1-mavzu: Sotsiologiya fan sifatida


Deviant xulq- atvorning turlari



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə26/50
tarix09.06.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#89153
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   50
manaviy begonalashuv

Deviant xulq- atvorning turlari
Deviatsiya (lotincha chetga og‘uvchi fe’l-atvor degan ma’noni beradi) ko‘pgina hollarda sotsial sanksiyalarga muhtoj bo‘ladi. Deviatsiyaning shunday ko‘rinishlari borki, ular odamlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar normalarining buzilishi bilan bog‘liq bo‘lib, jamiyatga jiddiy zarar etkazmaydi. Ular ijtimoiy fikr va o‘zaro munosabatlar qatnashchilarining o‘zlari tomonidan boshqariladi.
Deviatsiyaning pozitiv va negativ ko‘rinishlari mavjud. Pozitiv deviatsiya hollari normalar eskirib, talabga javob bermay qolganda va ulardan og‘ish tizimning rivojiga, fe’l-atvorning mavjud konservativ standartlarini o‘zgartirishga yordam berishi mumkin bo‘lganda uchraydi. Negativ deviatsiya sotsial patologiyadir va uning ko‘rinishlari konkret shaxsga va butun jamiyatga jiddiy zarar etkazadi.
Buugungi kunda, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida adminstrativ boshqaruv tizimi tomonidan yuzaga keltirilgan va kutilgan natijalarni bermayotgan ilgarigi fe’l-atvor normalarining devalvatsiyasiga olib keluvchi sifatga xos o‘zgarishlar ro‘y berayotgan davrda deviatsiya muammosi dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Bozor munosabatlariga o‘tish, eski iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy munosabatlarining buzilishi, odamlarining moddiy ahvolida negativ aks etayotgan ishlab chiqarishning stabil bo‘lmagan rivojlanishi bilan bog‘liq muammolar, kutilgan natija va reallik o‘rtasida qarama-qarshiliklarga, jamiyatda jiddiylikning va odamlarning o‘z fe’l-atvori o‘zgartirishga va mavjud normalar chegarasidan chiqishga moyilligiga olib keldi.
Deviatsiyaning quyidagi klassifikatsiyasi mavjud: jinoyatchilik, alokogolizm, giyohvandlik, suitsid, fohishabozlik.
Jinoyatchilik franko-belgiyalik olim matematik statistik L.A.Ketle o‘zining «sotsial-fizika» (1835 yil) kitobida shunday xulosaga keladiki, har qanday sotsial tuzum o‘zining tashkil topishiga ko‘ra kelib chiquvchi jinoyatlarning ma’lum bir miqdori va tartibini belgilaydi. Bu sohada olib borilgan tadqiqotlar jinoyatni bir qator obyektiv va subyektiv faktorlardan kelib chiqishidan ko‘rsatdi: sotsial o‘rin (mavqe), faoliyat turi, ma’lumot darajasi, qoniqtirmaydigan moddiy ahvol, individ va sotsial guruh o‘rtasida munosabatlarni pasayishi, madaniy chegaralarning yo‘qligi, sotsial nazoratni talabga javob bermasligi.
Jahon amaliyoti ko‘rsatganidek, bozor munosabatlariga o‘tishda, ayniqsa, birinchi davrlarda jinoyatni kuchayishi kuzatiladi. Jinoyatchilikni ahvoliga nosog‘lom konkurensiya, ishga joylashishga qiyinchiliklari, infilyasiya katta ta’sir ko‘rstaadi. Jinoyat bu insoniyatni barcha nuqsonlarini aks ettirishidir. Hech qaysi jamiyat uni yo‘q qilishga erishgani yo‘q. Shunday bo‘lsada, jamiyatni majburiy bo‘lgan vazifasi o‘sish templarini pasayishiga erishish va jinoyatchilikni sotsial chidamkorlik darajasida nazorat ustida ushlab turishidir.
Alkogolizm (ichkilikbozlik), bayram, tantanali marosimlar, oilaviy tantanalarni o‘tkazishda, shuningdek, shaxsiy muammolarni hal etish yo‘lida spirtli ichimliklar ichish majburiy bo‘lib qolganligi an’anasi insonlar hayotida alkogolni qattiq o‘rnashib qolganligiga asos bo‘ladi. Lekin bu sotsial-madaniy an’ana jamiyatga qimmatga tushmoqda. Statistikaga ko‘ra, sobiq ittifoq davrida mayda bezorilikni 90%, tajavuzkorlikni 90%, boshqa jinoyatlarni qariyib 40% ichkilikbozlik bilan bog‘liq bo‘lgan.
Tarix guvohlik beradiki, jamiyat alkogolizmga qarshi 2 yo‘l bilan kurashgan:
1) Spirtli ichimliklarni chegaralash, ularni ishlab chiqarishni va sotishni qisqartirish, narxini oshirish, ta’qiq va chegaralarni buzganligi uchun jazoni kuchaytirish yo‘lidir.
2) Bu alkogolga ehtiyojni kamaytirishga qaratilgan chora tadbirlarni kuchaytirish, hayotni sotsial va iqtisodiy sharoitlarini yaxshilash, umumiy madaniy va ma’naviyatni o‘sishi, alohida alkogolsiz fe’l-atvor stereotiplarini shakllantirish yo‘lidir. Ikkinchi yo‘l maqsadga muvofiqdir, lekin bu alkogolizmga qarshi kurashni administrativ yo‘lini rad etmaydi. Bu 2 yo‘lni birga ongli ravishda muvofiqlashtirish lozim.
Giyohvandlik (narkomaniya). Shaxsga va jamiyatga bugun buzg‘unchi ta’sir ko‘rsatuvchi, og‘ir sotsial oqibatlariga ko‘ra giyohvandlik asosiy o‘rin tutadi. Sotsiologik tadqiqotlar ko‘rsatishicha, odamlar rohat olish, o‘tkir hissiyotlarga kirishish uchun giyohvand moddalarga berilib qoladilar. Giyohvandlar asosan yoshlar ichida ko‘p uchraydi. Tadqiqotlar yana shuni ko‘rsatadiki, ko‘pchilik boshqa odamlar ta’siri ostida, asosan do‘stlari, tanishlari orqali giyohvand moddalarga berilib qolmoqdalar. Xavfli tomni shundaki, narkotiklar qabul qilishni boshlanish etaplarida odam hech qanday yomon ta’sir, og‘ir sezmaydi, aksincha giyohvand moddani qabul qilganda kayfiyat ko‘tariladi. Jism shunday rohat oladiki, buni ko‘pchilik sog‘liqga yaxshi yordam beradi, tinchlantiradi deb o‘ylaydi. Jismoniy va psixik degradatsiya bosqichida esa, ular boshi berk ko‘chaga kirib qolganligini anglab etadilar. Lekin bu odatdan voz kechishga kuchlari etmaydi, unga bo‘ysunib qoladilar. Giyohvandlik bilan kurashida sotsial, iqtisodiy, madaniy xarakterdagi chora-tadbirlar va shuningdek maxsus meditsinaga oid, huquqiy chora-tadbirlardan foydalaniladi.
Suitsid (o‘z-o‘zini o‘ldirish). Suitsid bu odamning o‘zini-o‘zi o‘ldirishga harakat qilishdir. Ko‘p hollarda suitsid chetga og‘uvchi fe’l-atvor sifatida echilishi mumkin bo‘magan muammolardan, umuman hayotdan qutulish usuli bo‘lib keladi. Bunday hollar kuzatilib, o‘rganilib, shunday xulosaga kelindiki, ular ma’lum darajada jins, yosh ma’lumot, sotsial va oiladagi tutgan o‘rniga bog‘liq holda kelib chiqadi. Suitsidlar, asosan rivojlangan davlatlarda ko‘p uchraydi va bugungi kunda ularni ko‘payishi kuzatilmoqda. Erkaklar orasida sodir etilayotgan suitsid hollari ayol orasidagiga qaraganda ko‘proq og‘ir ahvollarga olib keladi. O‘z joniga qasd qilish 20 yoshgacha va 55 yoshdan oshganlar ichida uchraydi. Hozirgi o‘z-o‘zini o‘ldirish hollari 10-12 yoshli bolalar ichida ham kuchaymoqda. Jahon statistikasiga ko‘ra, suitsid fe’l-atvor ko‘pincha shaharlarda, yolg‘iz yashovchi odamlar orasida kuzatiladi. O‘rta Osiyoda 60-yillardayoq ayollar ichida o‘z joniga qasd qilish hollari kuzatilgan. Asosan o‘zini yoqish ko‘paygan. Buning sotsial sababi ayollarga bo‘lgan noto‘g‘ri munosabatlar, ularga jamiyat tomonidan befarq qaralganligi turmushdagi qiyinchiliklar, ayollarni ijtimoiy ishlab chiqarishga, ijtimoiy-siyosiy hayotga jalb etishda zarur shart-sharoitni yaratish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni mahalliy boshqarish organlari tomonlaridan noto‘g‘ri hal etilganligidir.
Fohishabozlik. Bu termin lotincha «Prostitutio» so‘zidan olingan bo‘lib, or-nomusni yo‘qotish, xo‘rlash, toptash degan ma’nolarni beradi. Mehnat taqsimoti, shaharlarni vujudga kelishi jarayonida paydo bo‘lgan fohishabozlik kapitalistik munosabatlar bilan bir qatorda rivojlanib bordi. XX asrning 20 yillarining boshlaridan Yevropada ham, Shimoliy Amerikada fohishabozlikni kamayishi kuzatilmoqda. Bu an’anani sababi tadqiqotchilarni fikriga ko‘ra ayollarni iqtisodiy ahvolini yaxshilanishi, birovga qaram bo‘lib qolmasligidir. Sobiq ittifoqda fohishabozlik to‘g‘risida gapirilmas edi, yaqindan boshlab tadqiqot natijalari ochiq matbuotda e’lon qilina boshlandi, qaerlardadir bu harakatlar qonuniylashtirilgan. 20-yillarda ko‘p ayollar bunday ish bilan ochlik va etishmovchilik tufayli shug‘ullanishgan. Ular asosan ma’lumoti past ayollar edi. Bugungi kunda sotsial va yosh bazasini keskin kengayishi kuzatilmoqda. Ayollar bunday ishni ochlikdan, yo‘qchilikdan emas, balki moddiy ahvolini yanada yaxshilashga, «chiroyli hayot»ga intilishlari tufayli qilmoqdalar. Fohishabozlikka qarshi turli siyosatlar olib borilgan: progibitsionizm (ta’qiq), reglamentatsiya (ro‘yhatga olish va meditsinaga oid ko‘rsatish), abolitsionizm (profilaktika), tushuntirish-tarbiyalash ishlari. 1-2 formani etarlicha effektiv emasligi ma’lum bo‘ldi. Moddiy manfaatdorlikni o‘sishi bilan ayollarni axloqiy o‘sishi fohishabozlikni bora-bora chetga chiqishiga yordam beradi.
Byurokratiya. “Byurokratiya” iborasi “hokimiyatga ega bo‘lgan xodim” ma’nosini anglatadi. Biroq davrlar o‘tishi bilan “byurokratiya” mahalliychiliq qog‘ozbozliq to‘rachiliq mansabni suiste’mol qilish kabi salbiy ma’nolarda qo‘llanila boshlandi. Hozirgi kunda ko‘plab davlatlarda bu ibora asl ma’nosini yo‘qotib, boshqaruvdagi o‘ziga xos idoraviy salbiy uslub tarzida tushuniladi.
Hozirgi kunda o‘smirlar orasida deviant fe’l-atvorni o‘sishi dolzarb muammo bo‘lib qolmoqda. O‘smirlar ko‘pincha chetga og‘uvchi hatti-harakatlarni ongsiz ravishda, behosdan qiladilar. Shuning uchun ularning ko‘pchiligi qilgan ishlarini mohiyatini anglab etmaydi, o‘z xatosini, aybini ko‘rmaydi. So‘rovlar natijasiga ko‘ra, o‘smirlarni ko‘pchiligi o‘z jinoiy ishlarini sababini tashqi shart-sharoitlardan qidiradilar, tashqi dunyoni ayblaydilar, so‘ralganlarni to‘rtdan bir qismi o‘xshash vaziyatda har biri shuday hatti-harakat qilishini aytib o‘tganlar. O‘smirlarni hatti-harakatida chetga og‘ish hollarini asosida sotsial-madaniy ehtiyojlarni rivojlanmaganligi, ma’naviy dunyoni etishmovchiligi yotadi. Shuni ham ta’kidlab o‘tish lozimki, yoshlar deviatsiyasi-jamiyatdagi sotsial munosabatlarni aks ettishidir. Chetga og‘uvchi fe’l-atvor sabablarini topish, sotsial yordam tizimini tashkil qilish, tushuntirish tarbiya ishlarini olib borish bo‘yicha yaxshi o‘ylangan, maqsadli yo‘naltirilgan ishlar qilish kerak.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə