1-mavzu. Sosial psixologiya fanining predmeti va vazifalari reja


“Olomon” tushunchasi va uning turlari



Yüklə 1,73 Mb.
səhifə43/73
tarix21.06.2022
ölçüsü1,73 Mb.
#89863
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   73
Sotsial psixologiya ma\'ruzlar matni

2. “Olomon” tushunchasi va uning turlari
“Olomon” atamasi sotsial psixologiyaga XIX asrning oxiri va XX asrning boshida yuz bergan ommaning qudratli inqilobiy ko’tarilishi davrida kirib keldi.
O’z tabiatiga ko’ra olomon harakatdagi, shuningdek, tajovuzkor, qutqarilayotgan, manfaatparast, ekstatik (fanatiklik yoki aqlsizlik tufayli yuzaga keladigan olomon) turlarga bo’linadi. Mazkur tasnifning muallifi psixolog Yu.A.Sherkovin ta’kidlaganidek, bunday ajratish shartlidir. Olomonning bir turi ayni vaqtda boshqasining jihatlariga ega bo’lishi va yangi turiga aylanshi mumkin.
Sobiq Ittifoq ijtimoiy psixologlari B.F.Porshnev, B.D.Parigin, Yu.A.Sherkovin, N.F.Fedenko va boshqalarning ilmiy ishlarini tahlil qilish asosida olomoning bir qator psixologik xususiyatlarini ko’rsatish mumkin.
Olomonning eng muhim farqli jihati uni tashkil etuvchi odamlar tarkibining tasodifiy xususiyatlaridir. Bu, albatta, olomonning yuzaga kelishi ijtimoiy hodisalarning sabab-oqibatlari doirasidan chetga chig’ishini bildirmaydi. Olomonning dastlabki o’zagi oqilona mulohazalar ta’sirida shakllanishi va o’z oldiga juda aniq maqsadlar qo’yishi mumkin. Biroq o’zakning bundan keyingi rivojlanishi shiddat bilan va o’z-o’zidan yuz beradi. Olomon bungacha bir-birini mutlaqo tanimagan, umumiy tomonlariga ega bo’lmagan odamlarni o’z ichiga olib, o’sib boradi.
Olomoning keyingi xususiyati odamlar xatti-harakatining bir xilligini belgilovchi ijtimoiy-psixologik hodisalarning o’ziga xoslgida namoyon bo’ladi. Ma’lumki, jamoada bir xildagi xatti-harakat ongli ravishda qo’yilgan va barcha e’tirof etgan hamda ijobiy ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan qadriyatlarning umumiyligi bilan ta’minlanadi. Olomon esa asosan odamlarning bunday umumiyligini norozilik obyektiga qarshi qo’yish evaziga yaratiladi. B.F.Porshenev ta’kidlaganidek, olomonni uning “qarshiligi”, “ularga” qarshiligi umumiylikka aylantiradi.
Olomonning keyingi xususiyati – bu hissiy rezonans deb atash mumkin bo’lgan o’ziga xos ijtimoiy-psixologik hodisaning amal qilishi sanaladi. Guruhiy tartibbuzarlikda ishtirok etuvchi odamlar nafaqat oddiygina bir-biri bilan yonma-yon keladi, balki atrofdagilarni qo’zqatadilar va o’zlari ham ulardan ta’sirlanadilar. Bir kishining olgan qo’zg’alishi, boshqasining idrok etish obyektiga aylanib, uning qo’zg’alishini yanada kuchaytiradi va bu hol ong tomonidan nazorat qilinishi qiyin bo’lgan hissiy portlashgacha borishi mumkin.

Yüklə 1,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə