1 mavzu: Psixologiyaning predmeti



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/99
tarix05.04.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#104394
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   99
Namangan davlat universiteti maktabgacha ta’lim kafedrasi

17 - mavzu: Xarakter 
Reja: 
1.Xarakter haqida tushuncha. 
2. Xarakterning fiziologik asoslari. 
3. Xarakter tipologiyasi. 
4. Xarakter aktsentuatsiyasi. 
5. Xarakter tarkibi. 
6. Xarakterning shakllanishi. 
Mavzu yuzasidan tayanch tushunchalar: 
Xarakter - shaxsning voqelikka bo`lgan munosabatlarini ifodalovchi uning xulq - atvori va xatti - 
harakatlarida namoyon bo`ladigan barqaror xususiyatlarning individual tarzdagi yig`indisi. 
Xarakter aktsentuatsiyasi - biror xususiyatning boshqa belgilar fonida ajralib turishi va alohida 
rivojlanishga ega bo`lishi. 
Psixopatiya - aqliy qobiliyat saqlanib qolgani tarzda boshqa kishilar bilan bog`liq xarakterga oid hastalik, 
ba`zan atrofdagilar uchun ijtimoiy xavfli bo`lishi ham mumkin. 
1. Xarakter haqida tushuncha 
Har bir odam har qanday boshqa odamdan o`zining individual - psixologik xususiyati bilan ajralib 
turadi. Bu erda gap xarakter haqida boradi. “Xarakter” so`zi aynan tarjima qilinganda grekchadan 
“tamg`a” degan ma`noni anglatadi. Lekin har qanday individual xususiyatlar ham xarakter bo`la olmaydi. 
Masalan, ko`rish va eshitishning o`tkirligi, tez esda olib qolish bu xarakter emas. 
Xarakter deganda mazkur shaxs uchun tipik hisoblangan, faoliyat usullarida namoyon bo`ladigan, tipik 
sharoitlarda ko`rinadigan va bu sharoitlarga shaxsning munosabati bilan belgilanadigan individual - 
psixologik xususiyatlar yig`indisi tushuniladi. Xarakter xususiyatlarining namoyon bo`lishi - har bir tipik 
vaziyat hissiy kechinmalarining individual o`ziga xos xususiyati shaxs munosabatlariga bog`liq. Ikkinchi 
tomondan, har bir tipik vaziyatdagi harakat sifatlari va individual o`ziga xos usullari shaxs 
munosabatlariga bog`liq. Xarakterning intellektual, hissiy va irodaviy xislatlarini ajratish mumkin. 
Xarakter deganda, shaxsda muhit va tarbiya ta`siri ostida tarkib topgan va uning irodaviy faolligida, 
tevarak atrofdagi olamga (boshqa kishilarga, mehnatga, buyumlarga) o`z - o`ziga bo`lgan munosabatlarda 
namoyon bo`ladigan individual xususiyatlarini tushunamiz. 
Xarakterning juda ko`p xislatlari odamning ish - harakatlarini belgilovchi chuqur va faol mayllar 
hisoblanadi. Mana shu moyilliklarda xarakter xislatlarining undovchilik kuchi namoyon bo`ladi. Odam 
xarakter xislatlarining ana shunday undovchilik kuchi tufayli ko`pincha ob`ektiv sharoitga zid ish qiladi 
va mutlaqo maqsadga nomuvofiq harakat usullarini qo`llaydi. Ayrim odamlar bilib turib qiyin vazifani 
tanlaydilar, ayrimlar aksincha. Xarakter xislatlari ma`lum tarzda harakat qilishga ba`zan esa sharoitga 
qarama - qarshi harakat qilishga undar ekanlar, ular hayotiy qiyin daqiqalarda yaxshiroq namoyon 
bo`ladilar. Xarakter qarshilik ko`rsatuvchi sharoitlar bilan kurashda sinaladi. Xarakterni tarbiyalash 
barkamol avlodni tarbiyalashning markaziy va muhim vazifalaridan biridir. Qat`iyatlilik tanqidiy qarash, 
fahm-farosat, kuzatuvchanlik, xushyorlik singari xislatlari – intellektual (aqliy), quvnoqlik, mehribonlik - 
hissiy - irodaviy xususiyatlarga kiradi. 



Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə