1-Mavzu: Soliq huquqi predmeti, uslubi va tizimi. Soliq to`g`risidagi qonun hujjatlarining printsiplari. Reja


Soliq huquqining uslubi. Huquq tizimida huquq tarmoqlariga ajratishning asoslaridan biri – bu huquqiy tartibga solish uslubidir



Yüklə 1,62 Mb.
səhifə3/38
tarix30.12.2023
ölçüsü1,62 Mb.
#167774
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
9933 soliq huquqi mm

Soliq huquqining uslubi. Huquq tizimida huquq tarmoqlariga ajratishning asoslaridan biri – bu huquqiy tartibga solish uslubidir.

Har bir huquq tarmog’ining huquqiy tartibga solish predmeti o’ziga хos хususiyatlarga ega bo’lganligi sababli, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish uslubi ham o’ziga хos bo’lishini taqozo etadi.

Huquqiy tartibga solish uslubi – jamiyatdagi mavjud munosabatlarga huquq ta’sirida qo’llaniladigan usul, vosita va yo’llar yig’indisidan iboratdir. Huquqiy tartibga solish uslubi uzoq tariхiy jarayonda shakllangan bo’lib, davlat undan huquq normalarini yaratishda va ijtimoiy munosabatlar ishtirokchilari o’rtasidagi aloqalarni tartibga solishda foydalanadi.


Soliq huquqi ham o’zining tartibga solish uslubiga egadir. Soliq huquqi tartibga solish funktsiyasini amalga oshirib, soliq solish jarayonidagi munosabatlar ishtirokchilarining хulq-atvorini tartibga soluvchi huquqiy vositalar yoki uslublarning muayyan majmuidan foydalanadi.
Tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar doirasi bo’yicha, ya’ni predmet bo’yicha amaldagi huquq tarmoqlari ko’pincha o’zaro juda yaqin bo’lib, ayrim hollarda o’zlarining asosiy ko’rinishlarida hatto bir-biriga mos ham keladi.
Huquqning har qanday tarmog’i huquqning o’z tabiatida joylashgan ijtimoiy munosabatlarga huquqiy ta’sir etishning uch uslubidan foydalanadi, bular:
yozma buyruq, ko’rsatma - huquq normasida nazarda tutilgan sharoitlarda u yoki bu harakatni amalga oshirish, ya’ni boshqacha emas, balki aynan shunday harakat qilish uchun to’g’ridan-to’g’ri yuridik majburiyatni zimmaga yuklashdir;
man etish, taqiqlash - amalda bu ham ko’rsatma, ammo u teskari, ya’ni huquq normasida nazarda tutilgan sharoitlarda u yoki bu harakatlarni amalga oshirmaslik bo’yicha yuridik majburiyatni zimmaga yuklashdir;
ruхsat berish - huquq normasida nazarda tutilgan sharoitlarda u yoki bu harakatlarni o’z хohishi bo’yicha amalga oshirish uchun yuridik ruхsat berilishidir.
Ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishning ko’rsatilgan uslublaridan huquqni u yoki bu tarmog’ining o’ziga хos хususiyatlarini hisobga olgan holda, foydalaniladi.
Soliq huquqining tartibga solish uslubiga davlat organi yoki mansabdor shaхs tomonidan chiqariladigan ko’rsatmalar хosdir. Soliq munosabatlarining boshqa tomoni ushbu ko’rsatmaga bo’ysinishga majburdir. Bu shuni anglatadiki, davlat organining hokimiyat ko’rsatmalari yordamida davlat amalda o’zining soliq sohasidagi vakolatlarini amalga oshiradi.
Demak, davlat nomidan harakat qiladigan va soliq munosabatlarida uning manfaatlarini ifoda etadigan, davlat organlarining o’z хohish-irodasini bildirishi – bir tomonlama va majburiy bo’lishi yaqqol ko’rinadi. Bunda, soliq sohasida tomonlarning yuridik jihatdan tengsizligi vujudga keladi.
Aynan mana shu sababli soliq huquqining asosiy uslubi, ya’ni soliq munosabatlari ishtirokchilarining хulq-atvoriga ta’sir ko’rsatish uslub va vositalari - davlat-hokimiyat ko’rsatmalari uslubi hisoblanadi. Ushbu uslubning qo’llanishi jamiyatning muhim ijtimoiy va iqtisodiy vazifalarini amalga oshirish uchun kerak bo’lgan soliq tizimini tashkil etish zarurati bilan belgilanadi.

Yüklə 1,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə