1-mavzu. Sosial psixologiya fanining predmeti va vazifalari reja



Yüklə 1,73 Mb.
səhifə52/73
tarix21.06.2022
ölçüsü1,73 Mb.
#89863
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   73
Sotsial psixologiya ma\'ruzlar matni

12-MAVZU: IJTIMOIY ROL
REJA:
1. Ijtimoiy rol tushunchasi va ko‘rinishlari
2. Ijtimoiy rolning shaxs shakllanishiga ta’siri
1. Ijtimoiy rol tushunchasi va ko‘rinishlari
Shaxsning jamiyatdagi xatti-harakatlarini nazorat qilib turishga yordam beruvchi yana bir mexanizm ijtimoiy roldir.
Ijtimoiy rol jamoatchilik munosabatlari tizimida u yoki bu individ egallovchi ma’lum holatning fiksatsiyasidir. Ijtimoiy rol о’zida jamoatchilik munosabatini aks ettiruvchi shaxsning ijtimoiy faoliyati va xulq-atvorining muhim ko‘rinishidir.
Ilk marotaba ijtimoiy rol tushunchasi amerikalik sotsiologlar R. Linton va D. Mid tomonidan ilmiy atama sifatida taklif etilgan. Har bir individ bir emas, bir nechta ijtimoiy rollarni bajaradi. Ijtimoiy rol uni bajaruvchi shaxsning har bir harakati va faoliyatini mayda-chuydasigacha belgilab bermaydi, balki bu shaxs o‘z rolini qanchalik qabul qilganligiga qarab o‘z rolini bekam-u ko‘st bajarishi yoki aksincha bo‘lishi mumkin.
Ijtimoiy rolning asosiy tavsiflari amerikalik sotsiolog T.Parsons tomonidan ajratib ko‘rsatilgan. Bular masshtab, qabul qilish usuli, emotsionallik, shakllantirish, motivatsiya.


Rolning masshtabi – shaxslararo munosabatlar oralig‘iga bog‘liq. Masalan, er va xotin roli ular munosabatlarining kengligi yoki torligiga bog‘liq.
Rolni qabul qilish – shaxs uchun ushbu rolning qanchalik muhimligiga bog‘liq. Kampir, chol, erkak, ayol kabi rollar shaxsning yoshi va jinsi bilan bog‘liq ravishda egallanadi va uni egallashda hech qanday murakkablik kuzatilmaydi.
Ba’zi rollar esa hayot davomida egallanadi va hatto maxsus choralar orqali egallanadi, bular shaxsning kasbiy faoliyati bilan bog‘liq rollar hisoblanadi.
Ijtimoiy rollar emotsionallik darajasiga ko‘ra ham farqlanadi. Har bir rol uning subyekti namoyon qiluvchi emotsionallikni o‘zida aks ettirish imkoniyatiga ega. Ya’ni, ijtimoiy normalar, urf-odatlar, moda ma’lum vaziyatlarda inson emotsional holatini namoyon qilishiga ta’sir qiladi.

Yüklə 1,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə