1-mavzu: suzish mashg‘ulotlarida mashq qilish va o‘rgatish asoslari. (2 soat) reja


Jismoniy tarbiya sistemasida sportcha suzish



Yüklə 115,5 Kb.
səhifə2/2
tarix21.10.2023
ölçüsü115,5 Kb.
#129638
1   2
1-Maruza

Jismoniy tarbiya sistemasida sportcha suzish
Jismoniy tarbiya sistemasida sportcha suzish asosiy o‘rinlardan birini yegallaydi. Boshqa jismoniy mashqlar qatori suzish buyicha sinov topshirish uchun aniq belgilangan masofaga, malum vaqtda yoki uzaytirilgan masofani vaqtga qaramay suzib o‘tish kerak. Norma topshiruvchilarning jinsiga va yoshiga qarab belgilangan masofa bosqichma-bosqich oshib boradi.
Suzuvchilar-suv osti suzuvchilari, suv to‘pi o‘yinchilari va suvga sakrovchilarni malaka va mahoratlariga qarab xalqaro toifadagi sport ustalari, sport ustaligiga nomzod, I, II, III razryadli sportchilarga bo‘lish mumkin.
Sportchilar mahorati quyidagicha aniqlanadi; malum masofani suzib o‘tishda ko‘rsatgan natijasiga; suv osti sportida muayyan normativlarni bajarish va musobaqada qo‘lga kiritgan ochkolarining umumiy miqdoriga; suv to‘pi bo‘yicha jamoani tarkibining yil davomidagi rasmiy uchrashuvlarda g‘oliblik yoki durang natijalari ochkolarining soniga; suvga sakrashda musobaqa dastursini bajarish bo‘yicha chiqarilgan ballar yig‘indisiga ko‘ra.
Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida suzish majburiy fan hisoblanadi. Boshqa oliy o‘quv yurtlarida suzish va suvga sakrash sportni mukammallashtirish maqsadida fakultativ kurs sifatida kiritilgan. Mamlakatimizning bir qator maktablarida (sharoitiga qarab) jismoniy tarbiya darslarida suzish o‘qitiladi, suzish mashg‘ulotlari yozgi p lagerlarida o‘tkaziladi. Bu ishlarning hammasi davlat dasturiga muvofiq, tasdiqlangan reja asosida olib boriladi.
Har tomonlama rivojlangan va yuqori malakali sportchilarni tayyorlash maqsadida suzish, suv to‘pi va suvga sakrash bo‘yicha bolalar va yoshlar sport maktablari ochilgan. Kasb xunar kollejlarda, jismoniy tarbiya institutlari va murabbiylar maktablarida shu sport turi bo‘yicha murabbiy-o‘qituvchi kadrlar tayyorlanadi.
Sport turlar buyicha federasiyasi tomonidan uyushtirilgan uslubiy seminarlarda, malaka oshirish fakultetlarida oshirib boradilar. Suzish, suv to‘pi va suvga sakrashdan ilmiy-pedagogik kadrlar ilmiy-tekshirish institutlari aspiranturalarida va jismoniy tarbiya institutlarida tayyorlanadi. Ayrim o‘qituvchi va murabbiylar ilmiy-tekshirish va uslubiy ishlarni mustaqil bajarishadi. Muntazam chiqarilayotgan maxsus adabiyotlar (darsliklar, uslubiy qo‘llanmalar, dasturlar, musobaqa qoidalari va hokazolar) suzish, suv to‘pi va suvga sakrashni o‘rgatishda, nazariy saviyani oshirish va dars berish uslubiyasini yaxshilashda ko‘mak beradi.
Yüklə 115,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə