1 mavzu: Psixologiyaning predmeti


Faoliyatning individual uslubi va temperament



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/99
tarix05.04.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#104394
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   99
Namangan davlat universiteti maktabgacha ta’lim kafedrasi

5. Faoliyatning individual uslubi va temperament 
Temperament xususiyatlarining o`ziga xos yig`indisi inson faoliyati munosabatlari va bilish 
jarayonlarida faoliyatning individual uslubi sifatida namoyon bo`ladi. U faoliyatning temperament bilan 
bog`liq dinamik tomonlarini ifodalaydi. 
Faoliyatning individual uslubi faqat temperamentga ega emas, balki boshqa sabablarga shaxsiy tajriba 
jarayonida hosil bo`lgan ko`nikma va malakalarga ham bog`liqdir. Faoliyatning individual uslubini inson 
organizmini tug`ma xususiyatlari va asab tizimi tiplarining faoliyat sharoitlariga moslanishi deb qarash 
mumkin. Bunday moslanish kam kuch sarflab ko`proq natijaga erishish imkonini berishi kerak. 
Faoliyatning individual uslubining asosini asab tizimi xususiyatlari yig`indisi tashqil etadi. Faoliyatning 
individual uslubiga kiruvchi 2 xil xususiyatlar mavjud: 
1. Asab tizimi individual xususiyatlari nuqsonlarining o`rnini tuldiruvchi tajriba jarayonida shakllangan 
xususiyatlar. 
2. Insonda mavjud layoqat va qobiliyatlardan maksimal darajada foydalanish imkonini beruvchi 
xususiyatlar. 
6. Temperamentni tarbiyalash 
Temperament tiplarining kelib chiqishida irsiyatning roli katta. Masalan, gomozigot (1 tuxumdan ) 
rivojlangan va geterozigot (2 tuxumdan rivojlangan). egizaqlar temperamentlarini solishtirib bunga 
ishonch hosil qilish mumkin. Temperamentning ayrim xususiyatlari hayot davomida ma`lum bir 
o`zgarishga uchrashi mumkin. Lekin temperament tipi o`zgarmaydi. Temperament xususiyatlari ma`lum 
bir yoshda birdaniga paydo bo`lmaydi. Ba`zan kichik bolalarda yosh xususiyatlari tufayli to`la darajada 
namoyon bo`lmaydi. Ma`lum bir temperament tipining asosiy xususiyatlari birdaniga hammasi namoyon 
bo`lmaydi, balki yoshga qarab sekin - asta asab tizimining voyaga etishi bilan bog`liq holda namoyon 
bo`ladi. Bu jarayonni biz temperamentning voyaga etishi deb ataymiz. Umuman yaxshi va yomon 
temperament tipi yo`q. Masalan, sangvinik o`zining hissiyligi va ishchanligi bilan ajralib turadi. Lekin 
uning mayllari, diqqati beqarordir. Melanholik tez toliqadi, o`ziga ishonmaydi, lekin u noziq sezuvchi, 
ehtiyotkor va xushyor odamdir. Agar xolerikning kuch - quvvati, ehtirosliligi munosib maqsadlarga 
yo`naltirilgan bo`lsa, qimmatli fazilatlar bo`lishi mumkin, lekin etarlicha bo`lmagan muvozanatlik, hissiy 
qo`zg`aluvchanlik, zarur tarbiya bo`lmaganda o`zini tuta olmaslikda, keskinlikda, doimo qizishib 
ketishiga moyillikda ifodalanishi turgan gap. Flegmatikning vazminligi, sabr - toqatliligi, 
shoshqaloqlikning yo`qligi, qimmatli xususiyatlardir. Lekin tarbiyaning noqulay sharoitlarida ular kishini 
bo`shashtirib hayotining ko`pgina taassurotlariga befarq qilib qo`yadi. Shunday qilib, temperamentning 
aynan bir xil boshlang`ich xususiyatlari ularning qanday - ijobiy va salbiy tomonga rivojlanishini 
oldindan belgilab bermaydi. SHuning uchun tarbiyachining vazifasi bir temperamentni boshqasiga 
o`zgartirishga o`rinib ko`rishdan iborat bo`lmasligi kerak, balki muntazam ish olib borish yo`li bilan har 
bir temperamentning ijobiy tomonlari rivojlanishiga ko`maklashish va ayni paytda ushbu temperament 
bilan bog`liq bo`lishi mumkin, salbiy jihatlardan holi bo`lishga yordam berishdan iboratdir. 

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə