1 mavzu: Psixologiyaning predmeti


Mavzu yuzasidan test savollari



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/99
tarix05.04.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#104394
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   99
Namangan davlat universiteti maktabgacha ta’lim kafedrasi

Mavzu yuzasidan test savollari: 
1. Ikkala ko`zi ko`r bo`lib tug`ilib, 52 yoshida yorug` dunyoni ko`rgan kishi narsa va hodisalarni ko`zi 
sog` kishilardek idrok eta oladimi? 
a) ha, idrok eta oladi; b) idrok eta olmaydi; v) idrok o`qitishni talab qiladi; 
g) fazoni idrok qilish tug`ma emas, shuning uchun idrok eta olmaydi. 
2. Idrokning ta`rifini quyidagi fikrlardan aniqlang? 
a) idrok sezgilardan tashqil topgan; b) idrok narsa va hodisalarni to`liq aks ettirish; v) idrok bilish 
jarayonlariga kiradi; 
g) idrok maxsus o`qitishni talab qiladi. 
Mavzu yuzasidan nazorat savollari; 
1. Idrok xossalarining bir - biridan farqi nimada? 
2. Idrok turlari va ularning tasnifini tushuntiring? 
3. Vaqt va harakatni idrok qilishning inson hayotidagi ahamiyati qanday? 
4. Idrokning sezgidan farqi nimadan? 
 
 
 
11-mavzu: Xotira 
Reja: 
1. Xotira haqida umumiy tushuncha 
2. Xotiraning nerv - fiziologik asoslari 
3. Xotira turlari: 
a) faolligiga ko`ra; b) maqsadiga ko`ra: v) muddatiga ko`ra. 
4. Xotira jarayonlari: a) esda qoldirish b) esga tushirish v) esda saqlash va unutish 
5. Xotiraning individual farqlari yoki xotira tiplari. 
6. Xotira tasavvurlari. 
Mavzu bo`yicha tayanch tushunchalar: 
Assotsiatsiya - miyadagi muvaqqat bog`lanishlar. 
Esda qoldirish - miyada iz hosil bo`lishi. 
Esda saqlash - esga tushirishga tayyor turgan material. 
Esga tushirish - esda turgan materialni yodga olish. 
Unutish - miyadagi material izining yo`qolishi. 
Xotira tiplari - esda qoldirish va unutish tezligiga ko`ra. 
Logik xotira - mantiqiy xotira, materialning mazmunini esda qoldirish. 
Emotsional xotira – his - tuyg`u bilan bog`liq bo`lgan xotira. 


1. XOTIRA HAQIDA TUSHUNCHA 
Xotira biz ilgari idrok qilgan, boshdan kechirgan va bajargan ishlarimizni yodda saqlash, keyinchalik 
ularni eslash yoki xotirlash jarayonidir. Biz har kuni yangi narsalarni bilamiz, kun sayin bizning 
bilimlarimiz boyib boradi. Xotira faoliyatida shaxsning g`oyaviy yo`nalishi katta o`rin egallaydi. Bu 
yo`nalish uning faoliyati, hayot sharoiti ta`sirida shakllanadi, kishi o`zining ish faoliyati uchun muhim 
bo`lgan voqea va hodisalarni yaxshi eslab qoladi. Aksincha, kishi uchun kam ahamiyatga ega bo`lgan 
narsalar yomon esda qoldiriladi va tezda unutib yuboriladi. Shaxsning yo`nalishi uning qiziqishida 
ifodalanadi, kishining qiziqishi xotiraga aniq va kuchli ta`sir ko`rsatadi, ya`ni yaxshi esda olib qolishini 
ta`minlaydi. Biz ko`pincha u yoki bu narsa - hodisalarni yomon esda qoldiramiz. Bu xotirani yomonligini 
emas, balki ularga qiziqish yo`qligini ko`rsatadi. Masalan, o`quvchilar hamma fanlarni bir xil eslab va 
o`zlashtirib olmaydilar. Bu ularning har xil xotiraga ega ekanliklarini emas, balki uqilayotgan fanga 
qiziqishining har - xilligi bilan tushuntiriladi. esda olib qolishga kishining emotsional munosabati ham 
katta ta`sir ko`rsatadi. Kishi uchun yakqol hayajonli reaktsiya vujudga keltiruvchi narsalar ongda chukur 
iz qoldirib, puxta va uzoq yodda saqlanadi. Biz bir narsadan ta`sirlansak, o`sha uzoq vaqt esda saqlanadi. 
Samarali xotira kishining iroda sifatlariga ham bog`liqdir. Kuchsiz, irodasiz, ishyoqmas kishilar har doim 
yuzaki, yomon xotirlaydilar. Aksincha, irodali, materialni o`zlashtirishga astoydil kirishadigan kishilar 
puxta va chuqur esda qoldiradilar. Samarali xotira kishining umumiy madaniyatiga uning aqliy 
saviyasiga, bilimiga, o`quviga, fikrlash qobiliyatiga, ko`nikma va odatlarga ham bog`liqdir. SHunday 
qilib, xotiraning tabiati va uning samaraliligi shaxsning xususiyatlari bilan bog`liqdir. Shaxs o`z oldiga 
qo`yilgan maqsad va vazifalari asosida o`zining xotirlash jarayonini ongli ravishda tartibga soladi va 
boshqaradi. 
Xotira sohasida quyidagi asosiy jarayonlar: esda olib qolish: esda saqlash; esga tushirish va unutish bir-
biridan farq qilinadi. Bu jarayonlar faoliyatda tarkib topadi va belgilanadi. Ma`lum materialni esda olib 
qolish hayot faoliyati davomida individual, ya`ni shaxsiy tajribani to`plash bilan bog`liqdir, to`plagan 
tajribadan keyingi faoliyatda foydalanish qaytaesga tushirishni talab qiladi. Ma`lum materialni faoliyatda 
qatnashmay qolishi yoki tushib qolishi yoddan chiqarishga olib keladi. 

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə