1. Rasmlarda nimalar tasvirlanganiga diqqat qiling. Savollarga javob bering



Yüklə 16,55 Kb.
tarix30.12.2023
ölçüsü16,55 Kb.
#165590
11 (2)



Og‘zaki va yozma nutqdan yakuniy uchun

1.Rasmlarda nimalar tasvirlanganiga diqqat qiling. Savollarga javob bering.




1.Rasmlarda nimalarga ishora bor deb o’ylaysiz. Og’zaki izohlashga harakat qiling.
2.Har bitta rasmga bitta ot yordamida ta’rif berishga harakat qiling.
3.Aytingchi, rasmda tasvirlangan illatlar oxiriga borib nimaga olib keladi.




Izoh: Bu topshiriq o‘quvchining gapirish ko‘nikmasini shakllantiradi. Bu topshiriq uchun o‘rtacha 7 daqiqa vaqt ajratiladi.

2.Ushbu matnga e’tibor bering. Matndagi aka-ukaga ta’rif bering. Matn asosida bayon yozing.





Albrext Dyurer 1471-1528-yillarda yashab o‘tgan rassom, o‘n sakkiz bolali oilaning rasmga qiziqqan ikki o‘g‘il farzandlaridan biri. O‘g‘illardan ikkisining ham rasm chizishga katta qiziqish va qobiliyati bor edi. Har ikkovi ham rassomchilik maktabida o‘qib, mashhur rassom bo‘lishni orzu qilishardi. Oilaning bu ikki farzandni o‘qitishga imkoni yo‘qligi sababli, noiloj ikki aka-uka qur’a tashlashga qaror qilishdi. Yutgan rassomchilik maktabida o‘qiydigan, qolgan esa yanada ko‘proq ishlab, uning o‘qishiga yordam berishi lozim edi. G‘olib bo‘lgan o‘qishni tamomlagach, o‘qish navbati yutqazganga berilardi. Qur’ada yutgan Albrext Nyurnbergga o‘qishga ketadi va hamma ustozlarini hayratda qoldiradigan darajada muvaffaqiyat qozonadi, shuhrati barcha o‘quv dargohlariga yoyiladi. Uyga faxr va cheksiz quvonch bilan qaytadi. Oila Albrextning sharafiga ziyofat beradi. Maqtov va olqishlardan so‘ng Albrext so‘z olib, bu muvaffaqiyatning asl sababchisi akasi Ganzga minnatdorchilik bildiradi. Endi o‘qish navbati akasiga yetganini va o‘qishga ketayotgan akasi uchun konda ishlash uning uchun sharaf ekanini aytadi.
Ammo akasi o‘rnidan turib sekingina shunday deydi:
— Ukajonim, afsuski, buning imkoni yo‘q. Seni o‘qitish uchun ishlagan yillarim hamma barmoqlarim konda bir necha bor singan. Hozir qo‘limga qalam tugul, shu stakanni ham zo‘rg‘a tutyapman.
Akasining ahvoliga achingan va bundan qattiq ta’sirlangan Albrext uni dunyoning eng mashhur rassomlari safidan o‘rin olishiga sabab bo‘lgan o‘sha qo‘llarni, akasining qo‘llari rasmini chizdi.
Izoh: Bu topshiriq o‘quvchining yozish ko‘nikmasini shakllantiradi. Bu topshiriq uchun o‘rtacha 15 daqiqa vaqt ajratiladi.

3.Guruhlarga bo‘lining. Guruhlarning har birini otlarning 1 ta ma’no turi bilan nomlang. Doskada jamoangiz tegishli bo‘lgan ot turiga misollar yozing.



Turdosh otlar

Atoqli otlar









Izoh: Bu topshiriq o‘quvchining yozish ko‘nikmasini shakllantiradi. Bu topshiriq uchun o‘rtacha 7 daqiqa vaqt ajratiladi.
4.Tuyg‘ular metodi. Ushbu emojilar qaysi tuyg‘ularni ijodalayotganligini izohlang va nomlang.

Izoh: Bu topshiriq o‘quvchining gapirish ko‘nikmasini shakllantiradi. Bu topshiriq uchun o‘rtacha 5 daqiqa vaqt ajratiladi.

5. Berilgan so‘zlarni izohi bilan joylashriring va izohlang.


1.Uy. A)Qattiq jism. Kundalik hayotda o‘ta muhim.
2.Ot. B)Odamlar havfsiz va qulay yashaydi .
3.Temir. D)Ko‘m-ko‘k o‘tlar va daraxtlar bilan qoplangan.
4.Shahar. C)Qumlar barhamlari hamda suvsizlikka chidamli o‘simliklar o‘sadi.
5.Adir. E)Aholi ko‘p va juda gavjum.
6.Sahro. F)Suv serob hamda oqimi tez.
7.Daryo. G)Qog‘oz va siyohdan tashkil topadi.
8.Kitob. H)Qadimda transport sifatida foydalanilgan.
Izoh: Bu topshiriq o‘quvchining gapirish ko‘nikmasini shakllantiradi. Bu topshiriq uchun o‘rtacha 3 daqiqa vaqt ajratiladi.

6.Uch bo‘g‘inli so‘z metodi asosida mavzuni mustahkamlang.
Izoh: Bunda guruh uchga bo‘linadi. Sinfdan 1 ta o‘quvchi tanlab olinib, tashqariga chiqariladi. Uchala guruh bitta uch bo‘g‘inli so‘z topadi va har bir bo‘g‘inni tanlab oladi. Chiqarib yuborilgan o‘quvchi sinfga qayta chaqiriladi. Guruhlar o‘zlariga tegishli bo‘lgan so‘zni uch deganda barobar aytadi. Bola esa bu so‘zni nima ekanligini topishi kerak bo‘ladi. Bu o‘quvchini diqqatli bo‘lishiga yordam beradi. Bu topshiriq o‘quvchining gapirish ko‘nikmasini shakllantiradi. Bu uchun o‘rtacha 8 daqiqa vaqt ajratiladi.
Yüklə 16,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə