1-mavzu. Sosial psixologiya fanining predmeti va vazifalari reja



Yüklə 1,73 Mb.
səhifə47/73
tarix21.06.2022
ölçüsü1,73 Mb.
#89863
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   73
Sotsial psixologiya ma\'ruzlar matni

To’rtinchi bosqich olomonning shakllanishi bilan bog’liq. Dastlab to’plangan odamlar orasida o’ziga xos sirkulyar reaksiya boshlanadi, ya’ni bundan keyin bir xildagi xatta-harakatga ruhiy asos yaratuvchi fikr va hissiyotlarning jadal almashinuvi ro’y beradi. So’ngra aylanish jarayoni boshlanadi: hissiy qo’zg’alish kuchayadi, odamlar buning oqibatida zudlik bilan harakatga o’tishga tayyor bo’lib qoladilar. Aylanish jarayonida norozilik obyekti aniqlashadi, nafrat obrazi shakllanadi. Nihoyat, odamlarning faollashuvi boshlanadi. Bu jarayonda, masalan, olomon yetakchisi amalga oshirayotgan qo’shimcha rag’batlantirish aylanish jarayonida shakllangan obrazga qarshi qaratilgan impulslarni yuzaga keltiradi.
Beshinchi bosqich olomonda g’ayriijtimoiy xulqning rivojlanishi, ya’ni guruhiy tartibbuzarlikning o’zidir. Tartibbuzarlikni boshlovchilar ig’vosiga uchgan eng tajovuzkor shaxslar boshlab beradilar. So’ngra, taqlid asosida, olomon yomon namunaga ergashadi, beboshlikni rivojlantiradi.
Ommaviy tartibsizliklarning tashkilotchilari yig’ilgan olomonning salby xulq-atvor mexanizmlaridan ustalik bilan foydalanib, ulardagi tajovuzkorlik instiktlarini qo’zg’atadilar. Gap shundaki, mish-mishlar mantiqsizligiga qaramay, aholining muayyan tabaqalari ongi va xatti-harakatiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Ayrim hollarda, afsuski, mish-mish gaplar xatti-harakatning rasmiy axborotga qaraganda kuchliroq determinanti (omili) bo’ladi.


11-MAVZU: GURUH SHAROITIDA ZAMONAVIY O’QITISHNING PEDAGOGIK VA PSIXOLOGIK TEXNOLOGIYALARI


REJA:
1. Auditoriya bilan ishlashning sotsial psixologik shartlari.
2. Faol o’qitish metodlari va ularni tashkil etish.
3. Darsda munozara, breynshtorming va treninglarni o’tkazish.
4. Bahs turlari. Yozma bahsni o’tkazish qoidalari.


1. Auditoriya bilan ishlashning sotsial psixologik shartlari.
Ma’lumki, har qanday pedagogik jarayonning asosiy maqsadi — ta’lim oluvchida bilim, malaka va ko’nikmalar hosil qilishdir. Bu narsa ma’lumotlar almashinuvi orqali ro’y beradi. Pedagogik muloqot jarayonidagi ma’lumotlar almashinuvi asosan uch shaklda amalga oshiriladi:

  • monolog;

  • dialog;

  • polilog.

Monolog — ma’ruzachi yoki o’qituvchining tinglovchilar yoki o’quvchi-talabalar qarshisiga chiqib nutq so’zlashi, darsni bayon etishidir. Ayni shu usul ta’lim-tarbiya jarayonidagi asosiy vosita ekanligi to’g’risida ongimizga o’rnashib qolgan tasavvur mavjud. Bu holatda gapiruvchi ma’lumotlarning asosiy tayanch manbai hisoblanadi va faqat undangina faollik talab qilinadi. Monolog egasi o’zi mustaqil tarzda ma’lumot mazmunini tinglovchilarga yetkazish va o’z mavqeini ta’kidlash imkoniga ega bo’ladi. Lekin auditoriya, ya’ni tinglovchilar unga nisbatan ancha passiv mavqeda bo’ladilar va bu narsa ma’lumotning faqat kichik bir qisminigina idrok qilish va eslab qolishiga sabab bo’ladi. Shuning uchun ham o’qituvchi bu kamchilikning oldini olish uchun auditoriyani faollashtirishning boshqa yo’llarini qidirishga majbur bo’ladi.
Dialog — o’quv mavzusi yoki muammoni guruh sharoitida o’qituvchi bilan birgalikda va hamkorlikda muhokama qilish yo’lidir. Shuning uchun bu usul tinglovchilarni nafaqat faollashtiradi, balki auditoriyada ijodiy muhitning bo’lishi va fikrlar almashinuvidan har bir ishtirokchining manfaatdorligini ta’minlaydi. Ya’ni, tinglovchilar o’quv jarayonining obyektidan uning subyektiga aylanadilar.
Dialog jarayonida o’qituvchi bilan o’quvchilar o’rtasida fikrlar almashinuvi, bilimlarni o’zaro muhokama qila olish uchun real sharoit yaratiladi. Lekin dialogni tashkil etishdan avval o’qituvchi auditoriyaning u yoki bu xususda bilimlar va tasavvurlarga ega bo’lishini inobatga olishi zarur, aks holda o’zaro muloqot samarasiz va mazmunsiz tortishuvga aylanib ketishi mumkin. Dialog jarayonida uni tashkil etgan shaxs auditoriyaning u yoki bu muammo yuzasidan bilimlarini diagnostika qilish va shunga mos tarzda o’z ishini tashkil etish imkoniyatiga ega bo’ladi. Aynan shu holat dialogning eng muhim psixologik ahamiyatidir.
Polilog — guruh ichidagi munozaradir. U tinglovchilar yoki o’quvchilarning faolligini yanada oshirish, ulardagi ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish maqsadida ishlatiladi. Polilog jarayonida guruh a’zolarining har biri muhokama qilinayotgan masala yuzasidan o’z fikrini bildirish imkoniyatiga ega bo’ladi, o’qituvchi esa ushbu jarayonning tashkilotchisi sifatida o’quvchilar yoki talabalar faoliyatiga bevosita aralashmaydi. Bu usul dars mavzusi ko’proq nazariy xarakterli bo’lib, yangi g’oyalardan ularning amaliy jihatlari keltirib chiqarilishi zarurati bo’lganda qo’l keladi. Lekin bu usul mashg’ulotlar yoki muloqot darslari endi boshlangan paytda o’tkazilishi maqsadga muvofiq emas, chunki polilog uchun o’qituvchi bilan hamkorlikda ishlash tajribasidan tashqari yoshlarga o’sha soha yuzasidan ma’lum bilimlar majmui hamda hamkorlikda ishlash tajribasi zarur. Dialog va polilog texnikasini yaxshi egallagan muallim munozara yoki bahsni samarali tashkil etishga layoqatli bo’ladi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, munozarani samarali tashkil etish qobiliyati o’z-o’zidan shakllanmaydi, buning uchun o’qituvchi umuman munozara metodikalarining mohiyati va uni tashkil etish yo’llarini ilmiy-amaliy jihatdan bilishi kerak.



Yüklə 1,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə