1-mavzu. Sosial psixologiya fanining predmeti va vazifalari reja


Rollar ichida kuzatiladigan nizolarni



Yüklə 1,73 Mb.
səhifə55/73
tarix21.06.2022
ölçüsü1,73 Mb.
#89863
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   73
Sotsial psixologiya ma\'ruzlar matni

Rollar ichida kuzatiladigan nizolarni tahlil qilish bir rolning egasiga nisbatan turli xil guruhlarda turlicha talablar qo‘yilishi natijasida kelib chiqadi. Bu borada M. Komarovskaya tomonidan Amerikadagi kollejlardan birida talabalar bilan o‘tkazilgan tadqiqot klassik xarakterga ega. Tadqiqot natijalarining ko‘rsatishicha, talaba qizlarga nisbatan ularning ota-onalarining kutuvlar bilan shu kollejdagi talaba yigitlarning kutuvlari orasida farq kuzatilgan. Rollar bilan bog‘liq nizolar tez-tez sodir bo‘lib turuvchi hodisadir. Bu esa shaxslararo munosabatlarning murakkabligi bilan bog‘liq.
Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, rollardagi nizolar shaxslararo o‘zaro ta’sir jarayoniga ham ta’sir ko‘rsatadi, shuning uchun ijtimoiy psixologlar rollardagi nizolarni hal etish bilan bog‘liq konsepsiyalar ishlab chiqishga harakat qilishmoqda. Ulardan biri U.Gudaning rollardagi zo'riqishlar nazariyasi bo‘lsa, aynan shunday yo‘nalishni N. Gross, U. Meysonlarning ham ishlarida ko‘rish mumkin.
Ular bu boradagi omillarni uch guruhga ajratishadi. Birinchisi, rol ijrochisiga nisbatan subyektiv munosabatlar bilan bog‘liq omillar. Ikkinchi guruhga rolning ijro etilganligi yoki etilmaganligiga qarab sanksiyalarning qo'llanilishi bilan bog‘liq omillar. Uchinchi guruhga rol ijrochisining oriyentatsiyasi (yo’nalishi)ni kiritishadi. Bu omillardan qay birini tanlash orqali rollardagi nizoni bartaraf etish rol ijrochisining oziga bog’liq.

13-MAVZU: SHAXS SOTSIALIZATSIYASI
REJA:

  1. Ijtimoiylashuv tushunchasi

  2. O’spirinlik davrida shaxs ijtimoiylashuvi

  3. Ijtimoiylashuv jarayonida shaxs yo’nalishining shakllanishi

1. Ijtimoiylashuv tushunchasi
Bugungi kunda jamiyatimizda olib borilayotgan siyosatning asosiy maqsadlaridan biri – barkamol avlodni tarbiyalashdir. Barkamol avlod tarbiyasi uchun mas’ul bo‘lgan kishilar sifatida psixolog mutaxassislarga bugungi mavzu juda dolzarbdir.
«Ijtimoiylashuv» atamasini birinchi bo‘lib amerikalik sotsiolog F.G.Giddings insonlarga nisbatan qo'llagan. U o‘zining «Ijtimoiylashuv nazariyasi» (1897) kitobida «ijtimoiylashuv individ tabiati yoki xarakterining rivojlanishi, insonni ijtimoiy hayotga tayyorlashdir», degan fikrni bildiradi.
Har birimizning jamiyatdagi o‘rnimiz, uning qachon va qanday sharoitlarda paydo bo‘lgani, jamiyatga qo‘shilib yashashimizning psixologik mexanizmlari jarayoni psixologiyada ijtimoiylashuv yoki sotsializatsiya deb yuritiladi. Ijtimoiylashuvga oid bir qancha ta’riflar mavjud bo’lib, quyida ulardan bir qanchasining izohi beriladi.

Yüklə 1,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə