1-mavzu. Sosial psixologiya fanining predmeti va vazifalari reja



Yüklə 1,73 Mb.
səhifə23/73
tarix21.06.2022
ölçüsü1,73 Mb.
#89863
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   73
Sotsial psixologiya ma\'ruzlar matni

O’zi-o’ziga baho o’ta yuqori ham shaxs xulq-atvoriga yaxshi ta’sir ko’rsatmaydi. Chunki, u ham shaxs yutuqlari yoki undagi sifatlarning boshqalar tomonidan sun’iy tarzda bo’rttirilishi, noo’rin maqtovlar, turli qiyinchiliklarni chetlab o’tishga intilish tufayli shakllanadi. Ana shunday sharoitda paydo bo’ladigan psixologik holat «noadekvatlilik effekti» deb atalib, uning oqibatida shaxs hattoki, mag’lubiyatga uchraganda yoki o’zida nochorlik, uquvsizliklarni sezganda ham buning sababini o’zgalarda deb biladi va shunga o’zini ishontiradi ham (masalan, «xalaqit berdi-da», «falonchi bo’lmaganida» kabi bahonalar ko’payadi). Ya’ni, nimaiki bo’lmasin, aybdor o’zi emas, atrofdagilar, sharoit, taqdir aybdor. Bundaylar haqida bora-bora odamlar «oyog’i yerdan uzilgan», «manmansiragan», «dimog’dor» kabi sifatlar bilan gapira boshlaydilar. Demak, o’z-o’ziga baho realistik, adekvat, to’g’ri bo’lishi kerak.
Realistik baho shaxsni o’rab turganlar — ota-ona, yaqin qarindoshlar, pedagog va murabbiylar, qo’ni-qo’shni va yaqinlarning o’rinli va asosli baholari, real samimiy munosabatlari mahsuli bo’lib, shaxs ushbu munosabatlarni ilk yoshligidanoq holis qabul qilishga, o’z vaqtida kerak bo’lsa to’g’rilashga o’rgatilgan bo’ladi. Bunda shaxs uchun etalon, ibratli hisoblangan insonlar guruhi — referent guruhning roli katta bo’ladi. Chunki biz kundalik hayotda hammaning fikri va bahosiga quloq solavermaymiz, biz uchun shunday insonlar mavjudki, ularning hattoki, oddiygina tanbehlari, maslahatlari, hattoki, maqtab turib bergan tanbehlari ham katta ahamiyatga ega. Bunday referent guruh real mavjud bo’lishi (masalan, ota-ona, o’qituvchi, ustoz, yaqin do’stlar), yoki noreal, hayoliy (kitob qahramonlari, sevimli aktyorlar, ideal) bo’lishi mumkin. Shuning uchun yoshlar tarbiyasida yoki real jamoadagi odamlarga maqsadga muvofiq ta’sir yoki tazyiq ko’rsatish kerak bo’lsa, ularning etalon, referent guruhini aniqlash katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’ladi.
Shunday qilib, o’z-o’ziga baho sof sotsial xodisa bo’lib, uning mazmuni va mohiyati shaxsni o’rab turgan jamiyat normalariga, shu jamiyatda qabul qilingan va e’zozlanadigan qadriyatlarga bog’liq bo’ladi. Keng ma’nodagi yirik sotsial jamoalar etalon rolini o’ynashi oqibatida shakllanadigan o’z-o’ziga baho — o’z-o’zini baholashning yuksak darajasi hisoblanadi. Masalan, mustaqillik sharoitida mamlakatimiz yoshlari ongiga milliy qadriyatlarimiz, vatanparvarlik, adolat va mustaqillik mafkurasiga sadoqat hislarining tarbiyalanishi, tabiiy, har bir yosh avlodda o’zligini anglash, o’zi mansub bo’lgan xalq va millat ma’naviyatini qadrlash hislarini tarbiyalamoqda. Bu esa, o’sha yuksak o’z-o’zini anglashning poydevori va muhim shakllantiruvchi mexanizmidir.
Demak, o’z-o’zini baholash — o’z-o’zini tarbiyalashning muhim mezonidir. O’z-o’zini tarbiyalash omillari va mexanizmlariga esa, quyidagilar kiradi:

  • o’z-o’zi bilan muloqot (o’zini konkret tarbiya obyekti sifatida idrok etish va o’zi bilan muloqotni tashkil etish sifatida);

  • o’z-o’zini ishontirish (o’z imkoniyatlari, kuchi va irodasiga ishonish orqali, ijobiy xulq normalariga bo’ysundirish);

  • o’z-o’ziga buyruq berish (tig’iz va ekstremal holatlarda o’zini qo’lga olish va maqbul yo’lga o’zini chorlay olish sifati);

  • o’z-o’ziga ta’sir yoki autosuggestiya (sotsial normalardan kelib chiqqan holda o’zida ma’qul ustanovkalarni shakllantirish);

  • ichki intizom — o’z-o’zini boshqarishning muhim mezoni, har doim har yerda o’zining barcha harakatlarini muntazam ravishda korreksiya qilish va boshqarish uchun zarur sifat.

Yuqoridagi o’z-o’zini boshqarish mexanizmlari orasida psixologik nuqtai nazardan o’z-o’zi bilan amalga oshiriladigan ichki dialog alohida o’rin tutadi. O’z-o’zi bilan dialogoddiy til bilan aytganda, o’zi bilan o’zi gaplashishdir. Aslida bu qobiliyat bizning boshqalar bilan amalga oshiradigan tashqi dialoglarimiz asosida rivojlanadi, lekin aynan ichki dialog muhim regulyativ rol o’ynaydi. Ye.Klimov bunday dialogning uch bosqichini ko’rsatib o’tadi. Jadvalda shaxs ichki dialogining bosqichlari va har bir bosqichga xos bo’lgan belgilar keltirilgan.

Demak, shaxsning qanday sifatlarga ega ekanligi, undagi baholarning obyektivligiga bog’liq tarzda o’z-o’zi bilan muloqotga kirishib, jadvaldagiga muvofiq shaxs o’zini nazorat qila oladi. Shuning uchun ham hayotda shunday kishilar uchraydiki, katta majlisda ishi tanqidga uchrasa ham, o’ziga holis baho berib, kerakli to’g’ri xulosalar chiqara oladi, shunday odamlar ham borki, arzimagan xatolik uchun o’z «ich-etini yeb tashlaydi». Bu o’sha ichki dialogning har kimda har xil ekanligidan darak beruvchi faktlardir.

Yüklə 1,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə