1 mavzu: Psixologiyaning predmeti



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/99
tarix05.04.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#104394
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   99
Namangan davlat universiteti maktabgacha ta’lim kafedrasi

b) ESGA 
TUSHIRISH VA UNING TURLARI. O`tmishda idrok qilingan narsalarning his-tuyg`u, fikr va 
ish - harakatlarining ongimizda qaytadan tiklanishi esga tushirish deyiladi. esga tushirishning nerv - 
fiziologik asoslari bosh miya po`stida ilgari hosil bo`lgan nerv bog`lanishlarining qo`zg`alishidir. esga 
tushirishning tanish, eslash, bevosita eslash, oradan ma`lum vaqt o`tkazib eslash, ixtiyorsiz va ixtiyoriy 
turlari bor. Tanish ilgari idrok qilingan narsa va hodisalarning takror idrok qilish natijasida u narsa yoki 
hodisaning esga tushishidir. Tanish aniq va noaniq bo`lishi mumkin. Noaniq tanishda biz bu narsani 
notanish emasligini his qilamiz holos. Masalan: bir odam ko`zimizga issiq ko`rinadi, lekin uni qaerda 
ko`rganimizni eslay olmaymiz. To`liq, aniq, tanishda esa idrok qilinayotgan narsaning nomi katta rol’ 
o`ynaydi. Masalan: biz bir kishining ko`rib uni taniy olmasak, uning familiyasini yoki ismini eshitsak 
darrov kim ekanini bilamiz. ESLASH narsa va hodisalarni uni shu paytda idrok qilmay esga tushirishdir. 
Masalan: bo`lib o`tgan voqea va hodisalarni, bilib olgan she`rimizni bemalol esga tushirishimiz mumkin. 
eslash ham aniq va noaniq bo`ladi. Masalan: Biz she`rni yoddan aytib bersak ham uni qaerda va qachon 
o`qiganimizni eslay olmaymiz. esga tushirish avval tanishdan boshlanadi. Masalan: imtixonga kirganda 
biletni ko`rib uning savolini o`qib taniymiz. Demak, predmetning nomi muhim rol’ uynar ekan. 
BEVOSITA eSGA TUSHIRISH materialni idrok qilish ketidanoq esga tushirishdan iborat. Masalan: 
she`rni yod olganimizda bir necha satrni o`qigach, kitobga qaramasdan takrorlaymiz, ya`ni bevosita esga 
tushiramiz. Bir karra ko`zdan kechirilgan materialni bevosita esga tushirilgan miqdoriga qarab 
XOTIRANING KO`LAMI aniqlanadi. Materialning ko`p qismini bevosita esga tushira oladigan kishining 
xotira ko`lami keng hisoblanadi. Masalan: artistlarda so`z va iboralarni esda tutib qolish xotirasini 
ko`lami keng bo`ladi. Hisob - kitob ishlarini yuritadigan xodimlarda sonlarni esda tutish xotirasining 
ko`lami keng bo`ladi. VAqT O`TKAZIB eSGA TUSHIRISH esda olib qolingan narsani oradan bir 
qancha vaqt o`tkazib esga tushirishdirki, shu orada ongimizda boshqa jarayonlar o`tgan bo`ladi. Masalan: 
yoshligimizdagi voqea va hodisalarni shu tariqa eslaymiz. V) ESDA SAQLASH VA UNUTISH. Idrok 
qilingan narsalar miyamizda o`rnashib qolishi, esimizda turishi tufayli turli usulda esimizga tushishi 
mumkin. ESDA SAQLASH deyilganda ilgari tug`ilgan taassurot, fikr, his-tuyg`u va ish - harakatlarining 
takrorlanishiga moyillik paydo qilishi va mustahkamlanishi tushuniladi. Bunga sabab asab tizimining 
egiluvchanligidir. SHuning uchun asab tizimi ilgari bo`lib o`tgan taassurotlarini takrorlashga tayyor 
turadi. Faqat esga tushishi uchun qulay sharoit bo`lsagina esga tushadi. Bunday sharoit bo`lmaganda, 
zarur materialni ixtiyoriy eslash jarayoni qiyinlashadi. 
SHunday qilib, esga tushirishda ana shu tariqa qiynalib qolib, zarur bo`lgan narsani shu onda esga tushira 
olmaymiz. 


Unutilgandan keyin xotiraga keltirishni REMINISTSENTSIYA (xira esga keltirish) deyiladi. Bu 
hodisaning sababi shuki, uzoq vaqt bir ish bilan mashg`ul bo`lganda, miya po`stining asab hujayralarida 
charchash yuz beradi. CHarchash haddan oshishi natijasida nerv hujayralarida tormozlanish yuz beradi. 
Materialni esda qoldirilgandan keyin 12 soat ichida esga tushirilsa, materialni ko`p qismi unutiladi. 
Materialni o`qib o`rganib olingandan keyinroq uni yaxshi xotirlay olmasak, ammo oradan bir necha vaqt 
o`tgandan keyin uni to`la xotirlay olishlikning sababi materialni o`qib, o`rganib olishda ro`y beradigan 
charchashdir. Materialni eslash uchun bo`lgan kuchli xohish natijasida tormozlanish yuzaga keladi, bu esa 
materialni qayta esga tushirishdagi qiyinchilikni kuchaytirib yuborishi mumkin. Vaqt o`tishi bilan odam 
qandaydir boshqa ishga chalg`ib ketgach tormozlanish tarqab ketadi. SHunda esga tushirilishi lozim 
bo`lgan narsa xotiraga keladi. Materialni mustahkamlashga bo`lgan qiziqishni bo`lishi materialni uzoqroq 
esda saqlashga olib keladi. Unutish vaqtga bog`liq bo`ladi. Buni ebbingao`z aniqlagan. Uning 
ko`rsatishicha unutish material yod olingandan keyin darhol ayniqsa tez ro`y beradi, undan keyin esa 
unutish ancha sekinlashadi. Takrorlash unutishga qarshi asosiy vositadir, takrorlash faqatgina o`quv 
materialni pishiq esda qoldirishning asosiy sharti emas, balki uni bizning xotiramizda keyinchalik 
saqlanish sharti hamdir. Lekin unutish bilan kurashishning asosiy vositasi bo`lib, o`rganilgan bilimni 
tajribada qo`llash hisoblanadi. 

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə