1-mavzu. Sosial psixologiya fanining predmeti va vazifalari reja


Ustanovkalarning to‘rt bosqichli tizimi



Yüklə 1,73 Mb.
səhifə62/73
tarix21.06.2022
ölçüsü1,73 Mb.
#89863
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   73
Sotsial psixologiya ma\'ruzlar matni

4. Ustanovkalarning to‘rt bosqichli tizimi
Rus olimi V. A. Yadov o’zining dispozision konsepsiyasini yaratib, unda ustanovkalarni to’rt bosqich va to’rt tizimli sifatida tasavvur qilgan:
A) elementar ustanovkalar (set) — oddiy, elementar ehtiyojlar asosida ko’pincha ongsiz tarzda hosil bo’ladigan ustanovkalar. Ularni o’zgartirish uchun moddiy shart-sharoitlarni va odamdagi ehtiyojlar tizimini o’zgartirish kifoya. D.N.Uznadze fikricha, bunday ustanovkalar eng sodda vaziyatlarda, oilaviy muhitning oddiy shart-sharoitlarida shakllanadi.
B) sotsial ustanovkalar (attitud) — sotsial vaziyatlar ta’sirida sotsial obyektlarga nisbatan shakllanadigan ustanovkalar. Ularni o’zgartirish uchun sotsial shart-sharoitlar va shaxsning ularga nisbatan baho va munosabatlari tizimini o’zgartirish kerak.
Kichik guruhlarda kechadigan muloqot bilan bog’liq shaxs ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan faoliyat kechinmalari kiritiladi. Bu yerda shaxs faoliyati bilan bog’liq sotsial obyekt tabiatiga nisbatan ma’lum munosabatlarning tarkib topish jarayoni yotadi.
V) bazaviy sotsial ustanovkalar — ular shaxsning umumiy yo’nalishini belgilaydi va ularni o’zgartirish e’tiqodlar va dunyoqarashlarni o’zgartirish demakdir.
Sotsial ustanovka manbai sifatida sotsial faollikka nisbatan shaxsning umumiy qiziqishlar yo’nalishini o’z ichiga oladi. Bunda shaxs o’z ehtiyojlarini qondirish bilan birga aniq faoliyat turiga nisbatan faollikni ham namoyon qilishi ko’zga tashlanadi.
G) Qadriyatlar tizimi — ular avlodlararo muloqot jarayonining mahsuli sifatida jamiyatda qadr-qimmat topgan narsalarga nisbatan ustanovka. Masalan, sahih hadislar shunday qadriyatlardir, biz ularni tanqidsiz, muhokamalarsiz qabul qilamiz, chunki ular ham ilohiy, ham eng buyuk insonlar tomondan yaratilgan va avloddan avlodga o’z qadrini yo’qotmay kelayotgan qadriyatlardir.
Sotsial ustnovkalarni o’zgartirishning eng sodda va qulay yo’li — bu ayni vaziyatlar va ulardagi ta’sirlarni QAYTARISHDIR. Bu qaytarish qayd qilingan obraz sifatida inson ongida uzoq muddatli xotirada saqlanadi va vaziyat paydo bo’lganda, obyektivlashadi, ya’ni o’z kuchini va mavjudligini ko’rsatadi. Shuning uchun ham agar chet el tajribasiga murojaat qiladigan bo’lsak, u yerda biror g’oyani ongga singdirish uchun bir odam yoki biror guruh o’z siyosiy, mafkuraviy yoki boshqa qarashlarini bir xil so’zlar va iboralar, harakatlar bilan qaytaraveradi va shu yo’l bilan ko’pchilikning ma’qullashiga erishadi. Ayniqsa, saylov oldi tadbirlarida ana shu usul keng qo’llaniladi. Shulardan kelib chiqib, sotsial ustanovkalarni o’zgartirishning usullari va psixologik vositalari orqali ham dunyoqarashni o’zgartirishga erishish mumkin.



Yüklə 1,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə