1-mavzu: Sotsiologiya fan sifatida


Deviant xulq-atvor sotsiologiyasi haqida nazariyalar



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə27/50
tarix09.06.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#89153
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   50
manaviy begonalashuv

Deviant xulq-atvor sotsiologiyasi haqida nazariyalar
Dyurkgeym individ tug’ilishi bilan din, qonunlar va an’analar, o’zini tutish, yurish-turish qoidasi, til, pul tizimi va muomalasi kabilarga duch keladi. Bola ana shu ijtimoiy munosabatlar orasida ulg’ayadi, voyaga etadi.
Deviant hulq-atvor sotsiologiyasining asoschisi ham E. Dyurkgeym hisoblanadi. Ilk bor u deviant hulq-atvorning turi bo’ lmish o‘z-o‘zini o’ldirish psixologik patologiya natijasi emas, balki sotsial hodisa deb asosladi.
O‘z-o‘zini o’ldirish muammosi haqida maxsus tadqiqotlar o’tkazdi. Uning empirik tadqiqotlarida bosh prinsip sifatida sotsiologik metod: sotsial fakt(dalil)larni individning ichki dunyosi, uning hulqi irodasrga bog’liqlik jarayoni sifatida qaraydi. Dyurkgeym o’z-o’zini o’ldirishni psixologik asosini ijtimoiy sabablar bilan bog’laydi. O‘z- o‘zini o’ldirish individning faqat ichki dunyosi, tushunish tarzida emas, balki ijtimoiy sabablarini ham tadqiq etishga harakat qiladi.
Mutafakkir o‘z-o‘zini o’ldirishni ko‘p omillarga bog’liqligini, ya’ni individning tashqi dunyosi, kishilar bilan o’zaro munosabati, mehnat va ijtimoiy faoliyati, psixologik holati, individual turmush tarzi va boshqa omillar bilan bog’laydi. Hatto u o’z-o’zini o’ldirishni ob-havoga ham bog’laydi. Bunda u o’z-o’zini o’ldirish darajasi yozda qish faslidan ko’ra ko’pligini, erkaklarda esa ayollarga qaraganda yuqoriroq, qariyalarda yoshlarga qaraganda ko’proq, oddiy askarlarda fuqarolarga nisbatan ko’pligi, protestantlar katoliklarga nisbatan, yolg’izlar, beva va oiladan ajralganlarda yana ko’proq, shaharda qishloqqa nisbatan o’z-o’zini o’ldirish ko’pligi haqida qiziqarli ma’lumotlar to’plagan va bayon etgan.
«Individni individ sifatidagi maqsadi muddaosi va dunyo- qarashini o’rganish, ko’p qirrali murakkab ijtimoiy munosabatlarni takomillashtirish (oilaviy ijtimoiy-iqtisodiy-siyosiy muhit ishdagi muhit va h.k.) o’z-o’zini o’ldirish darajasini, kamaytirish hatto oldini olish mumkin bo’larmidi, - degan fikrlarni ham ilgari suradi.
O’z-o’zini o’ldirishning bir necha tipini ko’rsatdi, shulardan:
«Egoistik»; «Altruistik»; «Anomik»; «Fatalistik».7
Shunday qilib, o‘z-o‘zini o'ldirish qasddan va ongli qilingan hodisadir. Uning ijtimoiy sabablari yetakchi o‘rin egallaydi. E.Dyurkgeym jamiyatni yaxlit normativ tizim sifatida qaraydi. Ayniqsa, ijtimoiy hamkorlik uning bosh mavzusi edi. Olim ijtimoiy hamkorlikka katta ahamiyat berdi. Buning uchun adolatsizlikka barham berish zarurligini ta’kidladi. Agar jamiyatda odam qadr-qiymati toptalar ekan, uning qadriga borilmas ekan, unda jamiyat rivojlanmaydi ham gullab-yashnamaydi ham. Shaxs erkinligi va individual I igini bo‘g‘ish - bu taraqqiyotga zid. Jamiyat va shaxs o’rtasida o‘zaro bog'liqlik bor. Bu bog'liqlik buzilsa, har ikki tomon ham zarar ko‘radi. Bundan tashqari, odam mashina yordamchisiga emas, balki uni boshqaradigan subyektga aylanishi kerak. Mehnat taqsimoti ham oqilona, normal bo'lishi kerak. Shunday qilib, tenglik adolat, erkinlik Dyurkgeym fikricha, jamiyat tuzilishining yuqori tipda tashkil topishining asosidir.
Anomiya nazariyasi ham Merton tomonidan ishlab chiqilgan sotsiologik tahlil yo‘nalishini ko‘rsatuvchi misol sifatida qaralishi mumkin. Bu Dyurkgeym naz-yasidan olingan bo‘lib, axloqiy qadriyatlar yemirilishi va ideallar vakuni bilan xarakterlanadigan o‘ziga xos axloqiy-ruhiy holatni ifodalaydi. Anomiya sabablarini Merton AQSH da hukmron bo‘lgan individualistik “me’yor-maqsadlar” (boylikka, hokimiyatga, muvaffaqiyatga intilish) va bu maqsadlarga erishish yo‘lida foydalanish mumkin bo‘lgan vositalar o‘rtasidagi ziddiyatdan axtaradi. Bu vositalar Merton xulosasiga ko‘ra, amerikaliklarning aksariyatini o‘z maqsadlariga qonuniy yo‘l bilan erishish imkoniyatidan mahrum qiladi. Mana shu ziddiyat jinoyatchilik va isyonkorlikning o‘sishiga, befarqlik hayotdan ko‘ngil qolishi kabi holatlarga olib keladi. Bu ziddiyatni Merton butun industrial jamiyat uchun xos bo‘lgan hodisa sifatida talqin qiladi. Merton AQSH da ommaviy axborot vositalari, shuningdek bilish va fan sotsiologiyasi bo‘yicha empirik tadqiqotlar o‘tkazgan.
Jinoyatning mohiyatini qo’niqarli izohlash sotsiologik izohlash bo’lishi mumkin. Chunki jinoyatlar jamiyatning ijti­moiy institutlari bilan bog’liq. Sotsiologik yondoshuvning eng muhim jihatlaridan biri — turli ijtimoiy kontekstlarda konformlik va og’ishlarning o’zaro aloqadorligini ta’kidlashdir. Hozirgi jamiyatlarda ko’plab submadaniyatlar mavjud bo’lib, ulardan birida me’yoriy hisoblangan xulq, boshqasida og’ish sifatida baholanishi mumkin. Masalan, yoshlardan iborat bandaning a’zolaridan biriga avtomobilni o’tirib, «o’zini ko’rsatishi uchun» bosim o’tkazilishi mumkin. Bundan tashqari, jamiyatda boylar va kambag’allar o’rtasida kuchli tafovutlar mavjud bo’lib, ular turli guruhlarning imkoniyatlariga kuchli ta’sir o’tkazadi. Kissavurlik yoki buzib kirish bilan bog’liq, o’g’irliklar aholining eng kambag’al qatlamlariga mansub odamlar tomonidan sodir etilishi taajjublanarli xol emas. Jinoyatlarning boshqa turlari — kamomad va soliq, to’lashdan qochishlar o’ziga to’q odamlar tomonidan sodir etiladi .
Edvin X. Sazerlend (Amerika sotsiologiyasidagi «Chikago maktabi»ga mansub bo’lib, bu nom yo’nalishning Chikago universiteti bilan aloqasi tufayli berilgan) jinoyatlarni uning o’zi tabaqalashgan uyushma deb ataydigan xodisa bilan bog’- laydi. Tabaqalashgan uyushma goyasi juda sodda. Ko’plab submadaniyatga ega bo’lgan jamiyatda ba’zi hamjamiyatlar qonunga xilof harakatlarni rag’batlantirsalar, boshqasi qoralaydi. Individning o’zini kriminal me’yorlarning tashuvchilari bilan birlashtirganda xuquqbuzar yoki jinoyatchi bo’lib qoladi. Sa­zerlend fikriga ko’ra kriminal xulq ko’pincha birlamchi guruhlardan, jumladan tengdoshlar guruhlarida o’zlashtiriladi. Bu nazariya jinoyatchilar va boshqalar bir-biridan psixologik xususiyatlari tufayli farqdanadi, degan nazariyadan tubdan boshqacha. Unga ko’ra, faoliyatning kriminal turlari ham qonuniy faoliyat turlari kabi o’zlashtiriladi, ayni paytda ular aynan bir xil extiyojlar va qadriyatlarga yo’naltirilgan bo’ladi. O’g’rilar ham, oddiy faoliyat bilan shug’ullanayotgan boshqa odamlar kabi «pul ishlamoqchi» bo’ladilar, biroq buning uchun noqonuniy vositalarni tanlaydilar.8
Jinoyat va deviatsiyaning boshqa shakllarini izohlashga bo’lgan dastlabki urinishlar asosan biologik xarakterda edi.
Fransiyalik antropolog Broka jinoyatchilarning bosh chanog’i va miyasining tuzilishida qonunga amal qiluvchi aholiniki­dan farq qiladigan xususiyatlar bor, deb fikr bildirgan edi. XIX asrning 70-yillarida faoliyat yuritgan italiyalik krimi- nalshunos Chezare Lombrozo: "Ba’zi odamlar jinoiy mayllar bilan to’g’iladilar va ular ibtidoiy insonlar tipiga mansub bo’ladilar", degan xulosaga keldi. Uning fikriga ko’ra, jinoyatchi tiplarni bosh chanog’i shakliga qarab aniqdash mumkin. U ijtimoiy tajribaning kriminal xulq rivojiga ta’sirini inkor etar edi, uning asosiy g’oyasi — ko’pchilik jinoyatchilar­ning biologik jihatdan degenerativ va defektli ekanida edi.9
Keyinchalik bu g’oyalar to’la rad etildi, biroq individning biologik tuzilishi jinoiy mayllarga ta’sir ko’rsatishi haqidagi tezis turli ko’rinishlarda yana ko’p marta paydo bo’ld. Bir necha muddat kriminal xuni irsiyatning xulq shakllani- shiga ta’siri oqibati sifatida qarash ham ommaviylashib yurdi. Richard Daygdeygl 1200 a’zodan 140 jinoyatchi «yetishtirgan» amerikalik Dyuklar shajarasini o’rganib chiqdi. U Dyuklarni kolonial Amerikada mashhur bo’lgan ruhoniy Edvars avlodlari bilan solishtirdi. Dyuk va Edvarslarning shajarasini solishtirish, muallifning fikricha, genetik belgilar tufayli oilalardagi xulqlar o’rtasidagi tafovutlarni yaqqol ko’rsatib berishi kerak edi. Biroq tadqiqot jinoiy xulqda genetik mayl borligini ko’rsatishga ojizlik qildi, chunki, Jonatan Edvarsning ajdoddari orasida ham jinoyatlar uchun sudlanganlar borligi ma’lum bo’lib qoldi. Agar kriminal xulq xaqiqatdan ham irsiy belgi bo’lsa, unda J. Edvars avlodlari orasida ham jinoyatchilar bo’lishi kerak edi. Oilalar shajarasini tadjiq etishga irsiyatning ta’siri xaqida hech narsa demadi, chunki irsiy ta’sir va muxit ta’sirini bir-biridan ayirish mumkin emas. Edvarsning bolalari o’sgan sharoitlar bolalari o’g’rilar muxitida o’sgan Dyuklar oilasi muhitidan keskin farq qilar edi.
Biologik omil va jinoyatga mayl orasidagi bog’liqlik goyasi Vilyam A.Sheldon ishlarida 1940 yillarda qaytadan tirildi. Sheldon odamlarning uch jismoniy tipini ajratib ko’rsatadi, uning fikricha, shu tiplardan biri xuquqbuzarlikka mayl bilan bevosita bog’liq. Mushakdor, faol (mezomorf) tip, Sheldon taxminiga ko’ra, subtil tana tuzilishiga (ektomorf) yoki yana xam to’laroq kompleksiya (endomorf) odamlarga ko’ra jinoyatchi bo’lishi ehtimoli kuproq. Boshqa olimlar tomonidan keyinroq o’tkazilgan tadqiqotlar ham shunga yaqin natijalar berdi. Xozirgi kungacha bunday qarashlarning himoyachilari bo’lsa ham, u tadqiqotlar kuchli tanqidga sabab bo’ldi.
Agar xatto odamning jismoniy tuzilishi va xuquqbuzarlikka mayli o’rtasida bog’liqlik mavjud, deb faraz qalsak ham, bu irsiyatning ta’siri masalasini ravshanlashtirmaydi. Sheldon jinoyatchilik bilan bog’lagan mushakdor odamlar kuch talab qilingani uchun ham bandalar faoliyatiga jalb etilgan bo’li­shi mumkin. Bundan tashqari bu sohadagi barcha tadqiqotlar yaqin o’tmishgacha bolalar koloniyalaridagi jinoyatchilarni o’rganish bilan cheklangan edi. Agar bu yerda ham jinoyatchilikning tana tuzilishi bilan qandaydir aloqasi bo’lsa, u faqat kuchli atlet tana tuzilishiga ega bo’lgan jinoyatchilarni kuchsiz va oriq jinoyatchilarga qaraganda tezroq panjara ortiga o’tkazib kuyishlarida ko’rinadi.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə