1-mavzu. Qurilishda bahoni shakllantirishning umumiy masalalari. Qurilishda narxlarni shakllantirish usullari


Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlardan



Yüklə 168,2 Kb.
səhifə39/43
tarix19.10.2023
ölçüsü168,2 Kb.
#128342
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
Мавзу Қурилиш-монтаж ишларида пудратчининг бошқа харажатлари ва-fayllar.org

1.3. Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlardan:
1) Ish haqi to‘lovi uchun olingan muddati o‘tmagan bank va moliya-kredit tashkilotlari kreditlari bo‘yicha O‘zR Markaziy banki nomoliyaviy stavkalaridan ortiq bo‘lmagan foizlar. (VM 02.05.2004y 226-son Qarorining 1-ilovasiga asosan ob’ektlar qurilishi jarayonida pudrat tashkilotlariga berilgan bank kreditlari bo‘yicha foiz to‘lovlari hisobga olinmaydi).
2) Mol-mulkni uzoq muddatli ijaraga olish (lizing) bo‘yicha foizlarni to‘lash xarajatlari. (pudrat shartnoma shartlariga muvofiq buyurtmachi bilan kelishilgan holda qabul qilinadi).
3) CHet el valyutasi bilan operatsiyalar bo‘yicha salbiy kurs tafovutlari va zararlari.

8-mavzu. Respublikada markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar hisobiga investitsiya loyihalarini shakllantirish


9-mavzu. Kapital qurilishda tanlov savdolari va ularni o‘tkazish tartibi
9.1. Kapital qurilishda tanlov savdolari va ularning ahamiyati
9.2. Tanlov savdolari turlari va ular ishtirokchilari
9.3. Kapital qurilishda tanlov savdolarini tashkil etish va tartibga solish


9.1. Kapital qurilishda tanlov savdolari va ularning ahamiyati
O‘zbekiston Respublikasi hududida kapital qurilish, shuningdek ilgari to‘xtatib qo‘yilgan ob’ektlar qurilishini davom ettirish bilan bog‘liq ishlar va xizmatlarning butun kompleksini bajarish, tovarlar xarid qilish, asbob-uskunalar sotib olish Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 3 iyuldagi 302-son qaroriga asosan tanlov savdolari (tenderlar) orqali amalga oshiriladi. Uni tashkil etish va o‘tkazish tartibi va shartlarini esa ushbu Qarorda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi hududida kapital qurilishda tanlov savdolari to‘g‘risidagi Nizom» belgilaydi.

Nizom tanlov savdolarini o‘tkazishning barcha tashkiliy bosqichlarini belgilab beradi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi:


  • Umumiy qoidalar


  • Tanlov savdolari qatnashchilari


  • Tanlov savdolari shakllari


  • Talabgorga qo‘yiladigan malaka talablari


  • Tanlov savdolarini o‘tkazishga tayyorgarlik


  • Tanlov hujjatlarining tarkibi, tuzilishi, ularni ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi


  • Ofertalarni taqdim etish


  • Tanlov savdolarini o‘tkazish va ularni yakunlash


  • Tanlov hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish hamda tanlov savdolarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi monitoringi


  • Narxlarga tuzatishlar kiritish va sug‘urta


  • Tanlov savdolarini tashkil etish va o‘tkazish xarajatlari


  • Tanlov savdolari qatnashchilarining javobgarligi


Nizom talablari O‘zbekiston Respublikasi hududida markazlashtirilgan manbalar (davlatning kapital qo‘yilmalari), davlat boshqaruv organlari va davlat korxonalari mablag‘lari hisobiga tovarlar, ishlar va xizmatlar xarid qilishda majburiy hisoblanadi. Boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladigan qurilish ob’ektlari uchun Nizom talablari tavsiya xususiyatiga ega bo‘ladi.


Agar xorijiy kreditlar va grantlar berish shartlariga ko‘ra o‘zgacha tartib belgilangan bo‘lsa, tovarlar, ishlar va xizmatlar xaridiga nizom joriy etilmaydi.
Tanlov savdolari o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror buyurtmachi tomonidan faqat tanlov savdolari predmeti tegishli hujjatlar (kredit shartnomasi, bank ma’lumotnomasi, qurilishlarning aniq ro‘yxati, davlat boshqaruv organi qarori va boshqalar) bilan tasdiqlangan moliyaviy resurslar bilan ta’minlangan taqdirda qabul qilinadi.
Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalanilgan:

Yüklə 168,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə