1-mavzu. Sosial psixologiya fanining predmeti va vazifalari reja


Kichik guruhlardagi dinamik jarayonlar



Yüklə 1,73 Mb.
səhifə36/73
tarix21.06.2022
ölçüsü1,73 Mb.
#89863
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   73
Sotsial psixologiya ma\'ruzlar matni

5.Kichik guruhlardagi dinamik jarayonlar
Ma`lumki, guruhda to’plangan kishilar o’rtasida doimiy muloqot va munosabatlar mavjud bo`ladiki, ularning mazmuni va yo`nalishiga ko’ra, o`ziga xos sotsialpsixologik muhit shakllanadi. Bu muhit guruhning taraqqiyotini ham, undagi turli jarayonlarni ham belgilaydi. Guruhning dinamik jarayonlari deganda avvalo uning shakllanish jarayoni, liderlik va guruhda turli qarorlarni qabul qilish jarayoni, guruhning har bir shaxsga ta`siri kabilar tushuniladi. Guruhning shakllanishi uning paydo bo`lishi haqida gapiradigan bo`lsak, avvalo shuni ta`kidlash lozimki, guruh jamiyat ehtiyojlari va sotsial talablar asosida paydo bo`ladi. Masalan, sinf jamoasi doimo bolalarning tug’ilishi, rivojlanishi va ularning maktablarda ta`lim olishlari kerakligi uchun, talabalar guruhi ham shunga o’xshash oliy ma`lumotlar olishlari kerak bo`lganligi uchun paydo bo`ladi va xokazo. Lekin bu masalaning sotsial tomoni. Uning sof psixologik tomoni ham borki, u odamlarning nima uchun jamoalarda ishlashi, odamlar ichida bo`lishi bilan bog’liq. Chunki har bir normal insonda muloqotga bo`lgan ehtiyoj hamda turli hayotiy vaziyatlarda o`zini sotsial himoyada sezish ehtiyoji borki, bu narsa turli kichik jamoalarda ularning bo`lishini taqozo qiladi. Lekin guruhda a`zo bo`lish bilan birgalikda har bir individ qator guruhiy jarayonlarning guvohi bo`ladi.
Birinchidan guruh o`z a`zolariga ma`lum tarzda psixologik ta`sir ko`rsatadi. Bu hodisa psixologiyada konformizm deb ataladi (O`zbek tilida "moslashish" ma`nosini bildiradi). Bu hodisaning mohiyati shundan iboratki. u individning guruhda qabul qilinadigan normalar, fikrlar, xulq-atvor standartlarini qanchalik qabul qilish yoki qabul qilmasligi bilan bog’liq. Guruh fikrini qanchalik tez qabul qilish uning ta`siriga berilish individ bilan guruhning ziddiyatlarini oldini olishi mumkin. Shuning uchun ham individ ana shunday xatti-harakat qilishga intiladi. Lekin ana shunday guruh fikriga, xarakatiga qo’shilish turli shakllarda bo`lishi mumkin: tashqi konformillilik individ guruh fikriga nomigagina qo’shiladi, aslida ruhan u guruhga qarshi turadi, ichki konformillilik individ guruh fikriga to’laligicha qo’shiladi va ruhan qabul qiladi. Ana shunday hollarda individ bilan boshqalar o’rtasida ziddiyat yoki konfliktlar paydo bo`lmaydi. Bu o’rinda yana bir tushuncha ham bor, u ham bo`lsa "negativizm" tushunchasidir, bu individning har qanday sharoitda ham guruh fikriga qarshi turishi va o`zicha mustaqil fikr, mavqeini namoyon qilishidir. Bu tabiiy individ uchun noqulay lekin, mustaqil fikr, odil harakatlar doimo hurmat qilinadigan jamoalarda negativizm hodisasi yomon illat sifatida qabul qilinmaydi.

Yüklə 1,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə