1-mavzu. Qurilishda bahoni shakllantirishning umumiy masalalari. Qurilishda narxlarni shakllantirish usullari


Boshqa operatsion xarajatlardan quyidagi xarajat moddalari



Yüklə 168,2 Kb.
səhifə38/43
tarix19.10.2023
ölçüsü168,2 Kb.
#128342
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
Мавзу Қурилиш-монтаж ишларида пудратчининг бошқа харажатлари ва-fayllar.org

1.2. Boshqa operatsion xarajatlardan quyidagi xarajat moddalari:
1) Maslahat va axborot xizmatlariga haq to‘lash.
2) Tashkilotlar uchun auditorlik xizmatlari, qaysiki qonunda ko‘rsatilgan auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish to‘lovlari.
3) Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar yo‘nalishga tegishli kadrlarni mutaxassisligi bo‘yicha tayyorlash va ularni qayta tayyorlash xarajatlari.
4) O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga ko‘ra kompensatsiya to‘lovlari.
5) Bir marta beriladigan mukofotlar, yil davomidagi ish yakunlari bo‘yicha rag‘batlantirishlar, uzoq muddat ishlaganlik uchun rag‘batlantirish va to‘lovlar, shu jumladan xo‘jalik yurituvchi sub’ektning o‘z qaroriga ko‘ra natura bilan to‘lovlar, shuningdek yagona ijtimoiy to‘lov summasi, ular bo‘yicha hisoblangan haq (Korxonaning mehnatga haq to‘lash fondidan va jamoat shartnomasi asosida).
(faqat boshqaruv va ishlab chiqarishda band bo‘lgan hodimlarga to‘lovlar hisobga olinadi, chunki ishchilar bo‘yicha 1-T hisobot yoki statorgan ma’lumotlaridan qabul qilingan o‘rtacha oylik ish haqida hisobga olingan).
6) Qonun hujjatlariga yoki xo‘jalik yurituvchi sub’ektning o‘zining qaroriga muvofiq majburiy progul vaqti yoki past haq to‘lanadigan ishni bajarganlik uchun haq to‘lash (boshqaruv va ishlab chiqarishda band bo‘lgan hodimlar).
7) Vaqtincha mehnat layoqatini yo‘qotgan taqdirda qonun hujjatlari bilan belgilangan haqiqiy ish haqi miqdorigacha qo‘shimcha haq (boshqaruv va ishlab chiqarishda band bo‘lgan hodimlar).
8) Asosiy ish joyi bo‘yicha ishchilarga, xo‘jalik yurituvchi sub’ekt ishchi va mutaxassislariga ular ishdan ajragan holda malaka oshirish va kadrlarni qayta tayyorlash tizimida o‘qigan vaqtda ish haqi to‘lash (boshqaruv va ishlab chiqarishda band bo‘lgan hodimlar).
9) Qonun hujjatlariga muvofiq 12 yoshga to‘lmagan ikki va undan ortiq bolasi yoki 16 yoshga to‘lmagan nogiron bolasi bor bo‘lgan ayollarga berilgan qo‘shimcha ta’tilga haq to‘lash (boshqaruv va ishlab chiqarishda band bo‘lgan hodimlar).
10) Hodimlarning (davolanish va dam olishga, ekskursiya va sayohatlarga yo‘llanmalari, sport seksiyalarida to‘garaklarda, klublardagi mashg‘ulotlari, madaniy-ko‘ngilochar va jismoniy tarbiya (sport) tadbirlariga qatnashishi, (ovqatlanishi, yo‘l kirasi shaxsiy obuna va iste’moli hamda boshqa shunga o‘xshash to‘lovlarsiz) xarajatlarini qoplash. Ob’ektlarda ishchilarning ovqatlanish xarajatlarini qoplash haqidagi, Hukumat qarorlari mavjud bo‘lgan xollarda hisobga olinadi.
(pudrat shartnoma shartlariga muvofiq buyurtmachi bilan kelishilgan holda qabul qilinadi).
11) Qonunchilikka muvofiq bolani ikki yoshga to‘lgungacha parvarish qilish bo‘yicha har oylik nafaqani to‘lash bo‘yicha xarajatlar.
12) Amaldagi qonunchilikka muvofiq xo‘jalik yurituvchi sub’ektlardan ularning qayta tashkil etilishi, hodimlar va shtatlar sonining qisqarishi munosabati bilan bo‘shab qoladigan hodimlarga to‘lovlar.
13) Agar, o‘rnatilgan qonunchilik qoidalarida vaqtincha to‘xtatib qo‘yish amalga oshirilsa va loyihada qurilish-montaj hajmlarini bajarilgan davrga muvofiq vaqtincha to‘xtatib qo‘yish va qayta ishga tushirish nazarda tutilgan bo‘lsa, vaqtincha to‘xtatib qo‘yilgan ishlab chiqarish quvvatlari va ob’ektlarini saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlari (boshqa manbalar hisobiga qoplanadigan xarajatlaridan tashqari).
14) Bank va dipozitariy xizmatlariga to‘lovlar.
15) Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan va ho‘jalik yurituvchi sub’ekt xarajatlariga kiritiladigan byudjetga majburiy to‘lovlar, soliqlar, yig‘imlar, davlat maqsadli jamg‘armalariga ajratmalar, shuningdek Hukumat qarorlariga binoan xalqaro tashkilotlarga a’zolik badallarini to‘lash.
16) Tabiiy ofatlar (ishlab chiqarish zaxiralari, tayyor mahsulotlar va boshqa moddiy boyliqlarning nobud bo‘lishi va buzilishi, ishlab-chiqarishning to‘xtashi va boshqalar tufayli yo‘qotishlar) tufayli ko‘rilgan qoplanmaydigan yo‘qotishlar va zararlar, shu jumladan, tabiiy ofatlar oqibatlarining oldini olish yoki oqibatlarini bartaraf etish bilan bog‘liq xarajatlar.
17) YAngi texnologiyalar yaratish va qo‘llanilayotgan texnologiyalarni takomillashtirish, shuningdek ilmiy-tadqiqot, tajriba konstruktorlik ishlari olib borish, hom ashyo va materiallarning yangi turlarini yaratish bilan bog‘liq mahsulotlar sifatini oshirish xarajatlari. (qurilish-montaj ishlarini bajarish bilan bog‘liq asosiy vositalarni sotib olish ularni o‘rnatish xarajatlari va kapital xarakterdagi boshqa xarajatlardan tashqari).
18) Ishlab chiqarish tusidagi ixtirochilik, ratsionalizatorlik, tajriba-eksperiment ishlari olib borish ixtirochilik va ratsionalizatorlik takliflari bo‘yicha modellar va namunalarni tayyorlash va sinash, ko‘rgazmalar va ko‘riklar, tanlovlarni, sertifikatlash hamda ixtirochilik va ratsionalizatorlik bo‘yicha boshqa tadbirlarni tashkil etish, mualliflar haqini to‘lash xarajatlari va boshqa xarajatlar.
19) Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda muvofiq, boshqaruv va ishlab chiqarishda band bo‘lgan hodimlarining, shuningdek ishlab chiqarish jarayonida qatnashmaydigan, asosiy ishlab chiqarishda boshqa hodimlarning vaqtincha mehnatga layoqtsizligi bo‘yicha nafaqalar to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar.

Yüklə 168,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə