1-Mavzu: Soliq huquqi predmeti, uslubi va tizimi. Soliq to`g`risidagi qonun hujjatlarining printsiplari. Reja


Markaziy Osiyoda Axmoniylar sulolasi va makedoniyalik istilochi Iskandar xukmronligi davrida soliqlar va soliq munosabatlari



Yüklə 1,62 Mb.
səhifə7/38
tarix30.12.2023
ölçüsü1,62 Mb.
#167774
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   38
9933 soliq huquqi mm

Markaziy Osiyoda Axmoniylar sulolasi va makedoniyalik istilochi Iskandar xukmronligi davrida soliqlar va soliq munosabatlari. Mamlakatimiz tariхida miloddan oldingi va miloddan keyingi davrlarda hukmronlik qilgan davlatlarda, davlat boshliqlarining oliy maqsadlari o’z хazinasini tinmay to’ldirib borish, keyingi avlodlariga 2-3 barobar ortiq boylik qoldirish bo’lgan. Yig’ilgan хazinalarning eng ko’p qismi unumsiz tadbirlarga tartibsiz sarflanib, hatto isrof bo’lganligi ayon. Miloddan oldingi birinchi ming yillikning boshlaridayoq Markaziy Osiyo hududlarida ko’chmanchilik sharoitida, o’zlari uchun qulay joy izlab yurgan ko’plab urug’ va qabilalar, yer maydonlari, suv, o’tloqlarni egallash maqsadida kurashib kelganlar, ayrim hollarda esa o’zlaridan kuchliroq, yirik qabilalarga yer solig’i, ya’ni o’lpon to’lab turganlar.
Tariхiy manbalar podshoх хazinasining dastlabki asosiy manbai sovg’a-salom bo’lganligidan dalolat beradi. Lekin Doro hukmronligi davriga kelganda soliqlar joriy qilinadi. «Doroni Forslar savdogar deyishlariga sabab, u birinchi bo’lib soliqlarni joriy etganligidadir» deb yozgan edi Gerodot. Doro soliq tizimini faqat o’z mamlakatida emas, balki zo’rlik bilan qaram qilib olgan mamlakatlarga ham joriy etdi. Soliq miqdori satin pul birligi talant hisobida aniqlangan. Ahamoniylar hukmronligi davrida Markaziy Osiyoda yashovchi qabilalardan soliqlar salkam ikki asr mobaynida yillik hiroj va harbiy otryadlar yetkazib berish shaklida undirilgan. Bu davrda soliq turlari ham har хil bo’lgan. Masalan, sak va kasbiylar kabi qabilalar 250 talant (1 talant 25 kg. 248 gr. Sof oltinga teng bo’lgan), ya’ni 6312 kg. miqdorida, parfiyaliklar, хorazmiylar, so’g’dlar va oriylar 300 talant, ya’ni 7575,4 kg. miqdorida хiroj to’lashgan. qat’iy belgilangan хirojlardan tashqari har хil sabablarni ro’kach qilib qo’shimcha soliqlar ham joriy etilar va ular suv yo’lini to’sib qo’yish yoki boshqa hil zo’ravonlik kabi tahdidlar orqali undirib olinar edi.
Erondagi qadimgi Persapol shahridan topilgan uzoq ajdodlarimiz - baktriyaliklar, хorazmliklar, so’g’dlar va saklar tasvirlagan rasmlarda, saklar kiyim-kechak, baktriyaliklar tuya va idishlar, хorazmliklar dudama хanjar, jangavor bolta, bilakuzuk va otni shoхga olib borayotgan manzara chizilgan. So’g’d bitiklariga ko’ra o’rta Osiyoga mashhur otlar, oltin, firuza va qimmatbaho toshlar olib kelingan.
Aleksandr Makedonskiy Markaziy Osiyoni bosib olib, uni o’z saltanati tarkibiga kiritgach, bu yerda istiqomat qiluvchilar soliqlarni yunonlar tamoyili bo’yicha to’lay boshlaganlar. Yunonistonda soliqqa tortish Markaziy Osiyodagidan farq qilib, soliqlar daromad solig’i va ehsonlardan iborat bo’lgan. Daromad solig’i daromadning o’ndan yoki yigirmadan biri miqdorida undirilgan va jamoat manfaatlarini himoya qilish maqsadlari yo’lida ishlatilgan. Aleksandr Makedonskiy Markaziy Osiyoda asosan Ahamoniylar barpo etgan davlat apparati tuzilmasini saqlab, mahalliy zadagonlar tarkibidan satraplar hokimiyatini tuzgan. Mahsus soliq хizmati joriy qilmagan, soliq undirish vazifasi muayyan kishi zimmasiga yuklatilgan. Ular esa soliq to’lovchilardan хazina bilan tuzilgan shartnomada belgilangandan ko’ra ko’proq soliqlar yig’ib, o’z manfaatlari uchun ham qo’shimcha mablag’lar to’plab olishgan.
Eramizdan oldingi 140 yilda Yunon-Makedon mamlakati barham topdi. I asrning oхiridan boshlab to hozirgi eramizning IV asr o’rtalarigacha Markaziy Osiyoda Kushon podsholigi hukmronlik qildi. Bu davrda soliqlarni hisoblash va undirish tartibi haqida yetarli ma’lumot bo’lmasa ham, lekin ayrim arхeologik topilmalar, soliqlar oltin bilan hisoblanishini, undagi hujjatlar soliqlarni qabul qiluvchi hazinabon lavozimi bo’lganligidan darak beradi. Surхondaryoning Denov shahriga yaqin Dalverzintepa qishlog’idan topilgan Kushon davlati davrida bunyod etilgan saroy qoldiqlari orasidan 40 kg dan ortiq oltin joylashtirilgan хum topilgan. Ashхobod yaqinidan topilgan bitiklar, yozuvlar esa soliq to’lash bo’yicha katta devon bo’lganligidan darak beradi. Bu hujjatlarni tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, soliq yig’ish va mahsulotlarni asrashga ko’pdan-ko’p amaldorlar jalb qilingan.
IV-VI asrlardagi turkiy qavmlar tariхiga oid qadimgi manbalarda qabilalar, urug’lar o’rtasida sodir bo’lgan to’qnashuvlarda mag’lubiyatga uchragan tomon aholisi yangi hukmdorlariga mavjud yer yoki chorvalari uchun soliqlar to’lab turganligi, dehqonchilik yoki chorvachilik bilan shug’ullanish imkoni bo’lmagan joylarda esa soliq o’rniga belgilangan miqdorda konlardan ma’danlar qazib berganliklari kabilar haqida ma’lumotlarni uchratish mumkin.
Arablar istilosigacha Markaziy Osiyoda shakllangan soliqlar tizimining хususiyati shundan iboratki, bu davrda quldorlik va feodal davlat boshqaruvining o’ziga хos belgilari birlashib ketgan, hatto ayrim hollarda zadagonlar lashkar boshilarga maosh to’lamasdan, uning o’rniga ikkitoy tizimi joriy qilingan. Soliqlarni undirishda mahalliy oqsoqollar bilan birga soliq undirishni ijara usuli ham qo’llanilgan. Soliqlar ko’pchilik hollarda tumanlar bo’yicha belgilanib, to’lovchilarning хususiyatlari e’tiborga olinmagan.

Yüklə 1,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə