1 mavzu: Psixologiyaning predmeti


Ixtiyoriy va ixtiyorsiz xayol



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/99
tarix05.04.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#104394
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   99
Namangan davlat universiteti maktabgacha ta’lim kafedrasi

3. Ixtiyoriy va ixtiyorsiz xayol 
Ixtiyorsiz xayolda obrazlar o`z - o`zidan hosil bo`ladi, hech qanday maqsad belgilanmaydi. Masalan, 
orzu, shirin xayol surish ixtiyorsiz bo`ladi. CHanqagan paytda suv obrazi hosil bo`ladi. Tush ko`rish 
ixtiyorsiz bo`ladi, biz qattiq uxlamagan holatda tush ko`ramiz. Tush ko`rishning sababi, bosh miyada 
tormozlanmay qo`zg`algan holatda qolgan markazlardir. Biz orzu qilgan kishilarimiz, o`ylagan, his qilgan 
narsalar haqida tush ko`ramiz. Uyqu vaqtida tug`iladigan sezgilar kishi organizmining holati va 
ehtiyojlari, kishi bedor yurgan chog`ida tuyg`usidan kechirgan hissiyotlar, uyqu vaqtida beixtiyor paydo 
bo`ladigan tasavvurlar odamning tush ko`rishiga sababchi bo`ladi. I.P.Pavlovning fikricha, tush 
ko`rishning fiziologik asosi ilmiy ta`sirotlarning nervda qoldirgan izlari kutilmagan tarzda bir - biri bilan 
bog`lanishidir. Ixtiyoriy xayol oldindan belgilangan maqsadga yo`nalgan bo`ladi. Muayyan obrazni 
yaratish uchun zarur bo`lgan materialni tanlash, iroda kuchini ishlatish yo`li bilan vujudga keladi. 
Masalan, san`at asarlari. Ixtiyoriy xayol ixtiyorsiz xayol bilan bog`liq bo`ladi. Masalan, biror ixtironi 
kashf qilayotganda muxandis beixtiyor obrazlarga, fikrlarga berilib ketgandek bo`ladi. SHoir va 
rassomlarda ilxom keladi. Ilxom kelishi uchun mehnat qilish, iroda kuchi sarf qilish kerak. Ilxom kelishi 
mehnatning natijasidir. 
Realistik xayol
turida voqelik aks ettiriladi, orzular amalga oshadi.
 Fantastik xayol 

amalga oshmaydigan xayol turi. Masalan, “ko`knori xayol”. 
3. Xayol sifatlari 
Kishilarning xayoli kengligi, mazmundorligi, kuchi va realligi, fantaziyaga boyligi jihatidan farq 
qiladi. Xayol kengligi voqelikning kishilar faoliyati uchun bo`ladigan doirasi bilan belgilanadi. Masalan, 
kishi san`at, texnika, sport, bilimga qiziqsa va shular haqida xayol qilsa bunday kishining xayoli keng 
bo`ladi. Xayolning unumdorligi biror narsaga nisbatan, xayolning boyligi, xilma-xilligi bilan belgilanadi. 
Xayol keng bo`lsa, u mazmundor ham bo`ladi. Xayol faoliyatning biror sohasida namoyon bo`ladi. 
Xayolning kengligi va mazmundorligi kishining bilim va tajribasiga bog`liq. Xayol kuchi kuchli va 
kuchsiz bo`ladi. Kuchli xayolda odam juda ta`sirlanadi. Masalan, biz “O`tkan kunlar”, “SHaytanat” 
romanini o`qiganimizda xayol kuchli bo`lishi natijasida juda ta`sirlanamiz. Ilmiy asarni, zerikarli 
hikoyalarni o`qiganimizda esa xayolimiz kuchsiz bo`ladi. Qiziqish kuchli bo`lsa xayol ham kuchli 
bo`ladi. Bolalarning xayoli fantaziyaga boy bo`ladi. Kishi imkoniyatiga qarab xayol qilsa, u real bo`ladi. 
Mehnat faoliyati natijasida xayol sifatlari rivojlanadi. Xayol kuchi quyidagilarga bog`liq bo`ladi: 
1. Xayol kuchi ehtiyoj, qiziqish, istaklarning kuchiga bog`liq bo`ladi. Masalan, faqat shu bugungi kun 
haqida o`ylasa, odamning xayoli kuchsiz bo`ladi. 
2. Xayol kuchi hissiyotga bog`liq bo`ladi, hissiyot qanchalik kuchli bo`lsa, xayol shunchalik erkin, jonli 
bo`ladi. 
3. Xayol kuchi idrokka bog`liq bo`ladi. Biz idrok qilayotganimizda diqqat bilan idrok qilsak, xayol 
kuchayib ketadi, agar diqqatimiz xayolga qaratilsa, unda idrok susayadi. Masalan, ba`zan bir xayolga 
berilib, atrofdagi narsalarni ko`rmaymiz, shovqinlarni eshitmaymiz. 
4. Xayol kuchi kishining ahvoliga, asab tizimiga bog`liq bo`ladi, ya`ni asab tizimining tetikligiga, 
charchab qolganligiga, sog`ligiga va betobligiga bog`liq bo`ladi. Masalan, harorat juda baland bo`lsa, 
kishining xayoli juda kuchli bo`lishi natijasida obrazlar juda yorqinlashib ketadi. Natijada bunday paytda 
odam alahsiraydi (gallyutsinatsiya). Gallyutsinatsiya xayolning kuchli namoyon bo`lishidir. 
Xayolning realligi – voqelikning to`g`ri aks ettiruvchi xayoliy obrazlarning yaratilishi. Geniylarning 
xayoli kuchli real xayoldir. Masalan, kosmosga uchish xayolini oldindan tasavvur etish. Xayolning 
realligi odamning tajribasiga, bilimiga, tafakkuriga bog`liq bo`ladi. Obrazlar amalga oshmasa, bu real 
xayol bo`lmaydi, balki fantastik xayol bo`ladi. Bolalarda xayol kattalarga taqlid qilish orqali o`sadi. 
Bolalarda fantaziya juda kuchli bo`ladi. Masalan, ular oddiy cho`pni “uchqur ot” deb tasavvur qilib 
o`ynaydilar. O`zlarini kahramon deb his qiladilar. YAsli yoshiga nisbatan bog`cha yoshidagi bolalar 
xayoli bir muncha kengroq bo`ladi. Ularda xayol asosan o`yin faoliyatida o`sadi. Bola kattalarga taqlid 
qilib shofyor bo`ladi, doktor bo`ladi va xokazo. Bog`cha yoshidagi bolalarda xayol ixtiyoriy bo`ladi. 
Masalan, katta odam bolaga kubiklardan uy yasash, rasm chizish kabi topshiriqlar beradi. Bog`cha 
yoshidagi bolalarning xayoli kattalar bilan muloqotda bo`lish ta`sirida o`sadi. Bolalar ertaqlarni 
tinglashni, voqealarni eshitishni yoqtiradilar. Kattalarning fikrlarini eshitish natijasida bolalarda ular hali 
ko`rmagan narsalar to`g`risida obrazlar paydo bo`ladi. Bolalar o`yin vaqtida erkin obrazlarni yaratadilar. 
Kichik yoshdagi bolalar xayolning o`sishi uchun tarbiyachining olib boradigan mashg`ulotlari, turli 
o`yinlarini tasavvur etishlari katta ahamiyatga ega. Asosan qiziqishlar xayolning o`sishiga yordam beradi. 


Xayol faoliyati kuchli bo`lsa, uning mazmuni kengroq idrok etiladi. Xayol tasavvurlari esda olib qolish, 
esga tushirish, bog`lanishlarni vujudga keltirish uchun tayanch bo`ladi. Tafakkur jarayonidagi yaqqollik 
xayol faoliyati tufayli hosil bo`ladi. Xayol faoliyati tufayli tug`iladigan hislar ko`pincha ancha kuchli va 
barqaror hislar bo`ladi. Demak, biz ta`lim - tarbiya jarayonida yoshlarda xayol, fantaziyani rivojlantirishni 
maqsad qilib olishimiz zarur. 

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə