1-mavzu. “Sohada axborot kommunikatsiya texnologiyalari” faniga kirish


Tarmoqlararo ekran quyidagi to’rtta funksiyani bajaradi



Yüklə 5,45 Mb.
səhifə9/12
tarix26.10.2023
ölçüsü5,45 Mb.
#131237
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
1-ma\'ruza mashg\'uloti

Tarmoqlararo ekran quyidagi to’rtta funksiyani bajaradi:
-ma’lumotlarni filtrlash;
-ekranlovchi agentlardan foydalanish;
-adreslarni translyasiyalash;
-hodisalarni qayd qilish.
Tarmoqlararo ekranning asosiy vazifasi (kirayotgan yoki chiqayotgan) trafikni filtrlashning turli qoidalari o’rnatilishi mumkin. Filtrlash qoidalari filtrlar ketma-ketligini tanlash orqali amalga oshiriladi. Ushbu filtrlar o’zidan keyingi filtrga yoki protokol sathiga ma’lumotlarni uzatilishiga ruxsat beradi yoki taqiqlaydi.




1.4.Kompyuterga axborotlarni: kiritish, namoyish va chop qilish qurilmalari


1.4.1.Axborotlarni kiritish qurilmalari va ularning tasinfi
Klaviatura. Klaviatura kompyuterga harfli, raqamli va boshqa belgilarni kritish qurilmasi. Klaviatura 101-105 klavishli bo’lib, ularning asosiy klavishlari lotin va rus harflaridan iborat.

Chap [Alt]+[Shift] klavishlar uyg’unligi (birgalikda bosilishi) lotin alifbosidan rus alifboga o’tishni ta’minlaydi va aksincha.




Sichqoncha monipulyatori. Sichqoncha - operatsion tizimning ish stolidagi obyektlari bilan ishlash qurilmasi. U chap, o’ng klavishlar va aylanuvchi g’ildrakdan iborat.
U kerakli oynani, faylni va menyundagi kerakli pozisiyani tanlash, oynalar o’lchamini o’zgartirish, fayllarni yuklash (chap klavishni ikki marta tez-tez bosish orqali), kontekst menyuni chaqirish (o’ng klavishni bir marta bosish), ro’yxatlar yoki matnlar bilan ishlashda prokurutka vositasi sifatida foydalanish imkoniyatini beradi.
Hozirgi vaqtda sichqonchaning ottik va lazerli, simli (USB portiga ulanuvchi) yoki simsiz (USB portiga radiosignal qabul qiluvchisi - uzatuvchisi ulanuvchi) ikkita turi ishlatiladi. Dyuymdagi nuqtalar soni bilan o’lchanadigan optik sensor imkoniyatlari sichqonchaning asosiy texnik xarakteristkasi hisoblanadi va dpi (dots per inch) birliklarida beriladi va 600-3200 dpi ga teng bo’lishi mumkin. Masalan 600 dpi yozuvi 1 dyuym ( 2,54 mm) da 600 nuqta mavjud ekanligini anglatadi.
Sichqonchaning vazifalari. Chap va o’ng klavishlarning vazifalari dastur asosida almashtirilishi mumkin. Odatda, sichqonchani chap klavishi yordamida asosiy amallar bajariladi. Sichqonchani o’ng klavishi kontekst menyuni chiqarish va u bilan buyruqlar berish uchun xizmat qiladi. Kontekst menyuning vazifasi joriy holatda u yoki bu amalni tezroq bajarish bilan bog’liq. Sichqoncha klavishlarini o’rtasida joylashgan g’ildiragi joriy oynani ish sohasi sahifasini o’tkazish uchun xizmat qiladi.
Sichqoncha obyektlarni, oynalarni va dasturlarni boshqarish manipulyatoridir. U kompyuterni boshqarish jarayonini keskin osonlashtiradi. Masalan, Windows tizimida sichqonchasiz normal ishlash mumkin emas. Sichqonchadagi uchta klavishining, asosan ikkitasi ko’proq ishlatiladi. Sichqonchani chap klavishi asosan kompyuterni boshqarish uchun xizmat qiladi. U Enter klavishini vazifasini bajaradi. Sichqonchani o’ng klavishining vazifasi dasturga bog’liq bo’ladi. Ko’p hollarda u Esc tugmasini vazifasini bajaradi.
Skaner. Grafikli axborotlarni kompyuterga kiritish qurilmasi. Skanerlar stol va qo’lda ishlatiluvchi ikkita asosiy tipga ajratiladi.
Stol ustida ishlatiladigan skanerlari uch xil ko’rinishi ajratilib ko’rsatiladi: planshetli, rulonli (o’ramli) va proyeksiyali. Stol usti skanerlarni A4 formatli turidan foydalanish ancha ommalashgan.
Skanerlarni sifat ko’rsatkichini dyuymdagi nuqtalar soni (dpi) bilan o’lchanadigan ajrataolishi bilan tasinflanadi. Yaxshi skanerlarni ajrataolishi 1200-2400 dpi ga teng bo’ladi. Zamonaviy planshetli skanerlar rangli bo’lib, ularda ranglar 24 dan 36 bit gacha bo’lgan o’lchamda taqdim qilinadi.

Rulonli skanerlar, kengformatli skanerlar deb ataladi, ular 635 dan 1372 mm gacha bo’lgan o’lchamdagi sathni skanerlay oladi.Proyeksion skanerlar, uch o’lchamli predmetlarni skanerlash uchun qo’llaniladi.


Yüklə 5,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə