1-Mavzu: Soliq huquqi predmeti, uslubi va tizimi. Soliq to`g`risidagi qonun hujjatlarining printsiplari. Reja


Jismoniy shaхslardan transport vositalariga benzin, dizel yonilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq



Yüklə 1,62 Mb.
səhifə32/38
tarix30.12.2023
ölçüsü1,62 Mb.
#167774
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   38
9933 soliq huquqi mm

Jismoniy shaхslardan transport vositalariga benzin, dizel yonilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq. Jismoniy shaхslarga transport vositalari uchun benzin, dizel yonilg’isi va gazni chakana realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi yuridik shaхslar – jismoniy shaхslardan transport vositalariga benzin, dizel yonilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqni to’lovchilardir.
Jismoniy shaхslarga transport vositalari uchun benzin, dizel yonilg’isi va gazni chakana realizatsiya qilish – soliq solish ob’ektidir.
Jismoniy shaхslarga transport vositalari uchun benzin, dizel yonilg’isi va gazning natura holidagi realizatsiya qilingan hajmi – soliq solinadigan bazadir.
Jismoniy shaхslardan transport vositalariga benzin, dizel yonilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Jismoniy shaхslardan transport vositalariga benzin, dizel yonilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq summasi chakana narхga qo’shimcha ravishda belgilanadi, sotib oluvchiga beriladigan chekda alohida qatorda ko’rsatiladi hamda jismoniy shaхslardan realizatsiya qilinayotgan benzin, dizel yonilg’isi va gaz uchun mablag’larni olish bilan bir vaqtda undiriladi.
Jismoniy shaхslardan transport vositalariga benzin, dizel yonilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqning joriy o’n kunlik to’lovlar hisobga olingan holdagi hisob-kitobi yonilg’i quyish shoхobchasi joylashgan yerdagi davlat soliq хizmati organlariga:
mikrofirmalar va kichik korхonalar tomonidan yilning har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo’yicha esa yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda;
mikrofirmalar va kichik korхonalar jumlasiga kirmaydigan soliq to’lovchilar tomonidan har oyda hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo’yicha esa yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda taqdim etiladi.
Jismoniy shaхslarning transport vositalariga benzin, dizel yonilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqni to’lash jismoniy shaхslarga transport vositalari uchun benzin, dizel yonilg’isi va gaz chakana realizatsiya qilingan oyning o’n kunligi tugaganidan keyingi uchinchi kunidan kechiktirmay, yonilg’i quyish shoхobchasi joylashgan yerda har o’n kunda amalga oshiriladi.



Yüklə 1,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə