Vaqt materiya mavjudligining asosiy shakllaridan biridir. Vaqtni idrok qilish voqelikdagi 
hodisalarning ob`ektiv tezligi, davomiyligi va muntazamligini aks ettirishdir. Vaqtni idrok qilish ob`ektiv 
reallikni aks ettirib, kishini o`rab olgan muhitda mo`ljal olishiga imkon beradi. Vaqtni mo`ljal olish 
orientirovkasi miyaning po`sti bo`limlari yordamida amalga oshadi. Lekin vaqtni idrok qiluvchi maxsus 
a`zo yo`q. Vaqtni idrok qilishda turli analizatorlar qatnashadi, biroq vaqtlar oralig`ining bir muncha aniq 
farqi kinestezik va eshitish sezgilari beradi. Markaziy asab tizimida, bosh miya katta yarim sharlarida 
qo`zg`alish va tormozlanishning ritmik almashuvi, vaqtni idrok qilish asosida yotadi. Agar bosh miya 


po`stida qo`zg`alish jarayoni ustunlik qilsa, vaqt “tez” o`tgandek, agar tormozlanish ustunlik qilsa, vaqt 
“sekin” o`tgandek idrok qilinadi. Vaqtning “tez” yoki “sekin” o`tishi kishining vaqtga va diqqat 
yo`naltirilgan ob`ektga munosabatiga ham bog`liq. Masalan: biror darsning o`tishi, kinofil’mni ko`rish, 
avtobus yoki biror kishining kelishini kutish va xokazo. Odamlar vaqtni ob`ektiv belgilash, uning 
oralig`ini to`g`ri farqlashga imkon beradigan, narsalar oy, quyosh, yulduzlar harakatidan foydalanib 
kelganlar. 
3. Harakatni idrok qilish 
Tevarak - atrofdagi narsa - hodisalar muayyan vaqt davomida o`z o`rinlarini almashtirib turadilar. 
Kishilar narsa - hodisalarning fazoda o`rin almashtirib turishini, ya`ni harakatini ham idrok qiladilar. 
Harakatni idrok qilishda ko`rish va kineztezik analizator asosiy rol’ o`ynaydi. Tezlik, tezlanish va 
harakatning yo`nalishi harakat qilayotgan ob`ektiv parametridir. Odam narsalarning harakati haqida ikki 
yo`l bilan ma`lumot olishi mumkin: 
1. harakatni bevosita idrok qilish. 
2. harakat haqida xulosa chiqarish. 
Harakatni bevosita ko`rish orqali idrok qilish ikki xildir: 
a) ko`zni harakatdagi narsa bilan birga yuritish; b) ko`zni bir nuqtaga qaratib turish.
Harakatni tez yoki sekin bo`layotgandek idrok qilinadi. Harakatni bunday idrok qilishi narsalarning 
ob`ektiv tezligiga va uning idrok qiluvchidan qanchalik uzoq - yaqinligiga bog`liq. Harakatni eshitish 
analizatori yordami bilan ham idrok qilinadi. 

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə