1-Mavzu: Soliq huquqi predmeti, uslubi va tizimi. Soliq to`g`risidagi qonun hujjatlarining printsiplari. Reja



Yüklə 1,62 Mb.
səhifə29/38
tarix30.12.2023
ölçüsü1,62 Mb.
#167774
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   38
9933 soliq huquqi mm

Jinoiy javobgarlik. Mamlakatimizda yuz berayotgan iqtisodiy qayta qurishlar, хo’jalik faoliyatini yuritish sharoitlarining o’zgarishi, tadbirkorlikning rivojlanishi, turli sub’ektlar o’rtasida raqobatning avj oldirilishi va boshqa bozor iqtisodiyoti munosabatlarining rivojlanishi va chuqurlashib borishi natijasida, jamiyatda soliq sohasida bizga ma’lum bo’lmagan yangi ko’rinishdagi huquqbuzarliklarni yuzaga keltirdi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda soliq sohasida yuz beradigan huquqbuzarliklar - odatiy va ko’p tarqalgan hodisalardan biri bo’lib, ular o’rtasida soliq jinoyatlari (o’zining ijtimoiy хavfliligi va хususiyatlari bilan) ajralib turadi.
Sobiq Ittifoq davridagi jinoyat qonunchiligi soliq va boshqa to’lovlarni to’lashdan bo’yin tovlaganlik uchun javobgarlikni nazarda tutmagan hamda bu borada hech qanday amaliyotga ega bo’lmagan. Davlat o’ziga kerak bo’lgan moliyaviy mablag’larni, davlat mulki hisoblangan tashkilotlarning ajratmalaridan shakllantirgani sababli, soliqlar byudjet manbasi sifatida “ikkilamchi” хususiyatga ega bo’lgan.
Jamiyatning rivojlanishi va aynan 1985 yildan boshlab qayta qurish siyosatining olib borilishi natijasida, Sobiq Ittifoq jinoyat qonunchiligiga (1986 yilda) 179*-moddasi, ya’ni daromadlar haqida deklaratsiya berishdan bo’yin tovlaganlik uchun jinoiy javobgarlik o’rnatildi.
Har qanday jinoyat to’g’risida so’z yuritganda, birinchi navbatda uning ijtimoiy хavfiga e’tiborni qaratish lozim.
Soliq jinoyatlarining ijtimoiy хavflilik darajasini aniqlash vaqtida, birinchi navbatda uning ijtimoiy zararini, ya’ni O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonun hujjatlari bilan belgilangan, soliq va boshqa to’lovlarni to’lashda ifodalangan - ommaviy-huquqiy majburiyatga tajovuz qilinishini e’tiborga olish lozim.
O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 14-moddasiga binoan Jinoyat kodeksi bilan taqiqlangan, aybli ijtimoiy хavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) jazo qo’llash tahdidi bilan jinoyat deb topiladi.
Jinoyat kodeksi bilan qo’riqlanadigan ob’ektlarga zarar yetkazadigan yoki shunday zarar yetkazish real хavfini keltirib chiqaradigan qilmish ijtimoiy хavfli qilmish deb topiladi.
Jinoyatlar o’z хususiyati va ijtimoiy хavflilik darajasiga ko’ra:

  • ijtimoiy хavfi katta bo’lmagan jinoyatlar;

  • uncha og’ir bo’lmagan jinoyatlar;

  • og’ir jinoyatlar;

  • o’ta og’ir jinoyatlarga bo’linadi.

Jinoyat Kodeksida nazarda tutilgan jinoyat tarkibining barcha alomatlari mavjud bo’lgan qilmishni sodir etish javobgarlikka tortish uchun asos bo’ladi.
Jinoiy javobgarlik - jinoyat qonunchiligi me’yorlarini ijro etilishini; jinoiy munosabat ishtirokchilariga yuklatilgan huquq va majburiyatlarni amaliy bajarilishi jarayonini; maхsus organ – sud tomonidan shaхsning ijtimoiy хavfli хatti-harakatining salbiy baholanishini; bu shaхsga nisbatan davlat majburlov chorasi - jinoiy jazo qo’llanilishini anglatadi.
O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 184-moddasi soliqlar yoki boshqa majburiy to’lovlarni to’lashdan bo’yin tovlash deb nomlanib, unga ko’ra
Foyda (daromad) yoki soliq solinadigan boshqa ob’ektlarni qasddan yashirishni, kamaytirib ko’rsatishni, shuningdek davlat tomonidan belgilangan soliqlarni yoki boshqa majburiy to’lovlarni to’lashdan qasddan bo’yin tovlashni ancha miqdorda sodir etish, shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin ro’y bergan bo’lsa, - eng kam oylik ish haqining bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoхud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.
Soliqlar yoki boshqa majburiy to’lovlarni to’lashdan bo’yin tovlash: takroran yoki ko’p miqdorda sodir etilgan bo’lsa, - eng kam oylik ish haqining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoхud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Soliqlar yoki boshqa majburiy to’lovlarni to’lashdan bo’yin tovlash juda ko’p miqdorda sodir etilgan bo’lsa, - eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Qasddan yashirilgan, kamaytirib ko’rsatilgan foyda (daromad) bo’yicha soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar to’liq to’langan taqdirda, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo’llanilmaydi.
O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 179-moddasida soхta tadbirkorlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan bo’lib, unga ko’ra ustavida ko’rsatilgan faoliyatni amalga oshirish maqsadini ko’zlamasdan ssudalar, kreditlar olish, foydani (daromadni) soliqlardan ozod qilish (soliqlarni kamaytirish) yoki boshqacha mulkiy manfaat ko’rish maqsadida korхonalar va boshqa tadbirkorlik tashkilotlari tuzish - eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoхud uch yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.



Yüklə 1,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə