1 mavzu: Psixologiyaning predmeti


Hissiyot haqida tushuncha



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/99
tarix05.04.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#104394
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   99
Namangan davlat universiteti maktabgacha ta’lim kafedrasi

1. Hissiyot haqida tushuncha 
Kishilar idrok qilayotgan (ko`rayotgan, eshitayotgan), bajarayotgan, o`ylayotgan, orzu qiladigan 
narsalarga befarq bo`lmaydilar. Bir xil predmetlar, shaxslar, harakatlar, voqealar bizni quvontiradi, 
boshqalari xafa qiladi, yana boshqalari g`azab-nafratimizni uyg`otadi. Biz xavf ostida qolganimizda 
qo`rquvni his qilamiz, dushman ustidan g`alaba qozonish yoki qiyinchilikni engish zavq uyg`otadi. 
Odamlarning o`zi bilayotgan va bajarayotgan narsaga munosabatini boshdan kechirishi his -tuyg`ular 
(yoki emotsiyalar) deyiladi. His - tuyg`ularning manbai biz idrok qiladigan, ish ko`radigan predmetlar va 
hodisalarning xususiyatlari vujudga keltiradigan ehtiyojlar, intilishlar, istaklardir. Bizning faoliyatimizni 
(mehnat, o`qish, o`yin) uning muvaffaqiyati va mag`lubiyatini ham his - tuyg`ular uyg`otadi. Hissiyot 
voqelikni aks ettirilishidir. Odam ayni bir paytda tirik organizm va jamiyat a`zosi bo`lishi bilan birga, o`z 
miyasida alohida shaxs sifatida, ayrim ob`ektlar bilan qiladigan ob`ektiv munosabatlarni aks ettiradi. 
Odam miyasida olamning aks ettirishni ana shunday o`ziga xos tomoni hissiyot sohasi yoki inson 
shaxsining emotsional tomoni hisoblanadi. Hissiyot - odam miyasida uning real munosabatlarining, ya`ni 
ehtiyojlar sub`ektining uning uchun ahamiyatli bo`lgan ob`ektlar bilan bo`lgan munosabatlarning aks 
ettirilishidir. “Hissiyot” tushunchasini faqat tirik mavjudotlar miyasida ularning ehtiyojlarini 
qondiradigan va qondirishga qarshilik qiladigan ob`ektlarga bo`lgan munosabatlarni aks ettirish haqida 
gap ketganda qo`llash mumin. Belgilari xuso`san yaqqol namoyon bo`ladigan hissiyotlarning ichdan 
kechirishdan iborat bo`lgan ruxiy jarayon sodir bo`lishining konkret shaklinigina emotsi
ya
deb ataladi. 
Masalan, vatanparvarlik, muhabbat, javobgarlik hissini emotsiya deb bo`lmaydi. 
2. His - tuyg`ularning vazifasi 
Hissiyot odamda sodir bo`layotgan hodisa va narsalardan shaxs sifatidagi odam uchun ahamiyatli 
bo`lganlari haqida darak beruvchi signallar tizimi hisoblanadi. Mazkur holda sezgi a`zolariga ta`sir 
qiluvchi cheksiz miqdordagi qo`zg`ovchilardan ayrimlari aniq bo`lib ajraladi, ba`zilari bir -birlari bilan 
qo`shilib ketadi va paydo bo`lgan hissiyot bilan birlashib ketadi. Natijada taassurot uyg`otib biror hissiy 
nom bilan ifodalangan xotira obrazlari tariqasida saqlanib qoladi. Buni fiziologik jihatdan shunday 
tushuntirish mumkin, ma`lum qo`zgalishlar, tirik mavjudotlar uchun xotirjamlik haqidagi yoki notinchlik 
haqidagi darak beruvchiga aylanadi. Hissiy kechinmalar esa, insonning shaxsiy tajribasi tarkib topadigan 
shartli reflekslar tizimini mustahkamlanishi sifatida namoyon bo`ladi. Hissiyotni mana shu darak 
beruvchilik vazifasi psixologiyada hissiyotning impressiv tomoni
 
deb ataladi. (impressiv-lotincha - 
taassurot). I.P.Pavlov tirik mavjudotlarning atrofimizdagi muhitga moslashuvida hosil qiladigan yoki 
buziladigan dinamik stereotiplar orqali biror hissiyotni va emotsional kechinmalarning ijobiy va salbiy 
sifatlarini tushuntirib beradi. Dinamik stereotip deganda, tashqi taassurotlarning ma`lum tartibda 
qaytarilishi natijasida hosil qilingan shartli reflekslar nerv bog`lanishlarining barqaror tizimi tushuniladi. 
Har turli qiyinchiliklar va qarshiliklarga duch kelish natijasida dinamik streotiplarninng “o`zgarishi” 
salbiy emotsional holatni yuzaga keltiradi. Hissiyot va uni kechirishning turli shakllari faqat darak 
beruvchilik vazifasini emas, balki boshqaruvchili
k
funktsiyasini ham bajaradi. emotsiya harakatlarda juda 
ko`p tana o`zgarishlarida ifodalanadi. Odam organizmidagi bu o`zgarishlar, kechirilayotgan hissiyotning 
ob`ektiv ko`rsatkichi hisoblanadi. Moslashish xarakteriga oid bo`lgan, ya`ni ovozning o`zgarishi, mimika, 
imo-ishora, organizmda sodir bo`ladigan jarayonning qayta o`zgarishidan iborat ixtiyorsiz va ongli 


harakatlar psixologiyada emotsonal harakatlarning ekspressiv tomoni deb ataladi (ekspressiv - 
ifodalanish). 
Odamning o`z hissiyotining ob`ektiga qanday shaxsiy munosabat ifodalangani mazkur holda 
qanday munosabatda bo`lishi ifodalangani hissiyot mazmunining sifat tomonini tashkil qiladi. Odatda 
shaxsning hayot faktlariga nisbatan bo`lgan emotsional munosabatlari ikkita sifatga ijobiy va salbiy 
sifatlarga ajratiladi. Shaxsning o`z hissiyoti ob`ektiga ijobiy va salbiy munosabatlaridan tashqari 
ikqilanish holatlari va noaniq tushunish munosabatlari ham bo`ladi. Bularni rohatlanish va 
qanoatlanmaslik hislariga qo`shib bo`lmaydi. Ikki taraflama hissiyotda (ambivalent hissiyotda) 
rohatlanish va azoblanish qo`shilib va biri ikkinchisiga o`tib ketmaydigan emas, balki bunday birga 
bo`lish kechirilayotgan hissiyotning zarur xarakterli sifatlaridan birini tashkil qiladi. Masalan: rashk 
hissida muhabbat va nafrat. Suv ichish va neft hidi. Rohatlanish va yoqimsiz - noxushlik hissi. 
Sub`ektning hissiyot predmetlariga nisbatan emotsional munosabatlarning to`rtinchi sifati odatda qisqa 
muddatli hissiy munosabatning noaniqligidir, lekin ba`zan ayrim ularni tushunishiga bo`lgan ob`ektlarga 
nisbatan ancha vaqtga davom etgan hissiyotlarning ham hissiy munosabatlarining sifati bo`ladi. Odam 
hayotida yangi narsaga duch keladi, bu narsa ko`pincha uni to`lqinlantirib, idrokida mazkur narsani 
tevarak - atrofidagi muhitdan ajratib olib, unga nisbatan ajablanish, hayratlanish, havas va qiziqish 
hissiyotini kechiradi. Bu yangi taassurotlarni dastlabki anglashning hissiy tomonidir. 

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə