1-mavzu. Sosial psixologiya fanining predmeti va vazifalari reja


Olomon sodir bo’lgan voqyea va hodisaga qarab quyidagi turlarga bo’linadi



Yüklə 1,73 Mb.
səhifə44/73
tarix21.06.2022
ölçüsü1,73 Mb.
#89863
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   73
Sotsial psixologiya ma\'ruzlar matni

Olomon sodir bo’lgan voqyea va hodisaga qarab quyidagi turlarga bo’linadi:

  1. To’saddan yuzaga kelgan olomon;

  2. Ekspressiv olomon;

  3. Konvensional;

  4. Harakatdagi olomon.

Biroq voqyealar rivojiga qarab bu turlar bir-biriga o’tishi mumkin.
To’saddan yuzaga kelgan olomon ko’z o’ngida yuz berayotgan voqyea haqida axborot olmoqchi bo’lgan odamlar to’dasini o’zida ifodalaydi. Bunday to’dani odatda o’tkir tuyg’ularni his qilishga o’zida ehtiyoj sezgan kishilar hosil qiladilar. To’saddan yuzaga kelgan olomon odatda xavfli bo’lmaydi, biroq atrofdagilar uchun noqulayliklar yaratadi.
Ekspressiv olomon – umumiy tuyg’ularini birgalashib ifodalayotgan kishilar guruhi. Masalan, estrada yulduzlarining muxlislari, sport tadbirlarining tomoshabinlari, bayram namoyishlari yoki dafn marosimlarining ishtirokchilari xulq-atvorining o’ta ekspressivligi bilan ajralib turadilar.
Konvensional olomonni sport bellashuvlariga yig’ilgan muxlislar hosil qiladilar. Bu kishilarning mazkur vaziyatdagi xulq-atvori kundalik hayotda ularga mutlaqo xos emas. Biroq “fanatlar” jamoat xavfsizligiga amalda tahdid soladilar.
Harakatlanayotgan olomon jon saqlayotgan va agressiv bo’lishi mumkin. Jon saqlayotgan olomon real yoki soxta xavf tug’ilishi natijasida qattiq sarosimaga tushib qolgan kishilarni birlashtiradi. Agressiv olomon kuchli ruhiy hayajon va o’ta og’ir g’ayriqonuniy harakatlar bilan tavsiflanadi. Bunday guruhlarga ijtimoiy protest ishtirokchilarini, o’zaro urush holatidagi bir-biriga dushman guruhlarni kiritadilar.
Olomon ham o’z tarkibiga ega, masalan:

  1. Adashib qo’shilib qolgan shaxslar;

  2. Ashaddiy harakatdagi tajovuzkor (fanatik) shaxslar;

  3. Olomon harakatini qo’llab-quvvatlaydigan shaxslar;

  4. Boshlovchilar, ya’ni o’t yoquvchilar.


Yüklə 1,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə