1-mavzu. Sosial psixologiya fanining predmeti va vazifalari reja


Adashib qo’shilib qolgan shaxslar



Yüklə 1,73 Mb.
səhifə45/73
tarix21.06.2022
ölçüsü1,73 Mb.
#89863
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   73
Sotsial psixologiya ma\'ruzlar matni

Adashib qo’shilib qolgan shaxslar, ya’ni bunda ayrim shaxslar o’zlari bilmagan holda shu oqimga qo’shilib ketadilar va olomonni to’ldiradi.
Olomon tarkibidagi eng qo’rqinchli shaxslar ashaddiy harakatdagi tajovuzkor shaxslar bo’lib, ular o’z axloqini ko’z-ko’z qiladilar.
Olomon harakatini qo’llab-quvvatlaydigan shaxslarning olomon tarkibida bevosita ishtiroki deyarli kamdan kam hollarda bo’ladi.
Boshlovchilar, ya’ni o’t yoquvchilar olomonning axloqiy xatti-harakatini izdan chiqaradi va bir yo’nalishga qaratadi. Bunday shaxslar o’zlari hech qanday ishni amalga oshirmaydi, ishni boshlab keyin olomon orasidan qochadlar.


3. Olomonning ijtimoiy-psixologik belgilari
Olomon – o’z tarkibiga kiruvchi individlarning kuchli konformizmi bilan tavsiflanuvchi, emotsional tarzda va nisbatan yakdillik bilan harakat qiluvchi tashkillashtirilmagan stixiyali birlik. U individga kuchli psixologik ta’sir ko’rsatishga qodir.
Olomonning quyidagi ijtimoiy-psixologik belgilari farqlanadi:

  • guruh ta’siriga o’ta beriluvchanlik, ta’sirga qarshilik ko’rsatish individual mexanizmlari ish samaradorligining pasayishi;

  • voqyelikka emotsional munosabatning kuchayishi;

  • individda o’z qilmishlari uchun javobgarlik hissining susayishi;

  • umumiy kuch va anonimlik hissining paydo bo’lishi.

Olomonni vujudga keltiruvchi mexanizm sifatida individga psixologik ta’sir ko’rsatish xususiyatiga ega bo’lgan ommaviy muloqot xizmat qilishi mumkin. Psixologik ta’sir ko’rsatish emotsional ruhlantirish, taqlid qilish, ishontirish kabi mexanizmlarni o’z ichiga oladi. Bundan ekssesslarning tashkilotchilari o’z maqsadlariga erishish yo’lida foydalanadilar. Olomonni hosil qilish uchun turli usullar va vositalarni ishga soladilar. Favqulodda hodisalar va tabiiy ofatlar yuz berganda, ommaning birlashishi stixiyali tarzda yuz beradi. Olomon effektini “qor uyumi” effekti, zanjir reaksiyasiga qiyoslash mumkin.



Yüklə 1,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə