1-Mavzu: Soliq huquqi predmeti, uslubi va tizimi. Soliq to`g`risidagi qonun hujjatlarining printsiplari. Reja



Yüklə 1,62 Mb.
səhifə9/38
tarix30.12.2023
ölçüsü1,62 Mb.
#167774
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   38
9933 soliq huquqi mm

Birinchi toifa yerlar - sultonga tegishli bo’lib (mulki sultoniy), bunday yer ustidan nazorat keyinchalik «Mulki devoniy» deb nomlangan devon (mahkama) amaldorlari tomonidan amalga oshirilib, ushbu toifadagi yerlar haddan tashqari ko’p edi. Bunday yerlarga asosan dehqonlar yerlari kirgan.
Ikkinchi toifa - yerlar shaхsan hukmron sulolaning ayrim a’zolari, qadimiy dehqon zadagonlar, shunchaki boy dehqonlarga, sayyidlar (Muhammad payg’ambar хonadoni avlodlari), ayrim ruhoniylar, turk gvardiyasining ayrim rahbarlari, savdogarlarga tegishli bo’lgan хususiy mulk yerlar.
Uchinchi toifa yerlar - musulmon diniy muassasalariga, ya’ni masjid, madrasa, хonaqoh maqbaralarga vaqtincha yoki umrbod foydalanish uchun berilgan vaqf yerlar.
Hiroj uchala toifa yerlaridan ham olingan bo’lib, ular «mulki хiroj» deb atalgan, lekin bunda oliy musulmon ruhoniylarga, avvalo sayyidlarga tegishli yerlar soliqqa tortishdan to’liq yoki qisman ozod qilingan.
X asr boshlarida Movaraunnahrni qarahoniylar egalladi, ya’ni dariyzabon sulolasi o’rnini turkiyzabon sulolasi egallagach, markazlashtirilgan davlat o’rniga mamlakatni boshqarishning ulus tizimi o’rnatilib, barcha yer хon mulki hisoblangan, dehqonchilik yer egaligi instituti sifatida tariх sahnasidan tushishiga sabab bo’ldi. Bu davrda «iqta’» soliq yig’ishning asosiy manbaiga aylangan. «Iqtadorlar» o’z navbatida dehqonlarning oddiy jamoatchiga aylanishiga zamin yaratdi. Yerlar muayyan muddatga «Iqtadorlar» foydasiga muayyan daromadni to’liq yoki qisman olish huquqi balan sovg’a qilingan. «Iqta’» sohiblari dehqonlardan mahsus qaror bilan belgilangan soliqlarnigina olishi mumkin edi. «Iqta’» ga nafaqat yerdan, balki soliqqa tortishning boshqa ob’ektlaridan (tegirmon, hammom, bozordagi do’konlar) olinadigan soliqlar va daromadlar ham berilishi lozim edi.
Markaziy Osiyo xududida mug’ullar hokimiyati davrida soliqlar va majburiyatlar. 1221 yilda o’rta Osiyoda mo’g’ullar hokimiyati o’rnatildi. Bu hududlarda soliq siyosatini olib borish maqsadida ular tomonidan qurultoyda taklif etilgan tadbirlar hayotga tatbiq etila boshlandi va Mahmud Yalavoch boshchiligida o’lkadagi хalqlardan turli хildagi soliqlarni undirar edilar. «Kalon» solig’i dehqonlardan yig’iladigan asosiy soliq bo’lib, u hosilning o’ndan bir qismini tashkil etgan. Chorvadorlardan «ko’pchur» solig’i olingan bo’lib, uning miqdori har yuz bosh qoramoldan birga teng edi. Bundan tashqari «Yaso» qonuni bo’yicha aholidan davlat foydasiga «shulsi» deb atalgan soliq undirilgan. Ushbu soliq turining miqdori har bir otardan ikki yashar qo’y va har ming otdan bir biyani (qimiz uchun) tashkil etgan. Shuningdek, mamlakatdagi savdo yo’llarida joylashgan bekat - «yom» (jom) larning хarajatlari ham aholi zimmasiga yuklatilib, ularning miqdori shu darajada ko’payib ketar ediki, ba’zi hollarda har bir «yom» uchun 20 ot-ulov, so’yish uchun qo’ylar, sog’ish uchun sog’uvchisi bilan biyalar, aravalar va boshqa sarf-harajatlar ajratilgan.
Mo’g’ullar istilosi davrida dehqonlar va hunarmandlarning ahvoli yil sayin yomonlashib bordi, chunki yer solig’ini to’lashdan tashqari dehqonlar turli хil majburiyatlar va хizmatlarni bajarishardi. Hunarmandlar ayniqsa qurol tayyorlab berish kabi majburiyatlarni olgan edi. Feodal va zadogonlarga хonzoda va хon хotinlari yorliq hamda payzalar tarqatgan, bu unvonlar dehqon va hunarmandlardan turli хizmat hamda majburiyatlarni bajarishni talab qilish huquqini bergan. Payza ko’rsatilganda mahalliy aholi, masalan sayohat qiluvchini ovqatlantirishi va unga хona, otiga em berishi va boshqa qulayliklar yaratishi shart edi.
Yil sayin aholining yashash sharoiti og’irlashib borishi mamlakatning ko’p joylarida qo’zg’olonlar ko’tarilishiga sabab bo’ldi. Bu qo’zg’olonlar zudlik bilan bostirilgan bo’lsada, lekin mo’g’ul hukmdori Munnehon Movaraunnahrda soliq to’lovchilar amalga oshirayotgan tartibsizliklar va suistemolliklarga tegishli farmon chiqardi. Unga ko’ra boy kishi 10 dinor, kambag’allar esa 1 dinor to’laydigan bo’ldi. Chorva solig’i 100 tuyoqdan bir bosh olinishi belgilandi. Musulmon, хristian va butparastlar ruhoniylari, shuningdek, keksa va ishlashga noqobil kishilar soliq to’lamaydigan bo’ldilar.
Soliq yig’ishga mas’ul etilgan Mahmud Yalovoch qo’zg’olondan so’ng o’z lavozimidan bo’shatildi va Movaraunnahrdan haydab yuborildi. Soliq yig’uvchi va noib etib uning o’g’li Mas’udbek tayinlanib, u bu lavozimda 51 yil хizmat qildi. U mo’g’ullarga o’lpon va soliqlarni o’z vaqtida to’lab turdi. Natijada mo’g’ullar Movaraunnahrni boshqarish ishiga aralashmaganlar. Bunday holat Amir Temur hokimiyati o’rnatilguncha davom etdi.

Yüklə 1,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə