1-mavzu: tabiiy fanlar konsepsiyasi reja



Yüklə 35,26 Kb.
səhifə7/8
tarix22.03.2023
ölçüsü35,26 Kb.
#102918
1   2   3   4   5   6   7   8
1-MAVZU TABIIY FANLAR KONSEPSIYASI

Fazo va vaqt. Nyuton asarlarida vaqt haqida shunday deydi: “Absolyut haqiqiy matematikaviy vaqt o’z - o’ziga, o’z mazmuni bo’yicha hech qanday tashqi narsaga bog’liq bo’lmagan ravishda o’tab boradi. Fazo va vaqt universal bo’lib, materiyaning umumiy yashash formasidir. Tabiatdagi barcha voqea, hodisa va jismning hammasi fazo va vaqtda sodir bo’ladi”.
Fazo bir jismli yoki uning biror nuqtasining ustuni yo’q, u istagan nuqtasini sanoq boshi qilib olishi mumkin. Muhim xossalaridan biri uning uch o’lchovligidir. Har qanday jismning vaziyatini bir-biriga bog’liq bo’lmagan uch koordinata kattalik yordamida aniqlash mumkin.
- dekart koordinata tizimida-X, U, Z o’qlari (uzunligi, eni va balandligi);
- sferik koordinata tizimida-radius-vektor va a, v burchaklar;
- silindrik koordinata tizimida-balandlik Z. Radius - vektor va burchaka.
Fazo bilan vaqtning bir - biridan farqi shuki, vaqtga qayta kelib bo’lmaydi, ammo fazoning ma’lum nuqtasiga qayta kelish mumkin yoki ma’lum ma’noda u qaytadi. Bilamizki, vaqt qaytmaydi, u faqat oldinga qarab boradi, uning ma’lum bo’lagini qoldirib ham bo’lmaydi, tashlab ketish ham mumkin emas. Fazo va vaqt bir jismli, ammo fazo izotrop xususiyatga ega, ya’ni hamma vaqt yo’nalishlarida teng huquqqa egadir.
Nyuton fazoni shunday deb ta’riflaydi: “Fazo go’yo katta bo’sh qutidan iborat bo’lsa, unda moddiy jism joylashgan bo’lib, unda turli fizikaviy jarayonlar ro’y beradi”.
Fazodagi izotrop jismlarda moddaning elektr va optikaviy xususiyatlari barcha yo’nalishlari bo’ylab bir xil bo’ladi. Elektr va magnit yo’nalishlarga bog’liq bo’lgan moddalarni anizotrop deyiladi. Vaqtning qaytmasligi va uzluksiz bir yo’nalishda o’tib turishi Darvinning evolyuhion nazariyasini tasdiqlaydi. Nyuton vaqtga quyidagicha ta’rif beradi. “Absolyut, haqiqiy matematikaviy vaqt o’z - o’ziga va o’z mazmuni bo’yicha hech qanday tashqi narsaga bog’lanmagan holda bir tekisda o’tadi”.
Buyuk olim fazo va vaqtni tabiatdan tashqaridagi absolyut kattalik deb biladi.
XX asr boshlaridagi fan va texnika inqilobi vaqtga “ta’sir qilish” mumkinligini aniqladi, juda katta tezlik vaqt oqimi o’tishini sekinlashtiradi. Vaqtning o’tishi tortishish maydoniga bog’liq ekanligi ham aniqlandi. Natijada yangi fan-fazo va vaqt fizikasi vujudga keldi.
Endilikda vaqtning neytron yulduzlar yakunida sekinlashuvi, “Qora tuynukda” to’xtashi, “Oq tuynuk”lardan tez otilib chiqishi, vaqtning fazoda aylanishi mumkinligi kabi xususiyatlari aniqlandi.
Demak, hamma nuqtalari teng huquqli va barcha yo’nalishlari ham teng huquqli fazoning xususiyatlarini oldindan belgilab bo’lmaydi. Fazoning xususiyatlari fazodagi jismlarning xususiyatlari bilan aniqlanadi va kashf qilinadi.


Yüklə 35,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə