1-мавзу: Суғуртанинг моҳияти ва функциялари


Davlat sug‘urta nazorati, uning huquqlari va majburiyatlari



Yüklə 2,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/193
tarix09.01.2023
ölçüsü2,88 Mb.
#98379
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   193
pdffox.com sugurta-huquqi

Davlat sug‘urta nazorati, uning huquqlari va majburiyatlari 
Sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning ob’ektiv zarurligi. 
Davlat sug‘urta nazoratining asosiy vazifasi sug‘urtalanuvchilarning qonuniy 
huquqlarini himoya qilish ekanligi. Sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga 
solishda sug‘urta nazorati organlarining huquqlari va majburiyatlari. Davlat 
sug‘urta nazoratining sug‘urta tashkilotlari ustidan amaldagi qonunchilik 
talablarini bajarilishi bo‘yicha ish olib borish tartibi. 
Sug‘urta shartnomalarini tuzish va uni bajarish tartibi 
Sug‘urta shartnomasi - sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchi o‘rtasidagi o‘zaro 
munosabatlarni huquqiy tartibga soluvchi hujjat shaklida. Sug‘urta shartnomasida 
majburiy ko‘rsatilishi zarur bo‘lgan rekvizitlar. Sug‘urta shartnomasining muhim 
va muhim bo‘lmagan shartlari. Sug‘urta shartnomasini tuzish va kuchga kiritish 
tartibi. Sug‘urta shartnomasining bekor etilishi.
Majburiy va ixtiyoriy sug‘urtalashning huquqiy asoslari 
Majburiy sug‘urta haqida tushuncha va uni joriy etishning asosiy shartlari. 
Majburiy sug‘urtaning qonuniy kuchga ega ekanligi va faqat qonunchilik hujjatlari 
asosida joriy etilishi. Majburiy sug‘urta kilish shartnomasining o‘ziga xos 
xususiyatlari. Majburiy sug‘urtaning turlari. Majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha 
sug‘urta tarifi stavkasi va sug‘urta summasini aniqlash. Majburiy sug‘urta turlarini 
maxsus litsenziyaga ega bo‘lgan sug‘urta tashkilotlari tomonidan amalga 
oshirilishi. Majburiy sug‘urta va majburiy davlat sug‘urtasi. Ixtiyoriy sug‘urta 
qilishning ahamiyati. Ixtiyoriy sug‘urta qilish bo‘yicha shartnomalarni tuzish. 
Ixtiyoriy sug‘urta qilishning turlari. 
 
Qayta sug‘urtalash kompaniyalari va sug‘urta brokerlarining faoliyatini 
huquqiy tartibga solish 
Qayta sug‘urta qilish kompaniyalari haqida tushuncha. Qayta sug‘urta qilish 
shartnomalarini tuzish tartibi. Qayta sug‘urta qilishda qatnashgan tomonlarning 
huquqlari va majburiyatlari. Qayta sug‘urta qilish bilan bog‘liq huquqiy 
normalarning O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksida aks ettirilishi. Qayta 
sug‘urta qilish shartnomalarini kuchga kiritish va bekor etish tartibi. Fakultativ 
qayta sug‘urta qilishning huquqiy asoslari. Obligatorli qayta sug‘urta qilish. 
Sug‘urta brokerlari mustaqil yuridik shaxs sifatida. Sug‘urta brokerining huquq va 
majburiyatlari. 


 10 

Yüklə 2,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə