1-mavzu: Sug’urtaning mohiyati, funktsiyalari va bozor munosabatlaridagi o’rni



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/29
tarix17.01.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#98692
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
sugurtaning mohiyati funktsiyalari va bozor munosabatlaridagi orni

SMQ = SS x YBS x STK / 100 
 
Shartnoma 1 yildan kam muddatga tuzilganda: 
SQM = SS x YBS x STK / 100 / 365 x K 
Bu erda: 
SMQ 
– Sug’urta mukofoti qiymati
SS
– Sug’urta summasi; 
YBS
– Yillik bazaviy stavka; 


STK 
– Sug’urta tarifining mos koeffitsenti; 
K
– Shartnoma tuziladigan kunlar soni.
Majburiy sug’urtaning ushbu turi bo’yicha sug’urta summasi quyidagicha 
belgilanadi: 
- majburiy sug’urta shartnomasi tuzilayotgan sanaga kelib bir yildan ko’p faoliyat 
olib borgan ish beruvchi uchun – ish beruvchining barcha xodimlarining ushbu 
shartnoma tuzilgunigacha o’tgan o’n ikki oyda olgan yillik ish haqi hajmida; 
- o’z faoliyatini yangitdan boshlayotgan ish beruvchi uchun – barcha xodimlarning 
majburiy sug’urta shartnomasi tuzilgandan keyin keladigan o’n ikki oy uchun 
oladigan ish haqi hajmida. Bunda yillik ish haqi miqdori birinchi oydagi ish haqini 
o’n ikkiga ko’paytirish yo’li bilan hisoblanadi; 
- o’z faoliyatini kamida bir yil avval boshlagan ish beruvchi uchun ish 
beruvchining barcha xodimlari ish beruvchining ushbu faoliyatini amalga oshirish 
muddatida olgan ish haqi hajmida. 
Majburiy sug’urta bo’yicha sug’urta mukofoti sug’urta tariflari asosida 
hisoblanadi. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urtalash 
bo’yicha sug’urta tarifi ikki tarkibiy qismdan shakllantiriladi: bazaviy stavka va ish 
beruvchi olib borayotgan faoliyatning xavflilik darajasiga qarab bazaviy stavkaga 
ko’paytiriladigan koeffitsent. 
Bazaviy stavka ish beruvchilar va sug’urtalovchilar uchun yagona 
hisoblanadi va ish beruvchining fuqarolik javobgarligi shartnomasi bo’yicha 
sug’urta summasining yillik 0,1% miqdorida belgilanadi. 
Bazaviy stavkaga ko’paytiriladigan koeffitsent ish beruvchi olib boradigan 
faoliyatning xavflilik darajasiga qarab belgilanadi. Faoliyat xavflilik darajasi 
Klassifikatsiyaga muvofiq belgilanadi. 
Ish beruvchining faoliyat turining xavflilik darajasi Klassifikatsiyasi 
Qoidalari asosida tasdiqlangan. Ushbu Klassifikatsiyaga binoan, iqtisodiyot 
sohalari kasbiy xatarlarning 20 ta sinfiga ajratilgan. har bir sinf bo’yicha tegishli 
koeffitsentlar belgilangan. Agar ish beruvchi Klassifikatsiyada keltirilmagan 
faoliyat turi Bilan shug’ullanayotgan bo’lsa, faoliyatning bu turiga nisbatan kasbiy 
xatarlar sinflari bo’yicha o’rtacha sug’urta tariflariga teng 3,400 hajmidagi 
koeffitsent qo’llaniladi. 
Shuningdek, sug’urtaning ushbu turi bo’yicha sug’urta tariflari tarkibi ham 
belgilangan bo’lib, bunda sug’urta mukofoti hajmidagi nettog’stavka va sug’urta 
mukofoti hajmida majburiy sug’urtani amalga oshirish harajatlari ulushi belgilab 
beriladi. Sug’urta tarifi tarkibiga muvofiq, tarif stavkasining 70% ish beruvchining 
fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urtalash shartnomasi bo’yicha to’lovlar va 
30% ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urtalash xarajatlari 
(shu jumladan, sug’urta hodisalarining oldini olishga oid ogohlantirish tadbirlari 
zahirasiga chegirmalar tarifining 5% ni tashkil etadi) dan iborat. 
Bundan tashqari, majburiy sug’urta bo’yicha sug’urta tariflari koeffitsentini 
qo’llash tartibi 1 yildan kam muddatga shartnomalar tuzilishini ham hisobga oladi. 
Majburiy sug’urta shartnomasi 1 yildan kam muddatga tuzilganda Ushbu 
shartnoma bo’yicha to’lanishi kerak bo’lgan sug’urta mukofoti hajmi sug’urta 
summasining yillik bazaviy stavkaga, sug’urta tarifining tegishli koeffitsenti va 


majburiy sug’urta shartnomasi yilning necha kuniga tuzilayotganiga qarab kunlar 
soni ulushiga ko’paytirish yo’li bilan aniqlanadi. 
Shuningdek, Qoidalar Bilan quyidagi hujjatlarning namunalari tasdiqlangan: 
- ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urtalash shartnomasi va 
annuitetlar shartnomasi; 
- ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urtalash shartnomasini 
tuzish va annuitetlar shartnomasi haqidagi arizalar; 
- ish beruvchinin fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urtalash shartnomasi 
bo’yicha sug’urta polisi va annuitetlar shartnomasi bo’yicha sug’urta polisi 
blankalari; 
- sug’urta qoplamasini to’lash haqidagi ariza; 
- ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisa va boquvchisini yo’qotganlik bilan bog’liq 
zararlarni qoplash haqidagi buyruqlar. 
Yuqorida ta’kidlanganidek, ikkinchi bosqichda sug’urta shartnomasi 
bo’yicha sug’urta hodisasi yuzaga kelganda boshlanadi. Qonunga muvofiq sug’urta 
hodisasi bu – majburiy sug’urta shartnomasi amalda bo’lgan vaqtda xodimning 
jarohat olishi, kasb ksalligi yoki xizmat burchini bajarayotgan vaqtida 
salomatligiga etgan zararlarni qoplash bo’yicha ish beruvchining javobgarligi 
yuzaga kelganini tasdiqlovchi holatdir. 
Ikkinchi 
bosqichda 
majburiy 
sug’urta munosabatlari tomonlariga 
jabrlanuvchi, naf oluvchi va annuitet shartnomasi bo’yicha sug’urtalovchi 
qo’shiladi. Sug’urta hodisasi yuzaga kelganda jabrlanuvchi va naf oluvchi 
majburiy sug’urta shartnomasiga asosan sug’urta qoplamasini oluvchilarga 
aylanadilar. 
Majburiy sug’urta bo’yicha sug’urta qoplamasi quyidagi ko’rinishlarda 
amalga oshiriladi: 
- jabrlanuvchining mehnat jarayonida jarohat olguniga qadar bo’lgan o’rtacha oylik 
ish haqiga xodimning kasbiy layoqatini yo’qotish yoki kasb kasalligi darajasiga 
nisbatan foizlar ko’rinishidagi har oylik to’lovlar; 
- halok bo’lgannning o’rtacha oylik ish haqidan uning o’ziga tegishli bo’lgan 
hamda uning qaramog’ida bo’lib, mehnatga layoqatli bo’lgan , lekin etkazilgan 
zararni qoplashga huquqi bo’lmagan shaxslarga tegishli ulushi chegirib tashlangan 
har oylik to’lovlar; 
- jabrlanuvchi yoki manfaat ko’ruvchiga qonunchilikda belgilangan hollarda bir 
martalik nafaqa to’lovlari; 
- majburiy sug’urta shartnomasida belgilangan hajmda Dafn marosimlari
xarajatlari; 
- ish beruvchining qonunchilikka muvofiq qo’shimcha xarajatlari. 
Shuni ta’kidlash zarurki, sug’urta qoplamalarini to’lash muddatiga qarab uni 
to’lash tartibi belgilanadi. Agar etkazilgan zararni qoplash bir yildan ortiq 
muddatga mo’ljallangan to’lovlarni ko’zda tutsa, u holda sug’urta to’lovlari 
bevosita jabrlangan yoki naf oluvchiga to’lanadi. 
Agar etkazilgan zararni qoplash bir yildan ko’p muddatga mo’ljallangan 
to’lovlarni ko’zda tutsa, u holda sug’urta to’lovlari sug’urtalovchi tomonidan ish 
beruvchiga to’lanadi. Bunda ish beruvchi sug’urtalovchi Bilan annuitetlar 


shartnomasini tuzishi shart va majburiy sug’urta shartnomasi bo’yicha olgan 
sug’urta to’lovlarini faqat annuitetlar shartnomasi bo’yicha sug’urta mukofotlarini 
to’lashga sarf qilishi kerak. Bu holda sug’urta munosabatlariga annuitetlar 
shartnomasi bo’yicha sug’urtalovchi ham qo’shiladi. Sug’urta to’lovlari muntazam 
asosda va bir yildan ortiq muddatga to’lanishi munosabati bilan ish beruvchi va 
hayot sug’urtasiga ixtisoslashgan sug’urtalovchi o’rtasida annuitetlar shartnomasi 
tuziladi. Shu tariqa, keyinchalik jabrlanuvchi yoki manfaat ko’ruvchi annuitetlar 
shartnomasi bo’yicha muntazam ravishda zararni qoplash hisobiga to’lovlar oladi. 
Anuitetlar shartnomasi bo’yicha sug’urta summasi jabrlanuvchi yoki 
manfaat ko’ruvchiga etkazilgan zararning qonunchilikka muvofiq ravishda qoplab 
berilishi kerak bo’lgan hajmda belgilanadi. 
Anuitetlar shartnomasi bo’yicha sug’urta mukofotlari ish beruvchi 
tomonidan annuitetlar shartnomasi bo’yicha sug’urta muddatining hammasi uchun 
bir martada to’lab beriladi. 
Shuni aytish kerakki, bugungi kunda respublikada majburiy sug’urtaning 
ijtimoiy yo’naltirilgan tizimi qurilmoqda. Bu tizim mamlakat iqtisodiyotining 
zamonaviy talablariga to’la javob beradi. Majburiy sug’urta turlarining manna 
shunday tizimlarining tatbiq etilishi yaqin yillar ichida mamlakat sug’urta bozorini 
rivojlantirishga qudratli turtki beradi va majburiy sug’urtaning aholini ijtimoiy 
himoyalashda ishtirokini kengaytiradi.

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə