1-мавзу: Суғуртанинг моҳияти ва функциялари


Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha



Yüklə 2,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/193
tarix09.01.2023
ölçüsü2,88 Mb.
#98379
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   193
pdffox.com sugurta-huquqi

Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha
ko‘rsatma va tavsiyalar 
Amaliy va seminar mashg‘ulotlari mavzulari: 
1. Sug‘urta huquqi tushunchasi. 
2. Sug‘urtalovchilarni tashkiliy-huquqiy asoslari va ularni davlat ro‘yxatidan 
o‘tkazish. 
3. Davlat sug‘urta nazorati, uning huquqlari va majburiyatlari. 
4. Sug‘urta shartnomalarini tuzish va uni bajarish tartibi. 
5. Majburiy va ixtiyoriy sug‘urtalashning huquqiy asoslari. 
6. Qayta sug‘urtalash kompaniyalari va sug‘urta brokerlarining faoliyatini huquqiy 
tartibga solish. 
Amaliy mashg‘ulotlarni bajarish jarayonida multimedia vositalaridan keng 
foydalanish tavsiya etiladi. Mavzuni yoritish jarayonida sug‘urta munosabatlarini 
tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarni o‘rganishga alohida ahamiyat qaratish lozim. 
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident Farmonlari va 
qarorlari, Vazirlar Mahkamasi Qarorlarining asosiy mazmuni talabalarga 
etkazilishi, ularning mavzuga oid qismlaridan ko‘chirmalar tarqatma material 
sifatida o‘rganilishi tavsiya etiladi. Qonun hujjatlarini o‘rganishda axborot 
tizimlaridan foydalanish mumkin. Internet saytlari ma’lumotlaridan samarali 
foydalanish, sug‘urta tashkilotlarining faoliyati, O‘zbekiston Respublikasida 
amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, sug‘urta tashkilotlari tomonidan 
sug‘urtalanayotgan loyihalar to‘g‘risida ularning rasmiy saytlaridan yangi 
ma’lumotlarni olib foydalanish lozim. 
Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni 
Talabalar mustaqil ta’limini tashkil etishning shakli bo‘lib quyidagilar 
hisoblanadi: mazkur fan mavzulari bo‘yicha tarqatma materiallar tayyorlash
tegishli mavzular bo‘yicha referatlar yozish; fan mazmunini boyitish va uning 
ma’lumotlarini yangilab borishda axborot resurslaridan foydalanishni yo‘lga 
qo‘yish; fanning mazmunini yanada takomillashtirish maqsadida tavsiya etilgan 
chet el adabiyotlari ma’lumotlarini tarjima qilish va fanga tatbiq etish; talabalar 
fanni mukammal o‘zlashtirish maqsadida mazkur fanga oid muammolarni hal 
qilish yo‘llarini izlab topishi va muammolarni maqolalar orqali yoritishi tavsiya 
etiladi. 
Mustaqil ta’limni tashkil etishning mazmuni: talabalar mustaqil ishlari 
mavzulari kelgusida bajariladigan kurs ishlari va bitiruv malakaviy ishlari 
mavzulari bilan uzviylikda bajariladi. 

Yüklə 2,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə